So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning ayrim hududlarida eshak so‘yib, uning go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlanmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati islomda eshak go‘shtini sotish mumkinmi, degan savolga javob berdi.
“Bu mutlaqo mumkin emas. Chunki shariatda iste’moli nojoiz bo‘lgan narsaning savdosi ham nojoiz degan qoida bor. Eshak go‘shtining haromligi Haybar g‘azoti kunida Payg‘ambarimiz Rasululloh sallollohu alayhi vasallam taraflaridan bayon qilingan ochiq haqiqatdir. Bunga Imom Buxoriy o‘z sahihlarida Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilib keltirgan hadis dalil bo‘ladi”,— deb qayd etgan Fatvo hay’ati.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning fevralida Qoraqalpog‘istonda eshaklar “qabristoni” aniqlanib, hayvonlar go‘shti sotuvga chiqarilgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Aprel oyining boshlarida Qashqadaryoning Qarshi shahrida uyida eshak so‘yib, uning go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlandi. May oyining oxirlarida Qashqadaryoning Koson tumanida eshak so‘ygan 4 nafar erkak ushlandi.
Izoh (0)