• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eronning yangi prezidenti — AQSh sanksiyalariga uchragan dindor konservator. U 1988-yilda rejimning minglab dushmanlarini qatl qilganlikda ayblanib kelmoqda

    Eronda 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Eron sud hokimiyatining rahbari Ibrohim Raisiy g‘alaba qozondi. Saylov uchastkalariga tashrif buyurgan eronliklarning 60 foizdan ko‘prog‘i unga ovoz berdi. Jami saylovchilar 48 foizni tashkil qildi, bu 1979-yilgi inqilobdan keyin tuzilgan Islom Respublikasi tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir. Raisiy Eron elitasidagi konservativlarning gumashtasi hisoblanadi. Uning inkor etib bo‘lmaydigan g‘alabasiga qaramay, Erondan tashqaridagi ekspertlar saylovchilarning passivligi hukmron rejimga bo‘lgan ishonchning chuqur inqirozidan dalolat beradi, degan fikrda.

    Ibrohim Raisiy

    Ibrohim Raisiy
    Foto: AP Photo

    1988-yilda Raisiy “qirg‘in komissiyasi” a’zosi bo‘lgan. Komissiya rejim dushmanlarining 3 mingga yaqinini o‘limga mahkum etgan.

    Ibrohim Raisiy 1960-yilda mamlakatning aholi soni bo‘yicha Tehrondan keyinda turadigan Mashhad shahrida tug‘ilgan. Uning otasi islom dinshunosi bo‘lgan, Raisiy ham uning izidan borgan. 1979-yilgi inqilobdan so‘ng, yangi huquqiy tizimni ishlab chiqishda ilohiyotshunoslar yaqindan ishtirok etgan payt Raisiyning yuridik karyerasi tez ko‘tarildi. 21 yoshida u bir vaqtning o‘zida bir-biridan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan ikkita yirik shahar prokurori bo‘lgan. Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Humayniyning shaxsan o‘zi Raisiy va uning hamkasblariga ta’lim bergan. Raisiy 25 yoshida Tehron prokurorining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

    Raisiyning hayotida uning prezidentlikka saylanishidan oldingi asosiy voqea uch yil o‘tib yuz berdi: u “qirg‘in komissiyasi” deb ataluvchi kengashning to‘rt sudyasidan biriga aylandi. Sudyalar Humayniyning buyrug‘i asosida rejimning bir necha ming dushmanini o‘limga mahkum qilgan, ularning aksariyati “Eron xalqi mujohidlari tashkiloti” radikal chap qanoti vakillari edi. Ommaviy qatl qurbonlarining aniq soni noma’lum, ammo Amnesty International tashkiloti ma’lumotlarida ular 2,8—3,8 ming kishi bo‘lgani aytilmoqda, ba’zi taxminlarda esa bundan bir necha baravar yuqori. Osib o‘ldirilganlar orasida ko‘plab ayollar bo‘lgan.

    Rasmiy hukm asosida ish ko‘rgan “qirg‘in komissiyasida” Raisiyning ishtiroki borligi, xususan, u va  Humayniyning o‘sha paytdagi o‘rinbosari Husayn Ali Muntaziriy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat audioyozuvidan ham ma’lum. Audioyozuv 2016-yilda, avvalgi prezident saylovlaridan biroz oldin tarqalgan, unda Muntaziriy qirg‘inni “Islom Respublikasi tarixidagi eng dahshatli jinoyat” deb ataydi. Suhbatda Raisiy Muntaziriydan yana 200 kishini o‘ldirish huquqini so‘ragani, u esa keskin rad javobini berganini eshitish mumkin (Raisiy esa shu zahoti unga yon bosgan).

    Ushbu suhbatdan ko‘p o‘tmay, Muntaziriy Humayniyning o‘rinbosari maqomidan mahrum bo‘ldi, Raisiy esa Eron huquq-tartibot idoralarida ishlashni davom ettirdi. U “qirg‘in komissiyasida”gi ishtirok haqida izoh bermaydi, ammo qatllar Humayniyning istaklarini bajarish uchun amalga oshirilganini da’vo qiladi. Eron hukumatining rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, o‘ldirilganlar “terrorchilar” va “ikkiyuzlamachilar” bo‘lgan. 2019- yilda AQSh Raisiyga inson huquqlarini buzgani uchun shaxsiy sanksiyalar kiritdi.

    Raisiy 2017-yilgi prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. So‘ng sud hokimiyatining rahbariga aylanib, bir qator liberal islohotlarni amalga oshirdi

    Repressiv usullarga sodiq o‘ta konservator sifatida nom chiqargan Raisiy endi prezident sifatida 2017-yilgi saylovlarda o‘zi yutqazgan Hasan Ruhoniyning o‘rnini egalladi. 2013-yildan beri hukmronlik qilgan Ruhoniy, aksincha, liberal hisoblanadi. U davlat rahbari bo‘lib saylanishi bilan Eron jamiyati mamlakatning xalqaro izolyatsiyadan chiqishi va iqtisodiy sanksiyalarning zaiflashishiga umid bog‘lagan.

    Darhaqiqat, 2015-yilda Eron “yadroviy bitim”ni tuzishga muvaffaq bo‘ldi, ammo Ruhoniyning ikkinchi muddati Donald Tramp prezidentligi davriga to‘g‘ri keldi, Tramp ushbu lavozimni egallagach zudlik bilan Eronga qarshi qattiq pozitsiyani tanladi.

