• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Sendagi ustun jihatdan manfaati yo‘lida foydalanish do‘stlik emas, shunchaki hamkorlikdir”. Xalqaro do‘stlar kunida do‘stlik haqida suhbatlashamiz

    Do‘stlik insonga ishonch, sevgi, samimiyat, sadoqatdan tashqari, sotqinlik, manfaat va unutilish nimaligini o‘rgatadi. 9-iyun sanasi butun dunyoda Xalqaro do‘stlar kuni sifatida nishonlanadi. Tarixi noma’lum bu bayramdan maqsad – qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin, qalban yaqin insonlarni eslash va ulardan xabar olishdir. Bugun — eski, chang bosgan, qadrdon albomdagi do‘stlar bilan tushgan suratlarni ochib ko‘rish, tilaklar va go‘yoki sirlar yozilgan esdaliklarni titkilab, bolalikka qaytish, turmush tashvishlaridan andak chalg‘ib, aziz insonlar bilan suhbat qurish uchun yaxshi bahona. “Daryo” ham ushbu sana munosabati bilan dunyoning turli burchagi va yurtimizda istiqomat qilayotgan turfa insonlarning do‘stlik haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

    Davut Gazi Benli,Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi sobiq (2018–2020) matbuot kotibi (Turkiya, Anqara. 56 yosh)

    Foto: Davut Gazi Benlining shaxsiy arxividan

    Foto: Davut Gazi Benlining shaxsiy arxividan

    Insonlar ichida eng yaxshilari odamlar va o‘zi bilan yaxshi munosabatda bo‘lganlaridir, degan naqlga amal qilib, sira ikkilanmay aytaman: men bu hayotda do‘st orttirish uchun yashayman. Do‘stlikni qiyinchiliklarga qaramay o‘sishda davom etadigan chig‘anoq ichidagi marvaridga qiyoslayman. Ona qornida mo‘jizaviy shaklda katta bo‘ladigan bola singari do‘st ham insonning bir parchasi, hatto eng befarq odamning ham yuragida do‘sti uchun alohida joy bo‘ladi. Odamzod tirik ekan uni tushunishlarini, suhbat qurish va ichidagilarni to‘kib-sochishni, ammo bo‘lishganlaridan ayrimlari sir bo‘lib qolishini xohlaydi. Albatta, har qanday munosabatlarda bo‘lgani singari ba’zida do‘stdan ham kuyib qolish mumkin. Inson bor joyda, albatta, xiyonatlar bo‘ladi. Siz ishongan tog‘larga qor yog‘maydimi hech? Xiyonatga duch kelganingizda Istanbuldagi Vefa (Vafo) degan joyni eslang. Bizda bir do‘st vafosiz chiqsa, “Vafo tarixda qoldi, vafo yo‘q” deyiladi. Unga xafa bo‘lmaslik, muammo deb bilmaslik, shunchaki unutish kerak. Yana “do‘stning eskisi ma’qul” degan gap ham bor. Maktab, universitetdagi davrlarda eng yaxshi do‘stlik munosabatlari o‘rnatiladi. Tan olish kerakki, yosh ulg‘aygani sari inson do‘stlarning yangisini topishi qiyin bo‘ladi. Katta yoshda orttirilgan do‘stlar yoshlikdagichalik qadrli bo‘lmaydi. O‘rtoq, oshna hamda tanishlaringiz ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo ularning har birining yaqinlik darajasi turli va bu yillar davomidagi sinalishlardan keyin ma’lum bo‘lishi mumkin. Hazrat Ali (r.a)ning mashhur so‘zlari bor: “Siringni do‘stingga aytma, u o‘z do‘stiga aytadi”. Sir berishingizga loyiq bo‘lgan do‘st sizning tabassumingiz ortidagi qayg‘uni, g‘azabingiz ortidagi muhabbatni, sukunatingiz sababini siz kabi bilsin. Yaxshi kuningizda atrofingizda har kim bo‘lishi mumkin, ammo qiyinchiliklarda sizni tashlab qo‘ymaydigan do‘st – haqiqiysi. Yiliga bir marta ko‘risha olmasam ham, dardlashadigan, dardimga darmon bo‘la oladiganlarim ko‘p. Bunday do‘stlar bir millat, din va madaniyat vakili bo‘lish shart emas. Sog‘inish, vaqti-vaqti bilan hol-ahvol so‘rash, birgalikda kamdan kam bo‘lsa ham, suhbatlashish, xayrlashayotganda ko‘zlarning yoshga to‘lishi — mana asosiysi nima! Do‘stning uzoq yoki yaqinda ekani emas, minglab kilometrlarga qaramay, bir-birini qo‘msashi muhim. Masofalarda katta farq bo‘lishiga qaramay, qo‘msashda davom etadigan butun dunyodagi qadrli kishilar — do‘stlarimni Xalqaro do‘stlar kuni bilan tabriklayman.

