• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Tilimizni bilamizmi: “Chin-Mochin”, “to‘rt mucha”, “juftakni rostladi” – biz bilgan so‘zlarning biz bilmagan ma’nosi

    Ayrim so‘z va iboralarni bot-bot eshitamiz, o‘zimiz ham qo‘llaymiz, lekin ularning asl ma’no-mazmuni qanday ekanligiga ko‘p ham ahamiyat bermaymiz. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlardan ba’zilari haqida fikr yuritadi.

    Chin-Mochin. Chin – Xitoy. Mochin qayer?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Badiiy adabiyotlarda, ayniqsa, ertaklarda Chin-Mochin, Chin-u Mochin kabi iboralarga ko‘zimiz tushadi. Ba’zan o‘zimiz ham so‘zlashuvda ishlatamiz. Chin Xitoy ekani ko‘pchilikka ma’lum. Bu yurt nomi inglizchada ham China deyiladi. Xo‘sh, Mochin qayer?

    Mochin hindcha Moho – katta va Chin so‘zlaridan, Katta Chin degan ma’noni anglatadi.

    Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, Mochin qadimda Xitoyning shimoli va shimoli-g‘arbida yashagan xalqlar nomidan kelib chiqqan joy nomi.

    Mochinning o‘rni ijtimoiy-siyosiy vaziyat va xalqlarning ko‘chishi natijasida o‘zgarib turgan. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk”da Yuqori Chinda istiqomat qilgan tabg‘achlar keyingi davrda mochin deb atalganligini aytadi. “Mochinliklar va chinliklarning alohida tillari bor bo‘lsa ham, shaharliklar turkchani yaxshi biladilar, biz bilan yozishmalari turkchadir”, — deb yozadi ulug‘ tilshunos.

    Abduxoliq Abdurasul o‘g‘li “Chin va Mochin” kitobida Mahmud Koshg‘ariy o‘z dunyo xaritasida Mochin deb chizgan joy Koreya yarimoroli bo‘lishi kerak degan fikrni ilgari suradi va u hozirgi Manjuriya hududiga to‘g‘ri kelishini aytadi.

    Chin va Mochin so‘zlari qadimda turkiy xalqlar yashagan hududlarga nisbatan ham ishlatilgan. Keyinchalik ular anglatadigan ma’no o‘zgargan.

    To‘rt muchaga nimalar kiradi?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “To‘rt muchasi sog‘” degan gapni ko‘p eshitamiz. Badiiy adabiyotlarda ham bu ibora bot-bot ko‘zga tashlanadi. Mucha so‘zining lug‘aviy ma’nosi kishi a’zosidir. To‘rt muchasi sog‘lik esa jismonan sog‘lomlikni anglatishi ma’lum.

    Lekin to‘rt mucha deganda aynan qaysi tana a’zolari nazarda tutiladi? “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ko‘ra, to‘rt mucha oyoq, qo‘l, ko‘z va quloqdir.

    Misol:

    To‘rt muchasi sog‘ odamga bekorchilikdan yomon dard yo‘q ekan.S. Siyoyev, “Avaz”.

    “Juftakni rostladi”: juftak nima?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Tilimizda juftakni rostlamoq, juftakni urmoq va ba’zan juftak otmoq iboralari qo‘llanadi. Ular qochib qolmoq, orqa-oldiga qaramasdan qochmoq ma’nolarini anglatadi:

    Omon menga qaradi, men “tag‘in bir balo bo‘lib qoldi shekilli” deb allaqachon juftakni rostlagan edim.G‘. G‘ulom, “Shum bola”.

    Ibora tarkibidagi juftak so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, ikki oyoqlab tepish ma’nosini anglatadi. Forschada ot, mol kabi hayvonlarning keyingi ikki oyoq bilan tepishi, tepinishiga ham shu so‘z ishlatiladi.

    Lekin tepki ma’nosidagi juftak so‘zi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydi. U faqat ibora tarkibida qo‘llanadi, xolos. Uning omonimi ham bor. Misgarlikda ishlatiladigan ombirsimon qisqich ham juftak deyiladi. Albatta, bu boshqa so‘z.

    Darranda – yirtqich hayvon

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Kitoblarda, gazeta-jurnallarda parranda-darrandalar degan so‘zga duch kelgan bo‘lsangiz kerak. Parranda nimaligini ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz: har qanday qush zoti. Uyda boqiladiganlari uy parrandasi deyiladi. Masalan, tovuq – uy parrandasi. U ham aslida qush.

    Xo‘p, bu gaplar tushunarli. Lekin darranda nima?

    Darranda – asli forscha so‘z, pora qilmoq, parchalamoq ma’nosidagi fe’lning hozirgi zamon shakli. Izohli lug‘atga ko‘ra, o‘zbek tilida ikki xil ma’noda ishlatiladi.1. Sutemizuvchi yirtqich, vahshiy hayvon:

    Darrandalarning ayrimlari – sariq yumronqoziq va sug‘urlar qish va yozda uzoq uyquga ketadi.“Fan va turmush”

    2. Ko‘chma ma’noda. Yovuz, yirtqich:

    Darranda dushmanlar serjahl, asabiy,Kuchanar devorni sindiray deya.

    M. Shayxzoda, “Chorak asr devoni”.

    Demak, darranda yirtqich hayvon, ko‘chma ma’noda esa yovuz, yirtqich deganidir.

    04.08.2021, 11:12   Izoh (0)   54144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.