Apple kompaniyasi hozirda bozordagi eng katta planshetlardan birini taqdim etib kelmoqda. Kompaniya bundan ham yirikroq modellarni ishlab chiqarishni boshlashi mumkin, deb yozadi IXBT.
Hozirda iPad Pro’ga diagonali 12,9 dyuymga teng displey o‘rnatilgan bo‘lib, u bozordagi eng katta planshet hisoblanadi. Avvallari ishlab chiqaruvchi ushbu yo‘nalish bo‘yicha qator tajribalarni amalga oshirgan, biroq hozirda ular yo‘q. Ammo Bloomberg jurnalistining hisoblashicha, Apple ayni kunlarda bo‘lajak iPad’lar dizayniga oid variantlarni, jumladan, yanada kattaroq ekranga ega variantni ham ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha Apple bu borada dastlabki bosqichda, shu sababli 2021-yilda texnologik gigantdan yangilik kutish kerak emas. Bundan tashqari, keyinroq shisha qopqoqli yangilangan iPad taqdim etilishi kutilmoqda, shunday ekan, yangi ekranga ega modellar faqat uch-to‘rt yildan keyin ishlab chiqarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, iyun boshlarida Apple ikkita plansheti — iPad va iPad mini’ning bazaviy modellarini yangilashi, 2022-yilda esa yangi iPad Pro versiyasini taqdim etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)