Har bir iste’dodli odamning ortida har doim unga ta’sir ko‘rsatgan va uni tub o‘zgarishlarga undagan kitob bor. Mashhurlar, daholar hamda rahbarlar buning isbotidir.

Foto: Marie Claire

Jeff Bezos – “Kun qoldiqlari” Kazuo Isiguro

Foto: Marie Claire

Amazon asoschisi milliarder Jeff Bezos dastlab o‘z kompaniyasini onlayn kitob do‘koni ko‘rinishida tasavvur qilgan. Kazuo Isiguroning “Kun qoldiqlari” romani Stivens ismli qahramonning hikoyasidir. Jeff bu kitobni mukammal deb bilgani uchun uni yaxshi ko‘rishini tan olgan.

Natali Portman – “Bulutli atlas” Devid Mitchell

Foto: Marie Claire

Natali Portmanni “Bulutli atlas” shunchalik hayratda qoldirdiki, u bir necha yillar davomida bu kitobni o‘z do‘stlari va tanishlariga doimiy ravishda sovg‘a qilgan. “Atlas”da oltita hikoya bor, lekin ular bir -biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, oxir-oqibat bitta asarga aylanadi. Portman roman haqida: “Bu men o‘qigan eng chiroyli, qiziqarli va murakkab kitoblardan biri”, deya fikr bildirgan.

Richard Brenson – “Piter Pen” Jeyms Barri

Foto: Marie Claire

Aytishlaricha, bolalikda o‘qilgan ertaklar, qaysidir ma’noda, xulq-atvorning namunasini belgilaydi. Bunga ingliz tadbirkori va Virgin Group asoschisi Ser Richard Brenson misol bo‘la oladi. So‘nggi voqealardan kelib chiqib aytish mumkinki, u haqiqatan ham Piter Penga aylandi. Bir intervyusida, Richard Barri ertagining bolalik orzulariga qanday ta’sir qilganini aytib berganida, u hali katta bo‘lishni rejalashtirmaganini tan olgan.

Jek Keruak – “Uliss” Jeyms Joys

Foto: Marie Claire

Jek Keruak ko‘plab yulduzlarning, jumladan, Jonni Deppning kumiri edi. Shuningdek, Amerika adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ammo mashhur va munozarali Jekka kim ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi? Albatta, Jeyms Joys. Keruak Joysni hurmat qilgan va tez -tez uning uslubidan foydalangan.

Donna Tartt – Charlz Dikkens kitoblari

Foto: Marie Claire

Donna Tartt intervyularidan birida u bolaligida Dikkensning ko‘p kitoblarini o‘qiganini aytgan. Dikkensni sevish uchun ko‘p sabablar bor, lekin Tartt birinchi navbatda, u ajoyib va ko‘p qirrali yozuvchi ekanligini ta’kidlaydi: “Hayajonli hikoyachi, ajoyib stilist, keng fe’l-atvorli, aqlli, shu bilan birga, katta yurak egasi”.

Ilon Mask – “Atlant yelkasini rostladi” Ayn Rend

Foto: Marie Claire

Ilon Maskning sevimli kitoblaridan biri – “Atlas yelkasini rostladi”.  Uch jildlik romanning asosiy g‘oyasi: dunyoni yakkama-yakka yelkasida ushlab, afsonaviy titan Atlas bilan solishtiradigan iste’dodli yakka ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash. Agar odamlar ijod qilishni to‘xtatsa, dunyo qulab tushadi. Romanda ham aynan shunday bo‘ladi.

Jeyms Din – “Kichkina shahzoda” Antuan de Sent-Ekzyuperi

Foto: Marie Claire

Muallifning so‘zlariga ko‘ra,  “Kichkina shahzoda” – “kattalar uchun yozilgan bolalar kitobi”. Bu kitob umidsizlik, xolis va har doim qiziquvchan bo‘lishning ahamiyati haqida. Kitob buyuk aktyor Jeyms Din uchun juda qadrli ediki, unda kelgan iqtiboslarni yaqinlari davrasida ham tez-tez o‘qigan.

Fridrix Nitsshe – Fyodor Dostoyevskiy romanlari

Foto: Marie Claire

Fridrix Nitsshe Dostoyevskiyni buyuk rassom va hayotning eng buyuk kashfiyotlaridan biri deb hisoblagan. Garchi nemis faylasufi katta yoshida Dostoyevskiy bilan uchrashgan bo‘lsa-da, qisqa hikoyalar to‘plamida shunday yozgan edi: “Dostoyevskiy – men o‘rganadigan yagona psixolog. Men u bilan tanishishni hayotimdagi eng yaxshi yutuqlardan biri deb bilaman”.

Stiven King – “Xudo haqiqatni ko‘radi, lekin darrov aytmaydi” Lev Tolstoy

Foto: Marie Claire

Stiven Kingning eng mashhur romanlaridan biri “Rita Xeyvort va Shoushenkni qutqarish” romani ko‘pchilikka tanish. Mazkur asarning sujeti Lev Tolstoyning “Xudo haqiqatni ko‘radi, lekin darrov aytmaydi” qissasidan olingan.

Rey Bredberi – “G‘azabning boshi” Jon Steynbek

Foto: Marie Claire

Bredberi 19 yoshida Steynbekning “G‘azabning boshi” asarini o‘qidi va keyin  roman uning hayoti va qalbining bir qismiga aylanganini aytgan. Keyinchalik yozuvchi o‘z asari haqida shunday fikr bildirgan: “Men ‘Mars xronikalari’ni yozganimda ongsiz ravishda buni Steynbekdan olganman”.