• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ronaldu — tentak, del Boske — ahmoq, Raul va Kasilyas — qalloblar. “Real” prezidenti Florentino Peresning haqoratli audioyozuvlari tarqaldi

    Yaqinda El Confidencial gazetasi Florentino Peresning futbolchilar va murabbiylar haqidagi haqoratomuz gaplari yozib olingan audioyozuvlarni e’lon qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Portugallar yoqmaydi: Ronaldu va Mourinyo aqldan ozgan, agent Mendesh — nolga teng

    Peres portugaliyalik futbolchi va murabbiy haqida g‘alati gaplar gapirdi:

    “Ronaldu — aqldan ozgan. U ahmoq, kasal odam. Siz uni sog‘lom deb o‘ylaysiz, lekin u sog‘lom emas, yo‘qsa hozirgi ishlarini qilmasdi.

    Oxirgi qilgan ahmoqligini butun dunyo ko‘rdi. Nima deb o‘ylaysiz, nega u bunday ahmoqlik qilmoqda?”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Krishtianu 2012-yil “Granada”ga qarshi o‘yinda urgan gollarini nishonlamaydi. Uchrashuvdan so‘ng futbolchi  Madrid jamoasida baxtsizligi va nega o‘zini bunday his qilayotganini “Real” rahbariyati yaxshi bilishini aytgandi. Florentino aynan shu “ahmoqlik” haqida gapirgandi.

    “Mourinyo va Ronaldu — dahshatli ego sohiblari. Ikkalasi ham haqiqatni ko‘rmayapti. Ular boshqacharoq bo‘lganda yanada ko‘proq pul ishlab topardi. Ikkita sog‘lom bo‘lmagan insonlar. Biz katta pullar haqida gapiryapmiz, axir bu imij masalasi. Ularda hech kimga yoqmaydigan qiyofa bor. Bu antireklama!”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Mendesh umuman hech narsani, hattoki, sirlarni ham bo‘lishmaydi. U nolga teng. Intervyuda ham. Hech narsada. Ular (Ronaldu va Mourinyo) Mendeshga e’tibor ham qaratmaydi”.

    Kasilyas va Raulni “Real” tarixidagi eng buyuk qalloblar deb hisoblaydi

    Florentino jamoa afsonasi Iker Kasilyas haqida ham fikr bildirgan. Nega u bilan munosib xayrlashmagani endi aniq bo‘ldi:

    “Bechora Kasilyas unchalik aqlli emas. Uni juda yaxshi bilaman. Yoqtirgan qizi bilan muammosi bo‘lsa, yosh bolalardek o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. U xuddi kuchukchaga o‘xshaydi, bolalarcha qiliqlari bor.

    Kasilyasni hamma yaxshi ko‘radi, bu hayratlanarli. Qarang: u ulkan emas va ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi. Uning agentiga: ‘Do‘stim, uni oftalmologga olib bor. Menimcha, u uzoqni ko‘ra olmaydi’, — degandim.

    Qasam ichaman, shunday dedim. Axir, uning foydasi uchun gapirgandim”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Kasilyas — “Real”ga munosib darvozabon emas. Nima aytishimni xohlagandingiz? Kasilyas hech kim bo‘lmagan. Iker — bizning eng katta muvaffaqiyatsizligimiz. Nima bo‘layotganini bilasizmi? Uni hurmat qilishadi, yaxshi ko‘rishadi, u haqida gapirishadi. Bilmayman nega ular Kasilyasni buncha himoya qiladi”.

    Raul nega Zidanning izdoshi bo‘lmagani aniq bo‘ldi — Peres uni yoqtirmaydi:

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bu katta qalloblardan biri (Kasilyas), ikkinchisi — Raul. “Real” tarixidagi eng katta qalloblar. Birinchisi — Raul, ikkinchisi — Kasilyas”, — El Confidencial tarqatgan audioyozuvlar shu gaplar jaranglaydi.

    Qiziq, ikki futbolchi ham bir paytlar jamoa sardorlari bo‘lgan.

