• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sergelidagi beshta hovlining yonib ketishiga suv yetishmovchiligi va yo‘llardagi tirbandlik sabab qilib ko‘rsatildi

    Toshkentning Sergeli tumanidagi xonadonlarning birida 20-may kuni yong‘in chiqib, o‘t yana ikki xonadonga ham o‘tgani haqida xabar berilgan edi. FVV yong‘inni bartaraf etishda o‘t o‘chiruvchilar tirbandlikda qolib ketgani va suv bosimi pastligi muammosi ta’sir ko‘rsatganini qayd etdi.

    Foto: Videodan kadr / “Qalampir.uz”

    Foto: Videodan kadr / “Qalampir.uz”

    Sergeli tumani “Past Darxon” MFY Navro‘z 6-tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in bo‘layotganligi yuzasidan xabar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor-qutqaruv guruhiga 20-may soat 07:35 da kelib tushgan. Yarim soatdan so‘ng FVV matbuot xizmati yong‘in haqida dastlabki axborot bergan va bu vaqtda faqat bitta xonadonda yong‘in qayd etilgan bo‘lgan.

    Keyinroq FVV mazkur hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etib, yong‘in joyiga birinchi bo‘linma soat 07:45 da (10 daqiqada) yetib borgani, qolgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 07:47 dan soat 08:24 ga qadar, jami 5 ta bo‘linma yong‘in joyiga yetib borganini ma’lum qilgan.

    “Yong‘in sodir bo‘lgan xonadon qo‘shni xonadonlarga zich qilib qurilgani, yong‘inga qarshi devorlar bo‘lmagani, shu bilan birga, shamol tezligi yuqori bo‘lib turgani sabab yong‘in boshqa xonadonlarga ham tezlik bilan tarqalib, oqibatda 3 ta xonadonga tegishli 200 metr kvadrat maydonda yong‘in yuzaga kelgan”, — deb qayd etgan vazirlik.

    FVV, shuningdek, tonggi vaqtda poytaxt ko‘chalarida tirbandliklar bo‘lganini, “Past Darxon” MFY, Navro‘z 6-tor ko‘chasidagi yerosti gidrantining suv bosimi past bo‘lgani, bu kabi holatlar yong‘inni tezlik bilan bartaraf etishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini bildirib o‘tgan.

    Yong‘indan jabrlangan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    MY5 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 19-may kuni soat 19:10 da Sergeli tumanining qator mahallalari elektr enegiyasidan uzilgan. Ertasi kuni elektr ta’minoti tiklangan, biroq “Navro‘z” mahallasida elektr uzatish tarmoqlarida “ayrim muammolar” yuzaga kelgan va oqibatda yong‘in sodir bo‘lgan.

    Mahallada yashovchi ayol elektr tiklanganidan so‘ng “hammayoq yorug‘ bo‘lib ketganini” aytgan. Telekanalning qayd etishicha, yong‘in to‘rtta xonadonni yaroqsiz ahvolga keltirgan.

    “O‘t o‘chiruvchilar 45 daqiqada keldi, deydi aholi vakillari. Ertalabki 7 larda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga 5 soat sarflangan”, — deyiladi MY5 xabarida.

    Yana bir fuqaro jabrlanganlar yo‘qligi, lekin hech narsa, shu jumladan, hujjatlar va pullar ham yonib ketganini ta’kidlagan.

    Yong‘in kuni voqea joyiga borib, aholi bilan suhbatlashgan “Qalampir.uz”ning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida beshta uy yongan. Yong‘indan uyi zararlangan fuqarolar bunga elektr korxonasini ayblamoqda. Ularga ko‘ra, voqeadan bir kun avval yuz bergan shamoldan so‘ng tarmoqda uzilgan simlar bor-yo‘qligini tekshirmasdan turib, elektr tarmog‘ini qayta tiklagan.

    Fuqarolarning bu fikriga Zangiota tumani elektr tarmoqlari korxonasi bosh mutaxassisi quyidagicha munosabat bildigan: “Soha mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi, bu qisqa tutashuvdanmi yoki boshqa narsadan. Aniqlik kiritib, o‘rganib chiqish xulosasi taqdim etiladi”.

    Bundan avval Andijonda mashinadan tashlab yuborilgan sigaret qoldig‘i sabab yong‘in kelib chiqqani, Qo‘qon shahridagi “zapravka”da portlash va yong‘in sodir bo‘lgani hamda Termiz shahridagi maktablarning birida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.

    23.05.2021, 15:09   Izoh (0)   43860
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Kongressiga O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya kiritildi

    23.05.2021, 14:29

    Buxoroda ichki ishlar xodimi kiyimida “xurmacha qiliq” qilgan tiktokerlar javobgarlikka tortildi

    23.05.2021, 13:28

    Shahrisabzda tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etgan shaxs jarimaga tortildi

    23.05.2021, 13:07

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 1,6 mln dozadan oshdi

    23.05.2021, 11:26

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 287 kishida koronavirus tasdiqlandi

    23.05.2021, 11:05

    Shahrisabzda tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani xabar berildi. Bosh shifokor esa buni rad etdi

    23.05.2021, 10:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.