Lego kompaniyasi hozirga qadar o‘zi tomonidan yaratilgan eng katta jamlanmani taqdim etadi. U konstruktordan dunyo xaritasini yaratishga yordam beradi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Lego Art lineykasini to‘ldiradigan jamlanma 11 695 elementdan iborat. Yig‘iladigan panno (devoriy tasvir) o‘lchami 104x65 santimetrni tashkil etadi.

Dunyo xaritasini turli usullar yordamida yig‘ish mumkin. Lego qaysi qit’a markazdan o‘rin olishini mustaqil tanlash, shuningdek, fantaziyani ishga solish va okeanlarni yig‘ishda naqshlardan foydalanish imkoniyatlarini taklif etadi.

Jamlanmadan qo‘llanma, xaritani joylashtirish uchun rom va maxsus qotirgichlar o‘rin olgan. 1-iyundan uni “Kubiklar olami” do‘konlaridan, 1-avgustdan esa Wilfberries va Ozon orqali xarid qilish mumkin. Jamlanma narxi — 22 999 rubl (313 dollar).

Avvalroq Lego Tanosning “cheksizlik qo‘lqopi”ni, shuningdek, gul va o‘simliklar terish mumkin bo‘lgan botanik jamlanmani taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.