• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak”. Abdulla Qodiriyning o‘zbek tiliga doir qarashlari

    Adabiy tilning shakllanishi, baland maqomi, sheva xazinasidagi so‘zlarni iste’molga olib kirishi va esdan chiqqan tub so‘zlarning qayta qo‘llanishida adiblarning benazir badiiy tafakkuri vosita bo‘ladi. Xalq ichidan olingan jonli so‘zlar ularning ijod xumdonida toblanadi, pishadi, qayralib sayqal topadi. Shu zaylda xalqning tuganmas xazinasiga, muomala-munosabatlarida ma’naviy mulkiga aylanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i

    O‘zbek tilining tarixi uzoq. Ammo zamonaviy o‘zbek adabiy tilining shakllanishida jadid adiblari, XX asrning 20-yillari matbuot nashrlari, turli ma’rifiy tashkilotlar aynan milliy til istiqboli bilan bog‘liq vazifalarni o‘z zimmalariga olgan edi. Bu davrda nashr bo‘lgan gazeta va jurnallarning har biri o‘zicha tajribaviy yo‘sinda “adabiy til”ni qo‘llagani ma’lum. Ziyo Said jadidlar matbuoti tarixini yozar ekan, albatta, ularning tili va uslubiga e’tibor berdi; “o‘rta shevada”, “tili o‘zbekcha deyilgan bo‘lsa ham, arabcha, forsiya ko‘p bo‘lishi ustiga o‘sha usulda jumlalar tuzilar edi”, “jurnalning sarfiy-nahviy xatolari ham yo‘q emas edi” kabi mulohazalarni bildirib, “tilidan o‘rnaklar” keltirdi.

    Bu davrdagi o‘zbek adabiy tiliga e’tibor bergan jadid munaqqidi Vadud Mahmud “Cho‘lponning tasviri sof”ligini, Fitratning “o‘ziga maxsus tili” bo‘lib, “o‘zbekchani ikkinchi qatla tirgiz”ganini aytadi. Shu bilan birga davr tilining muhim bir qirrasini ko‘rsatadi: “Bu kunigi til bo‘lsa, u eski islomiy ruhdan ayrilg‘ondan bittobe’ uning istiloh va ta’birlarini, fikr qoliblarini tashlab, oz bo‘lsa ham asriy fikrlar, ba’zi bir qoliblar – so‘zlar olmoqda va shu yo‘l bilan bormoqdalar. Bu yangi tilning bir xususiyati, muhovara (so‘zlashuv-B.K.) tiliga yoqlashmoq tamoyuli borlig‘idir”.

    Fitrat bosh bo‘lgan “Chig‘atoy gurungi” jamiyati a’zolari adabiy til ustida jiddiy qayg‘urib, o‘z qarashlari, taklif va topildiqlarini “Tong” jurnalida yoritib bordi. “Bu jurnal til va imlo masalasiga juda katta ahamiyat berdi va bu yo‘lda yaxshigina ishladi. Ba’zi bir nomerlari tilimizga kirib qolgan arab va forsiy so‘zlariga qarshi jihod bilan maydonga chiqdi” [Said Z. Tanlangan asarlar. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at narshriyoti. 1974, B. 82]. L.Azizzoda xotirasiga ko‘ra “Gurungning [“Chig‘atoy gunrungi” jamiyati nazarda tutiladi – B.K.] haftalik yig‘ilishida har bir a’zoga eski chig‘atoy-o‘zbek so‘zlarini topib kelish yuklanar va buning uchun keksalar, kampirlar, ko‘proq qishloq aholisi bilan suhbatlashish tavsiya qilinar edi”. Jamiyat a’zolari tomonidan o‘sha davrda o‘zbek adabiy tiliga kiritilgan “boshqarma”, “bildirish”, “atama” kabi so‘zlar hozir ham keng ishlatiladi [Qodirov P. Xalq tili va realistik proza. Fan. - T.: 1973. - B. 61]. O‘zbek adabiy tilining taqdiriga befarq bo‘lmagan, asarlari tilini so‘zlashuvi tiliga yaqinlashtira borgan Julqunboy ham o‘sha “gurung”ga a’zo edi.

