• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Meni aybdor deb topsangiz, bitta asos keltiring”. Karantinda to‘y qilgan shifokorlar haqida xabar bergan Muborak hokimining sobiq matbuot kotibi firibgarlikda ayblanmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hokimligidagi faoliyati davomida karantinda to‘y qilgan shifokorlar haqida xabar berib, IIB bosimiga uchragan va keyinchalik bosimdan ishdan bo‘shab qutulgan sobiq matbuot kotibi — Zafar Jo‘rayev firibgarlikda ayblanmoqda. Biroq u sudda aybi biror-bir dalil bilan asoslanmayotganini aytib, haqiqat talab qilmoqda, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Zafar Jo‘rayev.

    Zafar Jo‘rayev.
    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, ishga joylashtirish va fuqaroga yer olib berishni va’da qilib, katta miqdorda pul olganlikda ayblangan Muborak tumani hokimining sobiq matbuot kotibi Zafar Jo‘rayev Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudining 2021-yil 11-martdagi hukmiga ko‘ra, ikkita epizod bo‘yicha oqlangan. Biroq ma’lum bir haq evaziga yer olib berishni va’da qilishda ayblanib, 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish bilan jazolangan.

    “Koson tuman sudiga qadar tergovda menga uchta epizod bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Tergov davomida IIBning Bekzod ismli tergovchisi tomonidan tahqirlandim. Qiynoqqa solindim. Tergovchi ochiqchasiga karantindagi to‘y haqida xabar berganimni, bu esa ularga qimmatga tushganini eslatib, qiynoqqa solishda davom etdi. O‘sha paytda bu haqda mas’ullarga bildirib, tergovga bormasligimni, agar tergovga majburlab olib borishsa, o‘zimga biror nima qilib qo‘yishimni aytdim. Xayriyat, o‘sha payt tergovchini o‘zgartirishdi. Sudda menga qo‘yilgan uchta epizodning ikkitasi asoslanmadi. Va sudda bu ayblovlarni olib tashlashdi. Ammo yer olib berish evaziga o‘zgalardan pul olganlikda ayblashib, 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish bilan jazolashdi. Lekin asos ko‘rsata olishmadi. Sudyadan bu haqda so‘raganimda, shu ish bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini, yetarli asos bo‘lmasa-da, jazo tayinlashga majburligini aytdi. Shuning uchun sizga murojaat qildim. Siz adolatni tiklab bering, deyapman”, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida so‘nggi so‘z aytish imkonini olgan Zafar Jo‘rayev.

    Ma’lum bo‘lishicha, karantindagi to‘y haqida xabar bergan tuman hokimining sobiq matbuot kotibi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun firibgarlik yo‘li bilan ulardan 1 million so‘m va 1,5 ming dollar olishda, shuningdek yer olib berishni va’da qilib, 2 million 400 ming so‘m olishda ayblangan.

    Foto: “Daryo”

    “To‘g‘ri, o‘sha paytda endigina ish boshlaganim, qolaversa, oylik maosh kamligi va Qarshi shahridan tumanga qatnab ishlaganim sabab o‘zimga tanish insonlardan qarz olganman. Ammo qarz olish davomida ishga joylashtirish yoki yer olib berishni va’da qilmaganman. Va bu ish mening qo‘limdan kelmasligini, vakolatimga kirmasligini siz ham yaxshi bilasiz. Olgan qarzlarimni o‘sha tanishlarimga qaytardim. Ular ham o‘sha paytdagi bosim sabab meni shunday ayblashganini, tuman hokimligiga ustimdan shikoyat qilib borganda menga qarz berishganini aytganini aytishdi. Biroq, ming afsuslar bo‘lsinki, karantindagi to‘y haqidagi xabarim uchun mas’ul tashkilotlar qahriga uchradim. Menga firibgarlik aybini qo‘yishdi. Qo‘llarida hech qanday asos bo‘lmasa-da, 2 yil 6 oyga axloq tuzatish bilan jazolashdi. Salkam olti oy davomida tergov hibsxonasida aybsiz ushlab terishdi. Menga adolat kerak”, — dedi sobiq matbuot kotibi.

    Sobiq matbuot kotibining jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudi hukmidan noroziligini ko‘rib chiqayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi Zafar Jo‘rayevga tayinlangan hukmni qisman o‘zgartirishni lozim deb topdi. Unga ko‘ra, Zafar Jo‘rayevga tayinlangan 2 yil 6 oy axloq tuzatish jazosi uning tergov hibsxonasida saqlangan 6 oylik muddatni o‘tagani uchun jazo o‘talgan deb hisoblanishi belgilandi.

    “Baribir menda sudlangan degan tamg‘a qolyapti. Shuning uchun sud hukmidan noroziligimni bildirib, Oliy sudga shikoyat kiritaman”, — deydi Zafar Jo‘rayev.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 14-aprel kuni Muborakda shifokorlar karantin tartibi amal qilayotganiga qaramay, to‘y o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng bu haqda xabar bergan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Jo‘rayev yolg‘on axborot tarqatishda ayblangandi.

    Zafar Jo‘rayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda IIBdagi so‘roq davomida unga ovqat berishmagani, shu sabab tobi qochganini aytgan, “Bu xabar ortidan bir necha kishi jazolanishini bilgan mutasaddilar barcha aybni menga ag‘darib, suvdan quruq chiqishga urinmoqda”, degandi. Mazkur voqealardan so‘ng Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev ham ishdan olindi.

    Mavzuga doir: “Axborot xizmati rahbarlarining uch-to‘rt nafari faol, qolganlari ham uyg‘onishi kerak”. Zoir Mirzayev tuman va shahar hokimlarining matbuot kotiblarini faollikka chaqirdi

    27.04.2021, 12:08   Izoh (0)   31059
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni rasman 2,8 mingdan oshdi. SSV ularning qanchasi og‘ir ahvolda ekanligini ma’lum qilmadi

    27.04.2021, 11:36

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 565 mingdan oshdi

    27.04.2021, 11:21

    So‘xga sayohat: ochilgan yo‘l quvonchlari, “tizzasi chopilgan”lar qishlog‘i, bog‘ sayridan mahrum bolalar, mashhuri jahon Chashma bulog‘i haqida

    27.04.2021, 11:05

    Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun ishdan olingan Qamashi prokurori o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

    27.04.2021, 10:11

    Navoiyda fuqaroni fohishalikka yollab, uni Qirg‘iziston orqali Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    27.04.2021, 09:25

    O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi

    27.04.2021, 08:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40

    “Bog‘ga tushgan o‘g‘rini qorovul ushlab olib qulog‘idan tortadi-yu, xuddi shunday qochgan-da” — Ulug‘bek Qosimov Denov hokimi o‘rinbosari haqida

    O‘zbekiston | 22 avgust, 20:30

    Hakerlar Eronning o‘nlab neft tankerlari tizimlarini ishdan chiqardi

    Dunyo | 22 avgust, 20:20

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    Dunyo | 22 avgust, 20:08

    Turk seriallarida yoshidagi katta farqqa qaramay tomoshabinlar mehrini qozongan 7 juftlik

    Kino | 22 avgust, 19:55

    Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Aliyev uchrashuvi: transport, energetika va savdo sohasida kelishuvga erishildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:46

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.