• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 90 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    O‘zbekistonda COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni rasman 90 ming kishidan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 27-aprel holatiga ko‘ra mamlakatda jami 90 008 holatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki rasmiy tasdiqlangan holat 2020-yil 15-mart kuni, shu sanadan bir necha kun avval Fransiyadan qaytgan shifokor ayolda qayd etilgan edi (ayni vaqtda rasmiylar kasallik avvalroq kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi).

    Rasman tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 2020-yil 28-mart kuni 100 dan, 7-aprel kuni 500 dan, 14-aprel kuni 1000 dan, 29-aprel kuni 2 mingdan, 14-iyun kuni 5 mingdan, 5-iyul kuni 10 mingdan, 27-iyul kuni 20 mingdan, 10-avgust kuni 30 mingdan, 26-avgust kuni 40 mingdan, 19-sentabr kuni 50 mingdan, 8-oktabr kuni 60 mingdan, 14-noyabr kuni 70 mingdan, 2-mart kuni 80 mingdan oshgan edi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, 27-aprel holatiga ko‘ra shu vaqtgacha tasdiqlangan bemorlarning 86 449 nafari (96 foizi) sog‘aygan, kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar soni rasman 646 nafarga yetgan — mamlakatda koronavirus asoratlari oqibatidagi hozircha so‘nggi o‘lim holati haqida 26-aprel kuni ma’lum qilingan (bemor aynan qaysi sanada vafot etgani ochiqlanmagan). Ma’lumot uchun, SSV statistikasidagi kamida bitta o‘lim holati O‘zbekistonda yuz bermagan; “Daryo” 2020-yil 22-sentabrga qadar yuritgan alohida statistikaga ko‘ra, qurbonlar soni kamida 19 nafarga ko‘p.

    Kasallanganlar soni 80 mingdan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    O‘zbekiston rasmiylari koronavirus statistikasiga doir raqamlarni yashirish yoki ularni buzib ko‘rsatishdan hech kim manfaatdor emasligini muntazam ta’kidlab keladi. Ayni vaqtda, kasallanganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini hukumat tuzilmalariga aloqador mas’ullar ham, hukumat qoshida tuzilgan Respublika maxsus komissiyasi vakillari ham tan olib ta’kidlagan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilarning 30 foizi kasallikni o‘zi bexabar holda simptomlarsiz o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

    2020-yili karantin tartibi qayta kuchaytirilishi arafasida, 8-iyul kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a’zosi Habibulla Oqilov COVID-19’ni yuqtirib olganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

    “Kasallanganlar soni kuniga 350 taga ko‘paymoqda degani — bu biz bilgan statistika. Buning orasida hali qancha tahlilga yetib bormagan, lekin aslida kasallangan, simptomsiz yurgan bemorlar soni ikki-uch barobar ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. PZR tahlilining javobi chiqishiga ikki-uch kun, hatto bir haftagacha vaqt ketib qolyapti, bu vaqtning ichida esa PZR bormi, yo‘qmi, deb gumonda turgan bemor xalqning ichida yuribdi, kun sayin beshtaga yuqtiryapti, u besh kishi boshqa 25 kishiga yuqtirib, kasallarning soni shu tariqa ko‘payib ketmoqda”, — degandi Oqilov.

    9-iyul kuni esa Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi qayta tiklanishi sabablarini izohlarkan, “rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallanish holatlarini qayd etayotgani, haqiqiy holat, boshqa mamlakatlardagi kabi, bir necha barobar farqli bo‘lishi mumkin”ligini tan olgan edi. “Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olishning imkoni yo‘q”, — deyilgandi komissiya murojaatida.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov 20-sentabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24” dasturidagi chiqishida rasmiy statistikaga faqat rasman murojaat qilib yoki davolash muassasalarida test topshirgan va testining natijasi musbat chiqqan fuqarolargina kiritilganini aytib o‘tgandi.

    “Test deyapmiz, bu rasmiy murojaat qilgan yoki davolash muassasalarida test olingan bemorlar soni, lekin test topshirmay, virusni yuqtirib olib, kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan fuqarolarimiz ham kam emas... Fuqarolar o‘rtasida savollar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, to‘rt-besh marta test topshirgan, ammo har safar test natijasi manfiy chiqqan, shunga qaramay unda kasallikning klinik belgisi bor. Ma’lum bir vaqt, bir yarim oy o‘tgach, u organizmidagi antitanani aniqlash uchun qonidan test topshirsa, natija musbat chiqqan. Ya’ni bu fuqaro kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan, degan xulosa berish mumkin. Shu bois bugungi kunda kasallikni boshidan o‘tkazgan fuqarolarimiz ham ko‘p”, — degandi Shuhrat Boymurodov.

    28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirgandi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangandi. Shuningdek “Yuksalish” umummilliy harakati koronavirus bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirgan.

    Mavzuga doir:

    • “SSV yuritayotgan koronavirus statistikasiga to‘liq ishonaman, chunki u to‘g‘ri” — SSV rahbari Abduhakim Hojiboyev
    • Toshkent viloyatida koronavirus bemorlari rasmiy statistika bo‘yicha 2-3 kunda sog‘aymoqda. Bu yo mo‘jiza, yoki yolg‘on

    28.04.2021, 11:32   Izoh (0)   37554
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    28.04.2021, 11:22

    Sadir Japarov — Kampirobod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida

    28.04.2021, 11:12

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 378 kishida koronavirus tasdiqlandi

    28.04.2021, 10:22

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 ming kishidan oshdi

    28.04.2021, 09:26

    O‘zbekistondan 2021-yil boshidan beri 4 ming kishi ko‘chib ketdi

    28.04.2021, 08:44

    Namanganda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 285 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

    28.04.2021, 07:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “Portu” darvozabonini sotib oladi

    Sport | 3 iyul, 11:55

    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

    Reklama | 3 iyul, 10:30

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Saudiya Arabistoni Isroilga uchirilgan Eron dronlarini tutib olgan — OAV

    Dunyo | 3 iyul, 11:28

    “O‘zgidromet” 4-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:15

    Zelenskiy AQSHdan qurol yetkazib berish cheklangach bayonot berdi

    Dunyo | 3 iyul, 11:07

    “Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 10:53

    Ilgiz Tantashev Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi o‘yinga tayinlandi

    Sport | 3 iyul, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.