    Nodira Isamuhammedova,Mentor Hub onlayn platformasi asoschisi (Kanada, Toronto. 42 yosh)

    Foto: Nodira Isamuhamedovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nodira Isamuhamedovaning shaxsiy arxividan

    Do‘stlik — ko‘nglimizni yorituvchi quyosh, adashganimizda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan yulduz, yaxshi-yomon, oq-qora kunimizdagi yo‘ldoshimiz bo‘lgan oydir. Mening “men”ligimni anglashda, mening “men” bo‘lishimda do‘stlarimning roli beqiyos. Ularsiz hayotimni tasavvur qila olmayman – qayerda bo‘lmay, insonlar bilan suhbatlashishga, do‘stlashishga harakat qilganman. Iloji bo‘lsa, hamma bilan do‘st bo‘lardim, ammo do‘stlikning rivojlanishi, unib-o‘sishi uchun ikki tarafning bir-biri uchun vaqt ajratishi zarur, buning esa doim ham imkoni yo‘q. Insonlar hayotida do‘stlarining sadoqatsizligidan aziyat chekishi mumkin, ammo men tabiatan kechirimliman. Inson ojiz banda. Hamma ham xato qiladi. Ularni tushunishga va kechirishga doim tayyor bo‘lganman. Kechira olmaslik darajasida sizga yomonligi teggan bo‘lsa va bundan pushaymon bo‘lmasa, demak u do‘st emas. Do‘stlar bir-birining tikanlarini bilgan holda atirgullaridan bahramand bo‘la oladilar. Sinfdosh do‘stlar sening aslingni biluvchilar bo‘ladi, fikrimcha. Katta bo‘lib, aloqalar uzilsa-da, ularni ko‘rganda yana bolaga aylangandek bo‘ladi odam. Qizig‘i, men yashaydigan Kanadadagi maktablarda bolalar har yili turli sinflarga qo‘yiladi. Bu degani O‘zbekistonga o‘xshab bolalar sinfdoshlari bilan 10-11 yil birga tahsil olmaydi. O‘quvchilarning guruh bo‘lib ayrimlarni kamsitishi, tarafkashlikning oldini olish hamda bolalarning barcha bilan tez chiqishib ketishi uchun bu yaxshi, albatta, ammo ikkinchi tomondan bunda qalin do‘st orttirish qiyinlashadi. Do‘stlikning unib, ulg‘ayishi uchun, shubhasiz, uzoq birga vaqt kechirish lozim. Ko‘p hollarda sinfdoshlar bilan yo‘llar, qiziqishlar, dunyoqarash, fikrlar ayro tushadi. Kursdoshlar bilan esa aksincha, fikrlar, qiziqishlar, kasblar yaqinligi bois do‘stlik rishtalari bog‘lanadi. Menimcha, eng yaqin do‘stlar aynan shu kursdoshlar bo‘lsa kerak. Katta yoshda ham do‘st orttirish mumkin va zarur. Ammo ta’kidlaganimdek, yaqin do‘st bo‘lish, qalban, yarimta so‘zdanoq bir-birini tushunish darajasiga yetish uchun vaqt va ikki tomonlama harakat kerak. Do‘st vaqt va yaxshi-yomon kunlar bilan sinaladi. Soxta do‘stlardan aziyat chekmaslik uchun birov bilishi kerak bo‘lmagan sirlarni hech kimga aytmaslik, lekin yordamni ham ayamaslik, yaxshilik qilgan odamdan javob kutmaslik kerak. Bandasi bilmasa, yaratuvchisi biladi. Masofalar uzoq bo‘lsa-da, haqiqiy do‘stlarning yuraklari, ko‘ngillari yaqin bo‘ladi. Do‘stlarim bilan ancha muddatdan keyin ko‘rishsak ham, xuddi vaqt o‘tmagandek, qolgan joydan gapimiz gapga qovushib ketaveradi. Qolaversa, hozir shukrki, muloqot vositalari ko‘p, sog‘inch hovurini biroz bo‘lsa-da bosadi. Haqiqiy do‘stlar bir-birlarini duolarida eslashadi. Fursatdan foydalanib, men kimnidir bilib yoki bilmay xafa qilgan bo‘lsam, kechirishlarini so‘rardim. Meni duolarida eslagan do‘stlarim ikki dunyoda ham kam bo‘lmasin.

