Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi. “Atletiko” so‘nggi turda g‘alaba qozongan holda chempionlik masalasini hal qildi.
Shu tariqa “Real” 2020/21-yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi. Bunaqasi 2009/10-yilgi mavsumdan beri ilk bor kuzatildi. O‘shanda jamoaga Manuel Pellegrini ustozlik qilgandi.
Shuningdek, jamoa Zinedin Zidan qo‘l ostida birinchi marta mavsumni sovrinsiz yakunladi.
“Real” Chempionlar Ligasi yarim finalga qadar yetib bordi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Chelsi”ga yengildi (1:1, 0:2). Yanvar oyida madridliklar Ispaniya Superkubogida “Atletik B”ga mag‘lub bo‘lgan (1:2), Ispaniya Kubogida esa “Alkoyano” (1:2) to‘sig‘idan o‘ta olmagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)