Husnbuzar paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar ko‘p marta muhokama qilingan. Lekin ularni bartaraf etadiganlari ham talaygina. Ular bilan quyida tanishib chiqish mumkin.
Avokado
Ushbu meva vitaminlarga boy bo‘lishi bilan birga, teri salomatligi uchun foydali. Tadqiqotchilar ushbu mevaning xususiyatlarini o‘rganishda davom etmoqda. Lekin hali to‘liq aniqlanganicha yo‘q. Avokado tarkibidagi C va E vitaminlari husnbuzarlar toshishining oldini oladi.
Brokolli
A, B va K guruh vitaminlari terini parvarish qilishda yordam beradi. Ko‘pchilik brokollini pishirmasdan iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Ammo uni qaynatilgan suvda 10 daqiqa dimlab, so‘ngra iste’mol qilish yanada foydalidir.
Anjir
Magniyga boy mazali meva teri silliqlash bilan birga, yog‘ bezlarining faolligini kamaytirishga yordam beradi.
Suli yormasi
Suli yormasi ham magniyga boy foydali mahsulotlardan biri. Shuningdek, hamyonbopligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.
Jigarrang guruch
Kletchatkaga boy ushbu mahsulot terini tozalash xususiyatiga ega.
Baliq
Yog‘ kislotalari va ularning antibakterial faolligini susaytirish uchun baliq juda foydali.
Qovoq urug‘lari
Qovoq urug‘lari tanada rux yetishmasligining oldini oladi va teri go‘zalligi uchun o‘z hissasini qo‘shadi.
Qora shokolad
Antioksidantlar teriga foyda keltirishi bilan birga, organizmni rux bilan ta’minlaydi.
Izoh (0)