    Jim Ovens,sayohatchi (AQSh, Vashington 80 yosh)

    Foto: Jim Ovensning shaxsiy arxividan

    Foto: Jim Ovensning shaxsiy arxividan

    Do‘stlik men uchun hayot kaliti. Inson do‘stlikdan taskin topishi, o‘zini himoyalangandek his qilishi va quvonchni tuyishi mumkin. Do‘stlik bu boricha samimiy va ochiq bo‘lish, sirlarimizni ishonib bo‘lishish demak. Qalbingizdagilarni to‘kib-sochishingiz mumkin bo‘lgan va o‘zingizni yolg‘iz his ettirmaydigan, sizni muhokama qilmasdan, boringizcha qabul qiladigan, asosiysi, inson sifatida yaxshi ko‘radigan inson haqiqiy do‘stdir. Do‘stsiz hayotda ma’no yo‘q. Inson suhbat bilan bir-birining taftini olmasa, dard va quvonchni baham ko‘rmasa, g‘azabga to‘la, hafsalasi pir bo‘lib boraveradi. Do‘st-u birodarlarsiz hayot zerikarli, menimcha. Ishonchni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq vaziyatlar ko‘p bo‘lgani uchun aksariyat kishilar sirlashishdan cho‘chiydi. Ammo bu qanchalik haqiqat va qiyin bo‘lmasin, kuch topib, ishonish kerak. Inson baxtni his qilishi, buning uchun hamma vaqt hamma narsani ichida tutmasligi kerak. Ikki xil toifa — hamma bilan do‘st tutinadigan va faqat sanoqlilar bilan yaqin bo‘ladigan kishilar bor. Birinchi toifa insonlar hayotiga rang beradigan kishilardir. Ular do‘stlar bilan o‘zini xavfsiz hisoblaydi. Ikkinchi toifa insonlar esa sondan ko‘ra sifatni ma’qul biladi va yaqin do‘stlari sanoqli bo‘ladi. Ular qalblariga sokinlik baxsh etadigan alohida kishilar bilan o‘ziga xos bog‘liqliklarni his qiladi. Men borimcha ochiq bo‘la oladigan va yonida mug‘ambirlik qilishimga hojat bo‘lmaydigan sanoqli do‘stlarni afzal bilaman. Masofa shaxsiy munosabatlarga to‘sqinlik qilishi va do‘stlik rivojlanishida xavfsiz muhit bo‘lishiga izn berishi mumkinligi bois ba’zida uzoqdan turib do‘st tutinish oson. O‘zbekistonda do‘stlarim ko‘pligining sababini men uzoqda ekanim ular istaganlaridek muloqot qila olishlari, shuningdek, hech qanday bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatlarsiz o‘z hayotlarini yashashlari mumkinligida deb bilaman. Siz istagan savollarga javob beroldimmi yoki yo‘q, bilmadim, ammo ta’kidlaganlarim sizga zarracha bo‘lsa ham, biror nima bergan bo‘lsa, bundan juda mamnunman.

    Shohistaxon Ibragimova,uy bekasi (O‘zbekiston, Toshkent. 43 yosh)

    Foto: Shohistaxon Ibragimovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shohistaxon Ibragimovaning shaxsiy arxividan

    Inson hayotida do‘stlikdan-da yaxshiroq narsa bo‘lmaydi, ularni ishonch birlashtirib turadi. Hayotimda onamchalik ishonish mumkin bo‘lgan do‘stni uchratmadim. Achchiq haqiqat shuki, odamlar bugun manfaat sabab yaqin bo‘lyapti. Shu sabab inson sirlarini oila a’zolari va turmush o‘rtog‘iga aytishi kerak. Siz ishonib aytgan sirlaringizni boshqa odamdan eshitsangiz, bilingki, do‘st deb bilganingiz soxta. Inson qanchalik yaxshi bo‘lsa va yaxshilik ulashsa, atrofida ham o‘zi singari qalbi toza insonlar ko‘p bo‘ladi.

