• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda uch oy ichida 211,2 mlrd so‘mlik budjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi

    Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-chorakda budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 1 905 ta (2020-yil 1-chorakda 1 349 ta) nazorat tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tekshiruvlarda 211,2 milliard so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 192,3 milliard so‘mi budjetga tiklanishi ta’minlandi.

    Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

    Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

    • Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 248 ta nazorat tadbirining 198 tasida 43,3 milliard so‘m miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakka (9,4 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilishi holatlari 4,6 martaga oshgan;
    • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 275 ta nazorat tadbirining 212 tasida 23,3 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakka (7,9 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilishi holatlari 2,9 martaga oshgan;
    • Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 289 ta nazorat tadbirining 242 tasida 41,2 milliard so‘m miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakka (5,4 milliard so‘m) nisbatan qonun buzilishi holatlari 7,6 martaga oshgan.
    • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 116 ta nazorat tadbirining 111 tasida 22,4 milliard so‘m miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlangan (2020-yil 1-chorakda 135,4 million so‘mlik qonun buzilishi holatlari aniqlangan);
    • Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 42 ta nazorat tadbirining 36 tasida 16,1 milliard so‘m miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlangan (2020-yil 1-chorakda 767 million so‘mlik qonun buzilishi holatlari aniqlangan).
    Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi (3,3 milliard so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (3 milliard so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 milliard so‘m), Suv xo‘jaligi (2,5 milliard so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (2,2 milliard so‘m) vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (2,7 milliard so‘m) va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

    Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,4 milliard so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (2,9 milliard so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (34,2 milliard so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

    Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo‘yicha qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi

    Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo‘yicha qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi
    Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

    Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 milliard so‘m miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 milliard so‘m), Jizzax (23 milliard so‘m), Andijon (19,8 milliard so‘m), Toshkent (12,1 milliard so‘m), Qashqadaryo (11,4 milliard so‘m), Surxondaryo (8,9 milliard so‘m), Farg‘ona (8,1 milliard so‘m), Samarqand (7,9 milliard so‘m), Xorazm (6,4 milliard so‘m), Buxoro (6 milliard so‘m), Namangan (5,2 milliard so‘m), Navoiy (1,4 milliard so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 milliard so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 milliard so‘m) qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

    Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi

    Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi
    Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

    Shu bilan birga, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan choralar natijasida budjet muassasalarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish va boshqa noqonuniy xarajatlarning to‘xtatilishi hisobiga jami 5,3 milliard so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini asossiz sarflanishining oldi olingan.

    Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

    Budjet qonunchiligini buzganligi uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 9 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, ko‘rib chiqish uchun Ma’muriy sudlarga yuborilgan.

    Shuningdek, 1 458 ta nazorat tadbirida aniqlangani 210,1 milliard so‘mlik qonun buzilishi holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda budjet mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4729 ta nazorat tadbirlarida 246 milliard so‘mlik budjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, bu miqdorning 168,8 milliard so‘mi budjetga qaytarilgan.

    Mavzuga doir:

    • “Men Mamarizo Nurmurodovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman” — Shavkat Mirziyoyev
    • Tanzila Norboyeva: “420 mln so‘mga qurilgani aytilgan maktab bo‘m-bo‘sh yer bo‘lib chiqdi”
    • O‘zbekistondagi korrupsion jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi

    02.05.2021, 09:33   Izoh (0)   22211
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda 30 yoshli aqli zaif fuqaro onasini pichoqlab o‘ldirdi

    02.05.2021, 09:12

    “Sardobadanligimizni aytsak, taksichilar pul olmasdi”. Toshqindan omon qolgan Qur’on va Ziroat Mirziyoyevaning ro‘moli haqida O‘sarovlar hikoyasi

    02.05.2021, 08:32

    “Istiqlol” majmuasi Qibraydagi yangi bog‘ hududida quriladi

    02.05.2021, 08:13

    Samarqandda 37 yoshli ayolni 1000 dollar evaziga Turkiyaga fohishalik uchun sotgan erkak ushlandi

    02.05.2021, 07:25

    Do‘ppi kiygan Mirziyoyev, rekord qo‘ygan suv parilar, kulga aylangan koronavirus qurboni. Hafta suratlari

    01.05.2021, 23:58

    O‘zbekistonda vazirlar 490 mln, hokimlar 245 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat mashinalarini minishi belgilandi

    01.05.2021, 23:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.