Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 24-may kuni 60 yoshni qarshilagan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Prezident farmonida bosh vazirning davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati ta’kidlab o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov (1961-yilda tug‘ilgan) Prezidentning sentabrdagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan edi.
Ungacha 10 yildan ziyodroq muddat davomida — 2002-yil mayidan 2012-yil avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bir vaqtning o‘zida 2005−2009-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.
2016-yilning dekabridan beri Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari mamlakat bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini qayta tasdiqlagan edi.
Izoh (0)