     

    Sherzod Mahmudov,jurnalist (27 yosh)

    Foto: Sherzod Mahmudovning shaxsiy arxividan

    Foto: Sherzod Mahmudovning shaxsiy arxividan

    Hayotda pul, obro‘, mansab kabi havoyi, moddiy qiymatlar bilan o‘lchanmaydigan tushunchalar bor. Muhabbat, oqibat, yaxshilik, do‘stlik... Do‘stlik men uchun hamma narsa. Kishining yaqinlari ko‘p, ammo do‘sti sanoqli bo‘ladi. Do‘stingning kimligiga qarab, sen haqingda birlamchi tasavvur hosil qilishadi. Hayotimda qiyomatga qadar do‘stlarim borligidan xursandman. To‘g‘ri, ular ko‘p emas, ammo bor. Masalan, hayotimdagi eng oqibatli do‘stim bilan abituriyentlik paytida tanishganman. Talabalikka bo‘lgan quvonchli va qayg‘uli kunlardan iborat yo‘lni birgalikda bosib o‘tganmiz. Bizni mana shu vaziyat birlashtirdi. Buni tabiiy qabul qilaman. Ammo do‘stlikda manfaat bo‘lishiga qarshiman. Chunki tuyg‘ularga yolg‘on aralashadi. Sendagi ustun jihatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish u do‘stlik emas, shunchaki hamkorlik. Fursati yetsa, hamkorlik to‘xtaydi. Hayotingizda manfaatlarga qurilgan hamkorliklar ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo hech bir tama, moddiyat ko‘zlanmaydigan do‘stlik abadiy bo‘ladi.

    “Ikki kishi bilgan sir – sir emas”, deyiladi bir filmda. Masalan, menda oilam bilan baham ko‘radigan sirlarim bor. Hayotimdagi ayrim holatlarni ularga aytish to‘g‘ri emas. Shu bilan birga, do‘stlarning barchasiga ham aytib bo‘lmaydi. Qayerdadir o‘qigandim: “Do‘stingga siringni aytma, chunki uning ham do‘sti bor”. To‘g‘ri fikr. Lekin eng yaqin do‘stingizga hayotingizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aytish kerak. Undan maslahat olasiz, fikrlarini tinglaysiz, masalaga boshqa ko‘z bilan qaraysiz. Asosiysi, sizni qiynayotgan, yelkangizni og‘ir yukdek bosib turgan muammolaringizni oz bo‘lsa-da, aritishga yordam beradi. Chunki haqiqiy do‘stingiz bilan sizni ruhiyat birlashtiradi, yanada yaqinlashtiradi. U siz nimani yoqtirishingiz, nimani yoqtirmasligingizni yaxshi biladi. Sizga ruhiyati yaqin do‘stingiz bo‘lsa, sirlaringizni bemalol o‘rtoqlashsangiz bo‘ladi. Yuqorida aytganimdek, jisman ikki kishidirsiz, ammo ruhan yakdilsiz. Haqiqiy do‘stni soxtasidan ajratish juda ham oson, ammo juda qiyin ish. Chin do‘st sizni doim himoya qiladi. Ayniqsa, biror-bir davrada siz yo‘q bo‘lsangiz-u, u yerdagilar sizni yomonlayotgan bo‘lsa, “Falonchi hozir yo‘q-ku! Yonini olganimni baribir ko‘rmaydi! Undan ko‘ra indamayman”, demaydi. U sizni siz bor paytda ham, yo‘q ekaningizda ham himoya qiladi. Manfaat izlamaydi. Og‘ir kuningizda yoningizda bo‘ladi.