    Uslubini “o‘rta imlo”ga moslagan “Inqilob” jurnalining 1923–1924- yilgi sonlarida “O‘tkan kunlar” romanidan bir nechta fasl bosildi. Tabiiyki, roman muallifi jurnalning “maqola va she’rlar o‘rta imlo bilan yozilsa va yangicha yozib idorani mashaqqatga solinmasa edi” degan iltimosiga rioya qiladi. Chunki “O‘tkan kunlar” matnida yangidan shakllanib kelayotgan adabiy til bilan birga an’anaviy mumtoz o‘zbek nasrining ayrim unsurlari ham qo‘llangan edi. Shu uyg‘unlik roman tiliga go‘zallik bag‘ishlaydi; yangicha til mutlaqo quruq va sun’iylashib qolishi mumkin bo‘lganidek, butunlay mumtoz nasr tilidan foydalanish ham, ehtimol, ma’rifattalab o‘quvchilar uchun nisbatan og‘irlik qilar edi. Julqunboyning boshlab yozgan asarlari tili bilan “O‘tkan kunlar” romani qiyoslanganda tabiiylik, samimiylik, xalq jonli tiliga yaqinlik yaqqol seziladi. Adibning nasrdagi ilk tajribasi bo‘lgan “Juvonboz”ning tilini Oybek “duoyi salom” tili, jonsiz, bo‘yoqsiz, “quruq” bir til, deb tanqid qiladi; uning “xalq tilidan juda uzoq” ekanini aytadi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmaydi. Adib “Uloqda” hikoyasini e’lon etadi va u “tirik, obrazli bir til” bilan yozilgan edi. Abdulla Qodiriy asardan asarga badiiy tasvir, uslub va poetik til jihatidan ham yuksalib boradi. Oybek “Abdulla Qodiriyning ijod yo‘li” risolasida yozuvchi romanlari tili masalasi o‘rtaga qo‘yilganda: “O‘tkan kunlar” romanida yozuvchi til ustida katta mahorat ko‘rsatadi. Romanning tili, haqiqatan boy, bo‘yoqli, sodda, ifoda kuchi zo‘r, massaga anglashilarli bir tildir. O‘zbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz katta”; “O‘tkan kunlar” yangi o‘zbek adabiy tilining taraqqiyotida katta rol o‘ynaydi”, degan teran fikrlarni yozdi.

    Qodiriyshunoslar adibning badiiy til bobidagi mahoratiga qoyil qolib, tan berdi. Hatto o‘sha 20–30-yillar muhitida turib, “O‘tkan kunlar”ni ayamay tanqid etgan Sotti Husayn ham yozuvchining “o‘zbek adabiy tilining takomilida katta xizmati bor”ligini ta’kidladi: “A.Qodiriy “O‘tkan kunlar” ro‘manini asosan hozirg‘i adabiy til bilan yozg‘an. Adabiy tilimizning yaxshi ishlanmaganidan xalq orasida iste’moldag‘i  so‘zlarni diqqat bilan terib, o‘z o‘rnida ishlatmishdir. Til ustida maxtarliq, taqdir etarlik ish ko‘rsatkan”, S.Husayn Qodiriy ishlatgan so‘zlarni tasniflaydi; romandagi jozibali tasviriy nuqtalarga diqqat qaratadi, xalq jonli tildan, og‘zaki ijod namunalaridan o‘rinli foydalanganiga urg‘u beradi.

    Bunday mulohazalar Abdulla Qodiriyning nomi oqlanayotgan 60-yillar arafasida ham, qatiqni puflab ichayotgan ziyolilar masalaning mafkuraviy tomoniga nihoyatda ehtiyot bo‘lib yondashgani holda,  “har ikki romanning tili boy, sodda va badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi bilan, avtorning mohirligi bilan katta so‘z san’atkorligidan darak berar edi” (S.Abdulla fikri), “mening nazarimda, Abdulla Qodiriy o‘sha paytda o‘z tili va mahorati bilan boshqalardan ajralib turadigan iste’dodli so‘z san’atkori ekanini ko‘rsatgan edi” (M. Muhamedov fikri) kabi qarashlarni bayon qildi.

    Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati
    Abdulla Qodiriyning mashhur ayvoni

    Darhaqiqat, oradan  sal kam bir asr o‘tgan bo‘lsa-da, bugun ham  Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiy til taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos xizmatlari yurak-yurakdan e’tirof etishga, adibning mahorati, go‘zal yozg‘ichi – qalamiga tahsin aytishga majburmiz. Julqunboy ikki asr va ikki turli tuzum chegarasida yashadi. Umri tugab borayotgan “xon zamonlari”, “musulmonobod” bo‘lgan o‘sha zamon odamlari va yangilanayotgan, zamonaviylashayotgan Turkiston ahli hayotini qiyosladi. Shu bois uning asarlari tilida mumtoz nasr bilan yangi o‘zbek adabiy tilining uyg‘unligi aniq kuzatiladi. Eng muhimi, bu poetik til Abdulla Qodiriy asarlariga, xususan, moziydan so‘z ochgan romanlari mohiyatiga juda mos keladi. Sun’iylik sezilmaydi. Lozim o‘rinlarda yuqori tabaqaga mansub obrazlar tili yoki farmonlari matnini ham individuallashtiradi.

    Abdulla Qodiriy asarlari uning benazir poetik tafakkuridan darak beradi. Badiiy tafakkur esa nutq hodisasi  bilan bog‘liq, albatta. Har bir millat adibi o‘z milliy tilida fikr yuritadi, shu milliy tilning lug‘at boyligiga tayanib ijod qiladi. E’tibor berilsa, Abdulla Qodiriyning ayrim qahramonlari, deylik “Mehrobdan chayon”dagi Xudoyorxon obraziga ham aynan tilga e’tibor masalasida milliy tuyg‘ularni singdiradi: “Xudoyor muhr bosish asnosi yozilg‘an yorlig‘ va nomalarni o‘qutib eshitar, munshilarning eshitilmagan arab va fors so‘zlari orqaliq to‘qug‘an yarim turkiy jumlalariga aksar vaqt tushunmas: “Enalaring‘ arapqa tekkanma?” deb mirzo, muftilarni koyir edi.  Ammo Anvarning yozg‘an har bir jumlasini musiqiy kabi rohatlanib, tushunib tinglar va “shu bala barilaring‘dan ham o‘qug‘anraq chiqar!” deb, boshqa mirzolarning yuragiga o‘t yoqar edi”. Xudoyorxonning “turkiy jumlalar”ga alohida qaragani, Anvarning inshosini maqtagani – bu muhim gap. Yana bir zarur gap shuki, adib ayni epizoddagi Xudoyorxon nutqiga xuddi tilshunos kabi roman hoshiyasida shunday bir izohni yozadi: “Xudoyor qipchoqlar ichida o‘skani uchun tili o‘zbekchadir. Enalaring so‘zidagi “ng” harfini “ng‘” ravishida qalin so‘zlaydir. Bu kungi farg‘ona o‘zbeklarida ham (ayniqsa, qishloqilarda) yumshoq “ng” o‘rnida qalin “ng‘” ishlatish ko‘b eshitiladir. Hozirgi isloh qiling‘an harfimizda bu qalin “ng”ning maxsus shakli yo‘qdir. Yozg‘anda (n-g‘) harflaridan bir tovush yasalsa ham, biroq o‘qug‘anda har kim buni o‘z maxrajidan chiqarolmas, yanglish o‘qur. Bu qalin “ng” o‘zbekcha bir necha so‘zdagina ishlatilmay ko‘b (ellilab) so‘zda iste’mol qiling‘ani uchun manimcha alohida bir shakl qabul qilish ehtiyoji his etiladir. Masalan mashhurlari: zang‘, pang‘, lang‘, darang‘, qalang‘i-qasang‘i, dang‘, to‘ng‘uz, shang‘i, to‘ng‘illamoq, to‘ng‘, to‘ng‘uch va ang‘iz, ting‘ boshqalar... Eski “ning” “ng” ravishida isloh qilingan. Bu yo‘g‘on “ng‘” ham “g‘” harfining ustiga uch nuqta qo‘yulib yozilsamikin... (mual.)” [Qodiriy A. O‘tkan kunlar. Mehrobdan chayon. Ro‘monlar. -T.: Adabiyot va san’at. 1994. 429-430]. Yangilanayotgan adabiy til ustida bahslar, turlicha qarashlar aytilayotgan bir muhitda  adibning milliy til taqdiri ustida bunday kuyunishlarini chin ziyoliga xos fazilat sanalishi lozim, albatta.

