• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahrisabz hokimi qabuliga borgan ayol jamoatchilik tartibini saqlash bahonasida bir kun “jinnixona”ga tiqib qo‘yildi

    Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida hokim qabuliga shikoyat qilib borgan ayol jamoatchilik tartibini saqlash bahonasida bir kun majburiy tartibda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan shahrisabzlik ayol Nodira O‘rinova ma’lum qildi.

    Nodira O‘rinova.

    Nodira O‘rinova.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 1964-yilda tug‘ilgan va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan Nodira O‘rinovaning takroriy murojaatlari inobatga olinib, 2018-yil unga Shahrisabz shahar hokimligi tomonidan bepul uy-joy berilgan.

    “Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga, rahmat. Mendek nogironligi bor ayollarga bepul uy-joy berish tartibini joriy qildi. Shu sabab menga ham uch xonali uy berildi. Buning uchun alohida, rahmat, hammaga. Biroq menga berilmagan uy-jihozlarini — gilam, televizor, xontaxtalarni ‘berildi’ deya respublika Kasaba uyushmasiga ma’lumot berilgan. Demak, menga berilgan uy-jihozlarini kimdir o‘zi olgan va uy-jihozlari mening nomimda qolgan. Men shu adolatsizlikni fosh qilish maqsadida MFY raisi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining (o‘sha paytdagi — tah.) rahbari Shahlo Rahmonovaga ko‘plab murojaatlar qildim, ammo natijasi bo‘lmadi”, — deydi murojaatchi Nodira O‘rinova.

    Qashqadaryo viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Dolli Allayevning 2021-yil 30-yanvar kuni fuqaro Nodira O‘rinovaga yo‘llagan javob xatida unga yangi uy bilan birga xontaxta, televizor va gilam berilgani haqida noto‘g‘ri axborot bergan “Do‘stlik” MFY raisi Rustam Bozorov hamda uning o‘rinbosari Mohira Karimovalar shu qilmishi uchun lavozimidan olingani ma’lum qilingan.

    “Shahrisabz shahriga yangi hokim Akrom Sulaymonov kelgach, yangi hokimga ham bu haqda shikoyat qildim va ko‘zbo‘yamachilikning boshida turgan Shahlo Rahmonovaning qilmishlarini ochib tashladim. Biroq murojaatlarimga o‘z vaqtida javob berilmagani uchun 2021-yilning 5-aprel kuni hokim qabuliga qayta bordim va xatimga javob talab qildim. Shunda hokim jahl ustida ‘chaqir uchastkavoyni’, dedi. Vaziyatdan foydalangan Shahlo Rahmonova esa, xatingizga men javob beraman deya, meni hokimlikning pastki qavatiga olib tushib, MFY raisi va ‘uchastkavoy’ga berib yubordi”, — deydi murojaatchi ayol.

    Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov “Daryo” muxbiri bilan muloqotda Nodira O‘rinova bilan bog‘liq voqeani tasdiqladi.

    “Haqiqatan ham Nodira opa ko‘p marotaba qabulimda bo‘lgan. Har safar u kishining murojaatini diqqat bilan tinglab, imkon qadar ijobiy yechim bilan qaytarishga harakat qilganman. Opa har safar qabulimga har xil muammolar bilan kelgan bo‘lishiga qaramay, deyarli muammolarining ijobiy yechimi bilan ortga qaytgan. O‘sha kuni (2021-yil 5-aprel — tah.) Nodira opa yana murojaat qilib keldi. Va hokimlik binosida baqir-chaqir, shovqin ko‘tarildi. Shunda Milliy gvardiya xodimlariga jamoatchilik tartibini saqlash haqida topshiriq berdim. Ammo voqea yakuni qanday tugagan, bundan xabarim yo‘q”, — deydi Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov.

    Akrom Sulaymonov. (chapdan birinchida)

    Akrom Sulaymonov. (chapdan birinchida)
    Foto: Shahrisabz shahar hokimligi

    Murojaatchi Nodira O‘rinovaning aniqlik kiritishicha, 2021-yil 5-aprel kunidagi voqea, uning Kitob tumanidagi viloyat 2-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga qamalishi bilan yakunlangan.

    “Shahlo Rahmonova meni hokimlik binosining pastki qavatiga olib tushib, ‘Do‘stlik’ mahallasining yangi raisi Farruh Iskanov hamda ‘uchastkavoy’ Zohid Amirqulovga ro‘para qildi. Mahalla raisi va ‘uchastkavoy’ mening qo‘limni orqaga qayirib, qo‘llarimni ko‘kartirib, ‘uchastkavoy’ning Matiz mashinasida “jinnixona”ga olib borib tashladi. Ularning adolatsizligi sabab men bir kun “jinnixona”da majburiy qamab qo‘yildim”, — deydi Nodira O‘rinova.

