Sovitkich javonlaridan qanday foydalanish, shuningdek, nima uchun xom go‘shtni yuqori bo‘lmalarda saqlamaslik kerakligi haqida ma’lumot beramiz.
Sovitkich haroratni yaxshi ushlab turishga ishonch hosil qiling
Sovutkichning ishdan chiqishining bir qancha sabablari bor: yuqori bosim, vaqti-vaqti bilan elektr toki uzilishlari, qisqa tutashuvlar, orqa devorda to‘plangan chang tufayli yomon ventilyatsiya, eshigidagi rezinka sababli sifatsiz germetika. Harorat shkalasi to‘g‘ri holatda bo‘lsa ham, muzlatkichning ichki qismi siz o‘ylagandan ancha iliq bo‘lishi mumkin. Buni raqamli termometrni sovutkich ichiga qo‘yish orqali bilish mumkin
Oziq-ovqat mahsulotlari uchun konteynerdan foydalaning
Havo ko‘p mahsulotlarning asosiy dushmani, shuning uchun qadoqli mahsulotlarni ochgandan so‘ng, ularni havo o‘tkazmaydigan idishlarga solish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini kichikroq idishlarga solish nafaqat havo ta’sirini kamaytiradi, balki ovqatni muzlatkich javonlarda tartibga solish va topishni osonlashtiradi.
Belgilab qo‘ying
Oziq-ovqatlarni konteynerlarga yoki paketlarga solishingiz bilanoq mahsulot nomi va sanani yozib qo‘ying. Idishdagi nima borligiga va u muddati o‘tmaganiga ishonch hosil qilish lozim.
Mahsulot erishining oldini olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har doim xom go‘shtni (qanchalik yaxshi o‘ralgan bo‘lishidan qat’i nazar) chuqur idishda saqlagan ma’qul. Agar go‘sht erib, suvi oqayotganini sezsangiz, hamma javonlarni tozalash kerak bo‘ladi.
Baliqni muzlatilgan holda saqlang
Baliq tarkibidagi mikroorganizmlar saqlash muddatiga ta’sir qiladi. Sovitkich mikroorganizmlar faolligini pasaytiradi, lekin muzlatkichdagi noldan yuqori harorat baliq va dengiz mahsulotlarini saqlash uchun mos emas. Baliqni o‘sha kuni darhol pishirgan ma’qul, agar vaqtingiz bo‘lmasa, uni paketga o‘rab, (0 ° C) yoki undan past haroratda ushlab turish uchun ikkita muzli yopiq paket orasiga joylashtiring.
Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatkichda saqlash
Muzlatkichda oziq-ovqat uzoqroq saqlanadi, lekin bu mahsulotlar sifati buzilmaydi degani emas. Sovitkichda ham zararli bakteriyalar ko‘payadi, hamma gap muddatda. Shuni yodda tutingki: mahsulotni tavsiya etilgan issiqlik bilan ishlov berish qanchalik yuqori bo‘lsa, uni shuncha kam vaqt saqlash kerak. Hech qachon xom tovuqni muzlatkichning yuqori bo‘lmasiga qo‘ymang. U yerda nafaqat yuqori harorat, balki go‘sht suvi boshqa mahsulotlariga oqishi mumkin.
Sovitkich harorati modelga ko‘ra farqlanadi, pastki tokchada va orqa devordagi harorat yuqori qavatga qaraganda sovuqroq bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini iloji boricha uzoqroq saqlash uchun muzlatkichni pastki bo‘lmalarlarda + 1 ° C minimal haroratni ushlab turadigan qilib sozlash, shu bilan birga, muzlatkich kamerasining hech bir qismida harorat +5 ° C dan oshmasligi kerak.
Mavzuga doir:
- Sut mahsulotlari nima uchun ayniydi va bunday vaziyatda nima qilish kerak?
- Muzlatkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan 7 tavsiya
- Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 9 vaziyat
- Yaroqlilik muddati yakuniga yetgan mahsulotlardan nima tayyorlash mumkin?
Izoh (0)