    Eng e’tiborlisi shundaki, Eronda prezidentning vakolatlari qattiq cheklangan, biroq ba’zi G‘arb mamlakatlaridagi kabi parlament tomonidan emas, balki ruhoniylar va davlat rahbari hisoblanuvchi mamlakatning oliy rahnamosi tomonidan.

    1989-yilda Humayniy vafotidan so‘ng, Oyatulloh Ali Xomanaiy oliy rahnamolik lavozimga umrbod saylandi (eng obro‘li ilohiyotchilar hay’ati tomonidan) va haligacha egallab turibdi. Raisiy uning ishonchli vakili hisoblanadi. Raisiy 2017-yilgi prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, Xomanaiy uni Eron sud hokimiyatining rahbari lavozimiga tayinladi, uning vazifalariga sudlar ishini tashkil etish kiradi.

    Ushbu lavozimda Raisiy bir qator islohotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi, shu tufayli sudlar bir qator jinoyatlar uchun — soxta chek berishdan tortib giyohvand moddalarni saqlashgacha yengilroq jazolar tayinlay boshladi. O‘limga mahkum etilganlar soni ham kamaydi (shunga qaramay Eron ularning soni bo‘yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi). Raisiy ikkala saylov kampaniyasini ham korrupsiyaga qarshi shiorlar asosida qurdi. Aynan korrupsiya AQSh sanksiyalari bilan birga Eron jamiyatining asosiy muammosi hisoblanadi.

    Shu bilan birga, Raisiyning saylanishi uning raqiblarini konstitutsiyaning posbonlari kengashi tomonidan qabul qilingan qattiq tekshiruvdan o‘tkazishi bilan oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Kengash hech bir izohsiz nomzodlarni saylovda qatnashishdan mahrum qilishga haqli. Natijada, Eron me’yorlari bo‘yicha liberal bo‘lgan ozmi-ko‘pmi mashhur siyosatchilarning hech biri ovoz berish byulleteniga kiritilmadi. Saylovdan bir necha oy oldin Oyatulloh Xomanaiy bunga hatto norozilik bildirgan edi, ammo bunga an’anaviy harakat deb qaralgan.

    Ehtimol, kelajakda Raisiy Eronning oliy rahnamosiga aylanar. Ammo hozir u AQSh bilan munosabatlarni yaxshilashi kerak.

    Endi Raisiyning vazifasi konservativ byurokratiya vakillari mamlakatni boshqarishda taraqqiyotchilarga qaraganda yaxshiroq ekanini isbotlash. Jamiyatdagi katta loqaydlik sharoitida buni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Ushbu loqaydlik Xomanaiyning to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaatlariga qaramay, saylovchilarning ovoz berishdagi sustkashligida aks etdi. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, Eronda yangi norozilik namoyishlari boshlanishi faqat vaqt masalasidir. Mamlakat yangi rahbariyatining eng muhim vazifasi Jo Bayden ma’muriyati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘ladi. Nazariy jihatdan gap Donald Tramp parchalab ketgan “yadroviy kelishuv” kunlariga qaytish haqida ketmoqda.

    Ammo bu uzoq yo‘lni talab qiladi. Bir tomondan, The New York Times gazetasida yozilishicha, Raisiy o‘zidan avvalgi prezidentga qaraganda ko‘proq imkoniyatlarga ega: Ruhoniydan farqli o‘laroq, yangi prezidentni hech kim Islom inqilobi tamoyillaridan voz kechishga urinishda gumon qilmaydi. Foreign Policy jurnaliga ko‘ra esa, Raisiyning biografiyasini o‘rgangan odam uning aslida ancha pragmatikroq ekanini ko‘radi. Boshqa tomondan, aynan shu tarjimayi hol unga qarshi ishlashi mumkin: G‘arbda va Isroilda Eronga qarshi qattiq pozitsiya tanlaganlar qirg‘in uchun javobgar deb hisoblangan odam bilan muzokara o‘tkazishga har qanday urinishlarga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, Eron konservatorlari odatda tashqi siyosatni olib borishda na tajribaga va na ziyraklikka ega bo‘ladi.

    Ayni paytda, prezidentlik Raisiy faoliyatidagi eng yuqori bosqich emasligi va kelajakda u Eronning oliy rahnamosi sifatida Xomanaiyning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. 82 yoshli Xomanaiy yaqinda sog‘lig‘i uchun duo qilishlarini so‘ragan. Prezidentlikka saylanish bunga xalaqit bermaydi: Xomanaiyning o‘zi ham bu lavozimni 1980-yillarda, oliy rahnamo bo‘lishdan oldin egallagan. 2019-yilda Xomanaiy Raisiniy oliy rahnamoni saylaydigan Ekspertlar kengashiga tayinladi. Raisiy bir vaqtning o‘zida prezidentlik lavozimini egallab turib, rahnamo saylovlariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

    21.06.2021, 18:10   Izoh (0)   23317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevroittifoq Qrim va Sevastopolga qarshi sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirdi

    21.06.2021, 17:58

    Rossiyada koronavirusga qarshi emlanmaganlar uchun cheklovlar joriy qilina boshladi

    21.06.2021, 16:13

    AQSh pandemiya sababini tekshirishga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsa, Xitoyni yakkalab qo‘yish bilan tahdid qildi

    21.06.2021, 15:35

    Koronavirusni tezkorroq davolash usuli topildi, Xitoyda 1 milliarddan ortiq vaksina qo‘llanildi, Fransiyada komendantlik soati bekor qilindi. Koronaxabarlar

    21.06.2021, 13:45

    AQSh Navalniyning zaharlanishi yuzasidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

    21.06.2021, 12:27

    Hindistonda koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi

    21.06.2021, 10:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.