Kattaligi ikki futbol maydoniga qiyoslanayotgan asteroid 25-iyun kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. Bu haqda NASAning Yerga yaqin makondagi obyektlarni tadqiq qilish markazi (CNEOS) veb-saytida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, 441987 (2010 NY65) deb nomlanadigan asteriodning diametri taxminan 228 metrni tashkil qiladi. Samoviy jism birinchi marta 2010-yilning iyulida aniqlangan va o‘shandan buyon kuzatib kelinmoqda.
NASA aniqlik kiritishicha, asteroidning Yerga nisbatan uchish tezligi 13,35 kilometr/sekund yoki 13 300 kilometr/sekundni, Quyosh atrofida aylanish davri esa 3685 Yer kunini tashkil etadi.
Obyektning Yerga eng yaqin keladigan nuqtasi sayyoramizdan 5,8 million kilometr uzoqlikda bo‘lib, bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 15 baravar ko‘p.
Avvalroq 1-iyun kuni Eyfel minorasi kattaligidagi asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tishi xabar berilgandi. NASA ushbu asteroidni potensial xavfli asteroidlar sirasiga kiritgan.
Shuningdek, Yerga Xeops piramidasidan kattaroq asteroid yaqinlashgani, AQShda Yerga juda yaqin masofadan uchib o‘tgan meteorit videoga olingani, Xitoyga ulkan meteorit qulagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)