1-iyun kuni O‘zbekiston hududlarida ob-havo keskin o‘zgardi, joylarda kuchli shamol, qum bo‘ronlari qayd etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi—Samarqand yo‘lida kuzatilgan qum bo‘roni videosi tarqaldi.
Ta’kidlanishicha, video Qarshi—Samarqand yo‘lida olingan. “Bu chang emas, nimadir yongan bo‘lsa kerak”, — deydi video mualliflari.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil iyunida Samarqand va Qashqadaryoda qum bo‘roni kuzatilgani, 2019-yil martida Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoroda chang aralash kuchli shamol ro‘y bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Video: Andijondagi chang bo‘roni
Izoh (0)