    “Daryo” muxbiri so‘roviga javob bergan “Do‘stlik” MFY raisi Farruh Iskanov hamda hudud profilaktika inspektori Zohid Amirqulov murojaatchi Nodira O‘rinovaning Kitob tumanidagi viloyat 2-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borilganini tasdiqladi. Biroq bunga hokim topshiriq bermaganini aytib, Nodira O‘rinovaning shifoxonada ro‘yxatda turishini vaj qilib ko‘rsatdi.

    “Haqiqatan ham opani asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borganmiz. Bunga hokim topshiriq bermagan. Opaning o‘zi shifoxona ro‘yxatida turgani va oldin ham Chuqursoyda davolanib kelgani uchun o‘sha kuni yo‘llanma bilan opani shifoxonaga olib borib joylashtirdik. Ammo kuch ishlatmadik. Balki mashinaga chiqarish uchun qo‘lidan tutgan bo‘lsak, qo‘li ko‘kargandir”, — deydi mahalla profilaktika inspektori Zohid Amirqulov.

     

    Foto: “Daryo”

    “Do‘stlik” MFY raisi Farruh Iskanov murojaatchi Nodira O‘rinovaga 2018-yil yangi uy, shuningdek, o‘tgan yillar davomida ko‘p marotaba yordam berilishiga qaramasdan u shukur qilmayotganini aytmoqda.

    “Nodira opaga yangi uy berilgan. Bundan tashqari ko‘plab moddiy yordam ko‘rsatilgan. Unga uy jihozlari berilgani haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan mahalla raisi va uning o‘rinbosari ham ishdan olingan. Shuncha chora ko‘rilsa-da, opa yana qayta-qayta hokim qabuliga borib, shikoyat qilgan. Nodira opa nega, umuman, rozi bo‘lmaydi, o‘zimiz ham tushunmaymiz”, — deydi MFY raisi.

    Nodira O‘rinovaning qo‘shimcha qilishicha, u viloyat 2-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy tartibda olib borilganida qabul bo‘limidagi shifokor uni qabul qilmasligini aytgan.

    “Shunda MFY raisi shifokorni shahar hokimi o‘rinbosari Shahlo Rahmonova bilan telefonda gaplashtirdi. Telefonda nimalar gaplashildi bilmayman, lekin o‘sha kuni meni shifoxonada olib qolishdi. Menga shifoxonada yaxshi qarashdi. Biroq meni majburlab, menga kuch ishlatib qo‘llarimni qayirib, shifoxonaga olib borgan rais va ‘uchastkavoy’ga, shahar hokimi o‘rinbosari Shahlo Rahmonovaga chora ko‘rilishini va adolat yuzaga chiqishini so‘rayman”, — deydi murojaatchi Nodira O‘rinova.

    Shahrisabz shahar hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, shahar hokimi o‘rinbosari Shahlo Rahmonova bugungi kunda boshqa joyda faoliyat olib bormoqda. Shu bois, Shahlo Rahmonova bilan bu haqda suhbatlashish imkoni bo‘lmadi.

    Nodira O‘rinova 2021-yilning 6-aprel kuni shifoxonadan qaytar chog‘i unga endi hokimlikka murojaat qilmaslik, adolatning ketini quvmasligi lozimligi haqida tushuntirish xati yozdirib olingan.

    19.05.2021, 10:32   Izoh (0)   39149
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 212 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi

    19.05.2021, 10:16

    Dehqonoboddagi qulab tushishi mumkin bo‘lgan tibbiyot maskani qayta ta’mirlanadigan bo‘ldi

    19.05.2021, 07:49

    Toshkent viloyatida ikki ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    19.05.2021, 07:07

    Yunusobodda ikki nafar talaba o‘zganing xonadonidan 60 ming dollarlik avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketdi

    19.05.2021, 06:27

    Namoyishga chiqqan laboratoriya “kalamushlari”, qullarga bosilgan tamg‘a, panjara ortidagi falastinlik bolalar. 18-may suratlari

    18.05.2021, 23:59

    BMT Bosh Assambleyasi Orol dengizi mintaqasi bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qildi

    18.05.2021, 23:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda xalqaro terroristik tashkilotga pul yuborib turgan erkak qamaldi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 11:15

    Eron Tojikiston va Turkmaniston bilan temiryo‘l aloqasini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 30 iyul, 11:08

    Salomat bo‘ling: 40 yoshgacha o‘rganish kerak bo‘lgan 6 ta foydali odat

    Salomatlik | 30 iyul, 10:53

    Chorvoq suv omboriga “Margimush qabristoni”dan zaharli chiqindilar tushishi mumkinligi rad etildi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 10:32

    Esports World Cup Chess. Abdusattorov Karlsenga, Sindorov Nakamuraga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 30 iyul, 10:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.