    Otam aytadi: “Yaqinlaringning to‘yiga bormasang borma, ammo ta’ziyasida yonida bo‘l”. Chunki quvonchingizga hamma sherik bo‘lishi mumkin. Baxtli kuningizda kimdir samimiy xursand, kimdir esa hasad qiladi. Siz u paytda bir dunyo yaqinlaringiz davrasida kimgadir ehtiyoj sezishingiz qiyin. Bu jarayon umringiz mobaynida kechadi. Shuning uchun ham do‘stning chin va soxtasini ajratish oson hamda mashaqqatlidir. Deyarli o‘chib qolgan cho‘g‘ga ozgina tutantiriq tashlasangiz, ozroq tutaydi-yu, birdan yonib ketadi. Faqat uni qo‘llab-quvvatlab, mayda shoxlar, uning ustiga yirik o‘tinlar tashlamasangiz, tez yonib, tez o‘chadi. Do‘stlik ham shunday. Agar uzoq vaqt ko‘rishmay, gaplashmasangiz, munosabat tezda qovushmaydi. Keyin esa birdan o‘tgan kunlar, sho‘xliklarni yodga olasiz. Yana eski vaqtga qaytasiz. Ammo suhbat qurish va diydorlashib turish yana uzoq vaqtga cho‘zilsa, munosabat izdan chiqadi. O‘tgan kunlarni eslab yuraverasiz. Ammo chin do‘stlar qandaydir kutilmagan sabab bo‘lmasa, doimo bir-birining holidan xabar oladi. Masofa uzoq bo‘lsa-da, bunga imkon topadi. Ayniqsa, bizning asrimizda. Hozir atrofimdagi do‘stlar bir necha yillardan keyin ham yoningizda bo‘lishiga qanchalik ishonasiz, degan savolga “Buni faqat Alloh biladi”, deb javob beraman. Ishonishga kelsak, O‘zidan eng xayrlisini so‘rayman. Muhimi, bizni va yaqinlarimizni to‘g‘ri yo‘l adashtirmasa, munosabatlarimizga moddiyat, turli ixtiloflar, fe’limizdagi ijobiy sifatlarni salbiysiga aralashtirmasa, yaxshilikni umid qilish mumkin.

     

    Ziyoda Ramazonova,O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-bosqich talabasi (19 yosh)

    Foto: Ziyoda Ramazonovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Ziyoda Ramazonovaning shaxsiy arxividan

    Do‘stlik bu odamning o‘ziga o‘xshagan bir olam. Do‘stlarim ko‘p, sirlashishim mumkin bo‘lgan insonlar kam. Kishilarni ko‘pincha vaziyatlar birlashtirib turadi. Yoningizdagi insonga sizdan yaxshiroq muqobil bo‘lmagani uchun do‘st bo‘lishingiz, sizdan yaxshisi chiqqanda esa unutilishingiz mumkin. Soxta va chin do‘stni ko‘zlari, so‘zlaridagi samimiyatdan bilsa bo‘ladi. Chin do‘stim yo‘q va bunga bir tomondan o‘zimning ham tortinchoqligim, ichimdagini top ekanim sabab deb o‘ylayman.

     

    Gulira’no Musayeva suhbatlashdi.

    09.06.2021, 16:44   Izoh (0)   31427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muqimiy teatriga yangi direktor tayinlandi. Teatrning avvalgi rahbari Mirza Azizov koronavirusdan vafot etgandi

    08.06.2021, 22:10

    Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Onalarga ehtirom” festivali — suratlarda

    01.06.2021, 08:08

    O‘zbekistonda 15-aprel Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanishi kutilmoqda

    30.05.2021, 23:15

    Video: Farg‘onada o‘tkazilgan festivalda 80 yoshli onaxon jonli ijroda qo‘shiq aytib, madaniyat vazirini hayratga soldi

    30.05.2021, 19:36

    “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlandi

    30.05.2021, 11:33

    “Hatto notalar ham o‘rgatilmayapti” – Ozodbek Nazarbekov maktablardagi musiqiy ta’limni tanqid qildi

    28.05.2021, 10:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54

    Fors ko‘rfazi davlatlari Eron—Isroil yadroviy harakatlari ehtimolidan xavotirda

    Dunyo | 19 iyun, 14:45

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25

    Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

    Sport | 19 iyun, 14:00

    AQSH razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratayotganiga dalillar topmadi

    Dunyo | 19 iyun, 13:56

    Putin: “Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorman” (video)

    Dunyo | 19 iyun, 13:44

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    Dunyo | 19 iyun, 13:31

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.