    Del Boskeni ahmoq dedi

    “U murabbiylikni bilmaydi, taktikani tushunmaydi. U ahmoq. Hech kim uni ishga olmaydi, chunki uning murabbiy emasligini hamma biladi (gaplar 2006-yilda del Boske ishsiz vaqtida yozib olingan). Del Boske — hayotimdagi eng katta aldovdir.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Beshiktosh” prezidenti bilan gaplashing (del Boske 2004/05-yillarda Turkiya jamoasida ishlagan), u nima his qilayotganini aytadi. Del Boske — murabbiy emas.

    Figu “Real”ga keldi va Raulning do‘stiga aylandi. Ular Yerro bilan birgalikda jamoani boshqarardi. Bechora Visente, uning joyi u yerda emasdi.

    U terma jamoani boshqarmoqchi? Terma jamoaga del Boske yetishmay turgandi o‘zi”.

    Keyinchalik del Boske Ispaniya terma jamoasi bilan JCh—2010 va Yevro—2012 ni qo‘lga kiritdi.

    Jurnalist “Real”ga shantaj uyushtirgan: audioyozuvlarni tarqatmaslik uchun 10 million yevro talab qilgan

    Jurnalist Xose Antonio Abellan o‘n yil oldin “Real”ga nisbatan shantaj uyushtirgandi. 2011-yilda u Madrid restoranlaridan birida “Real” vitse-prezidenti Eduardo Fernandes de Blasomdan audioyozuvlarni o‘chirib tashlash evaziga 10 million yevro berishni talab qiladi. Lekin klub bunga rozi bo‘lmaydi.

    Ushbu haftada esa audioyozuvlar birin-ketin El Confidencial gazetasida chiqa boshladi.

    Peres gazetani sudga bermoqchi, u allaqachon bayonot berdi

    Florentino Peres g‘urur va qadr-qimmatni himoya qilish uchun gazetani sudga bermoqchi. U kerakli hujjatlarni yuristlarga taqdim qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real” esa Peresning rasmiy bayonotini e’lon qildi:

    “Tarqatilgan yozuvlar suhbatning bir qismi edi. Ular Xose Antonio Abellan tomonidan sirli ravishda yozib olingan. U bir necha yil davomida audioyozuvlarni bizga sotmoqchi bo‘ldi. Muddati o‘tib ketgan bo‘lsa ham El Confidencial gazetasi ularni e’lon qildi.

    Ular kontekstdan yulib olingan. Shuncha yildan keyin audioyozuvlarning tarqalishi Superligani tashkil qilganim bilan bog‘liq. Men buni yuristlarga topshirdim, ular vaziyatni o‘rganib chiqmoqda, nima qilish kerakligini ular hal qiladi”.

    15.07.2021, 16:14   Izoh (0)   18455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vadim Abramov qo‘lidagi “qo‘g‘irchoqlar”, “Bunyodkor” sobiq rahbarining shubhali harakatlari va O‘zbekistonning sharmandali mag‘lubiyatini yashirishga uringanlar.

    15.07.2021, 11:42

    “Everton” direktorlar kengashiga kirgan Alisher Usmonovning jiyani, yana 5 yil “Barselona”da qoladigan Messi va Yevro–2020 ning eng chiroyli goli. Eng so‘nggi spor...

    15.07.2021, 08:44

    Ishsizlik nafaqasi oluvchidan UFC chempionligiga qadar. Konor Makgregorning MMA’dagi “qonli yo‘li”

    14.07.2021, 22:27

    Mashhur sport jurnalisti va yozuvchi Vladimir Safarov 82 yoshida vafot etdi

    14.07.2021, 15:58

    Rivaldo, Vilyanueva, Cheran va boshqalar. O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi legionerlar

    14.07.2021, 15:02

    Yevro va Kopa g‘oliblari o‘rtasida “chempionlar dueli”, o‘z nomini o‘zgartirgan “Buxoro” hamda “Real”dagi yangi mojaro. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    14.07.2021, 07:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.