Markaziy bank 4-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,54 so‘mga pastlab, 10 539,20 so‘mni tashkil qildi. Yevro 1,41 so‘mga pastlab, 12 849,39 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 9,08 so‘mga pastlab, 10 550,74 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga oltinchi kun pastladi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatdagi bir nechta tijorat banklarida 21-may kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. 1-iyun kuni banklar dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini 10 600 so‘mga qadar pasaytirdi.
Izoh (0)