“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:22, 09.06.2021 34443

Anjelina Jolining hatto eng sodiq muxlisini ham hayratga soladigan qiziqarli faktlar

4-iyun kuni 46 yoshni qarshilagani munosabati bilan Gollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisasi Anjelina Joli haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tamiz.

Foto: AdMe

Joli aktrisaning ikkinchi ismi. Anjelina haqiqiy familiyasi — Voytdan otasi bilan tortishib qolganidan keyin voz kechgan. Bolaligida ilon va kaltakesaklarni yig‘ib yurishni yaxshi ko‘rgan aktrisaning sevimli hayvoni Vladimir laqabli kaltakesak va Garri Din Stenton laqabli ilon bo‘lgan.

Foto: AdMe

Beverli-Xillzn maktabida o‘qigan Anjelinani maktabdoshlari haddan ortiq ozg‘inligi, ko‘zoynak va briketi sabab kalaka qilgan. Ota-onasi ajrashgani oilaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmay qolmagan. Shuning hisobiga Jolining

oddiy kiyinib yurishiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: AdMe

U karyerasini boshlashi bilan darhol omadi kelmagan. Yuzidagi mung asos qilib ko‘rsatilib aksariyat hollarda kastinglarda unga rad javobi berilgan. Muvaffaqiyatsiz filmda suratga tushgan vaqti aktrisa bor-yo‘g‘i 17 yoshda bo‘lgan. Ushbu film ekran yuzini ko‘rganidan keyin hafsalasi pir bo‘lgan Joli 1 yil davomida kastinglarda qatnashmagan.

Foto: AdMe

Tanqidchilar tomonidan ijobiy baho berilgan “Jia” nomli filmni esa muvaffaqiyatli chiqqan deb aytsa bo‘ladi. Ushbu roli uchun u “Oltin Globus”ni qo‘lga kiritgan. Ushbu mukofotni nishonlayotgan chog‘ida aktrisa Randolph Duke’dan kiygan ko‘ylagi bilan hovuzga sakragan.

Foto: AdMe

Rolling Stones guruhi yetakchisi Mik Jagger “Anybody Seen My Baby?” klipiga suratga tushgandan keyin Anjelinaga

oshiq bo‘lgan. 1999-yilda “Hayotdan uzilgan” filmidagi ijrosi esa uchinchi marta “Oltin Globus” va “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” sifatida “Oskar” olishiga sababchi bo‘lgan. Taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun aktrisa suratga olish ishlarini tashlab, Meksikadan qaytib kelgan. Mukofotni qo‘lga kiritganidan keyin esa darhol ortga qaytib ketgan. Joli “Charlining farishtalari” filmida suratga tushish uchun taklif qilingan. Ammo Lara Kroftni

gavdalantirishni afzal bilgan aktrisa taklifga rad javob bergan.

Anjelaning chap yelkasida ajdar tatuirovkasi bor bo‘lib, keyinchalik unga ikkinchi turmush o‘rtog‘i Bill Bob Torntonning ismi qo‘shilgan. Juftlik bir-biri bilan bir necha oy uchrashganidan keyin oila qurgan va 2 yildan keyin ajrashib ketgan. Shundan keyin aktrisa Bobning ismini yelkasidan o‘chirtirish uchun shifoxonaga 5 marta tashrif buyurgan. Eski tatuirovka o‘rniga aktrisa 6 nafar farzandi va sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittning geografik koordinatasini tushirgan.

Foto: AdMe

Shuningdek, onasi va ukasining ismining bosh harfini ham tatuirovka qilib tushirgan. Iqtiboslarni yaxshi ko‘radigan

Anjelina eng sevimlilarini tanasiga muhrlashni ham afzal bilgan. Qolaversa, tatuirovka qilib tushirilgan Rim raqamidagi sanalar ham mavjud. Chap yelkasining pastki qismiga tushirilgan XIII raqami uning xurofotga ishonmasligiga ishora qiladi. V MCMXL esa Uniston Cherchilning so‘zlagan mashhur nutq sanasi bilan bog‘liq.

Anjelina matbuot kotibi yo‘q mashhurlardan sanaladi. U OAV vakillari bilan mustaqil muloqot qiladi. Katta o‘g‘li Meddoks samolyotlarga qiziqqani sabab 2004-yilda Joli uchuvchi litsenziyasini olgan.

Foto: AdMe

Bred Pitt bilan to‘yi kuni Anjelina farzandlari chizgan surati bilan bezatilgan keng bichimli libos kiygan. Bred Pitt esa o‘sha kuni bo‘yinbog‘ taqishni esdan chiqargan. “Malifisenta” filmi ijodkorlari kichik Avrora roli uchun jajji qahramon topishga ancha qiynalgan. Bolalarning hech biri Malifisenta bilan muloqotga kirisha olmagan. Ammo Viven bilan bunday bo‘lmagan. Bunga qarshisidagi qahramon grimdaligiga qaramay, uning onasi ekanligini bilib turgani sabab bo‘lgan.

Foto: AdMe

Avvalroq Joli Yaman aholisiga yordam berish uchun limonad sotayotgan 6 yashar bolalarga xayriya qilgan. BBC News kanalida ularning kampaniyasi haqida xabar topgan aktrisa bolalarga limonad sotib ololmasligidan afsusda ekani ammo yordam bera olishi mumkinligi yozilgan xat yuborgan. Anjelina kimligini bilmagan bolalarga ota-onalari aktrisa ijrosidagi filmlarni ko‘rsatgan.