Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:

  • ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno);
  • ta’lim jarayoni natijasida olingan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) ta’lim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha) tatbiq etilgan holda realizatsiya qilish huquqiga ega.
Darsdan bo‘sh vaqtlarda, shu jumladan, yozgi ta’til vaqtida quyidagi davlat mulki obyektlari nodavlat ta’lim tashkilotlariga ijaraga beriladi:
  • maktabdan tashqari ta’lim kurslarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun davlat umumiy o‘rta va OTM bo‘sh maydonlari;
  • aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun qishloq joylarda joylashgan davlat umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalaridagi kompyuter sinflari.
Shuningdek, aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan jalb qilingan o‘qituvchilar ish haqi xarajatlarining bir qismi oyiga BHMning 6 barobarigacha (1,47 million so‘mgacha) miqdorida 2024-yil 1-yanvarga qadar kompensatsiya qilinadi.

Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

2021-yil 1-oktabrdan soliq to‘lovchi tomonidan tegishli xalqaro uyushmaga a’zo bo‘lish uchun a’zolik badallariga hamda qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladigan o‘zining ish haqi va boshqa daromadlari summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSHda yana otishma! Virjiniyadagi bitiruv marosimida ikki kishi halok bo‘ldi
Qo‘ziqorin
Amerikalik ayol ikki oy ichida ketma-ket ikki marta lotereyada 1 mln dollar yutib oldi
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda