O‘zbekistonda 30-iyun kuni 476 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 111 153 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 20 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 20 nafari Andijon viloyatida,
- 25 nafari Buxoro viloyatida,
- 41 nafari Jizzax viloyatida,
- 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 43 nafari Namangan viloyatida,
- 72 nafari Samarqand viloyatida,
- 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 28 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 49 nafari Toshkent viloyatida,
- 101 nafari Toshkent shahrida
Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 633 kishi — Qoraqalpog‘istonda 3 nafar, Buxoroda 9 nafar, Jizzaxda 36 nafar, Qashqadaryoda 15 nafar, Namanganda 10 nafar, Samarqandda 92 nafar, Surxondaryoda 27 nafar, Farg‘onada 22 nafar, Xorazmda 11 nafar, Toshkent viloyatida 41 nafar, Toshkent shahrida 367 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 107 696 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 740 nafarni tashkil qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda bir kunda koronavirus oqibatida to‘rt kishining vafot etish holati so‘nggi bor 2021-yilning 17-iyunida qayd etilgan. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2717 nafar bemor davolanyapti.
Eslatib o‘tamiz, 25-iyun kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 546 ta yangi holat ro‘yxatga olinib, kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘lgandi. Mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. Shu sababli Respublika bo‘ylab 28-iyundan karantin cheklovlari kuchaytiriladi. Toshkent shahriga 28-iyundan transport vositalari kirishiga hamda ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Izoh (0)