    “Mehrobdan chayon”ning “Qiziqlar” faslida o‘tmishdagi o‘ziga xos xalq teatr san’atining namunasini tasvirlaydi. Sahnaga olib chiqilgan qiziqchilarning so‘z o‘yinlari vositasida o‘zbek tilidagi so‘zlarning ko‘pma’nolilik jihatlarini namoyish etadi. Bir so‘zning ko‘chma ma’nosidan kulgi paydo bo‘ladi.

    Hech shubhasiz, Abdulla Qodiriyning adabiy merosi o‘zbek adabiy tilining tarixida alohida bosqich sifatida qaralishga munosibdir. Chunki adibning qo‘llagan so‘zlari, xalq ichidan tanlab, topib olgan ta’birlari, xalqona badiiy tasvir vositalari – bularning bari hozirga qadar o‘zbek xalqining fikrini tiniq ifodalashga xizmat qilib keladi.

    Abdulla Qodiriyning ulkan hajmdagi romanlaridan tortib, oddiygina bir nechta qatordan iborat “bildirishnoma”larigacha – barcha barchasida o‘ziga xos poetik nutqning betakror namunalari ko‘rinadi.

    “O‘tkan kunlar”ning “Kumushning so‘z o‘yini” faslida adib Otabek, Kumush va Zaynabni uchburchak holida o‘tirg‘izib tasvirlaydi. O‘sha “din adolatka buyurgan” va “ota-onaning hurmatlari ko‘ndalang” bo‘lgan muhit bayonida adib ikki xotinli Otabekning Zaynabga nisbatan “majburiyati”dan, ko‘ngilsizligi va o‘quvchini zeriktirib qo‘yishidan so‘z ochadi. Kumush bilan munosabatlari tavsifida esa o‘quvchi zerikmaydi, yozuvchiga zavq-shavq bilan ergashadi; “chunki Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to‘g‘risi she’riyat bor edi”.  Romanning bu kabi majzub epizodlarida adib juda noyob tasviriy so‘z va iboralarni topib qo‘llaydi.

    Adib  qahramonlarining tashqi qiyofasi tasviri uchun ham eng esda qolarlik o‘xshatma so‘zlar va so‘z birikmalaridan foydalanadi. Otabek yoki Kumush bibining tashqi ko‘rinishi tasvirida so‘zlarni marjondek ipga tizadi.

    Adibning “nafrati”ga duchor bo‘lgan “Mehrobdan chayon”dagi Abdurahmon domla yoki “O‘tkan kunlar”dagi Jannat opa portretini chizishda ham mahoratini namoyon etadi: “Ul  (Jannat nazarda tutiladi - B.K.) yerdan bichib olg‘andek pak-pakana, burni yuzi bilan barobar deyarlik tep-tekis, ko‘zi qoqqan qoziq o‘rnidek chup-chuqur, og‘zi qulog‘i bilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq yillik og‘riqlarnikidek sap-sariq, qirq besh yoshlar chamasida bir xotin edi. Kumushbibi o‘ziga tomon kelguchi bu dahshatlik xotinni umrida birinchi martaba ko‘rar edi. “Nima qilib yuribti bu och arvoh!” deb o‘yladi. Xotin o‘n adimlab uzoqdan yuziga sovuq va tushda qo‘rqarliq bir kulgi tusi berdi. Dimog‘i bilan “qix” etib qo‘ydi”.

    Yozuvchi bu xotinning qiyofasi tasvirida “pak-pakana, tep-tekis, chup-chuqur, sap-sariq” kabi ma’nosi orttirilgan sifatlarni, shuningdek, “q” tovushi qatnashgan qator so‘zlarni g‘ayrishuuriy ravishda ishlatadi, ehtimol. Ustiga-ustak o‘sha birgina “Dimog‘i bilan “qix” etib” qo‘yishidan ham xotinning ichki vahshoniyati va niyati buzuqligi anglashiladi; obraz tabiatini shu bema’ni va qo‘rqunch sas bilan individuallashtiradi.

    Shunga o‘xshash “Mehrobdan chayon” romanidagi Solih maxdum tabiatining o‘ziga xosligi bayonida u birov bilan so‘zlashganda, “ayniqsa, bir narsadan taajjublanganda siyrak va lekin to‘g‘ri, baquvvat o‘skan soqolini tutamlab o‘ng ko‘zini bir oz qisib” qarashi va o‘z nutqida “habba” deb qo‘yishi ham ko‘pchilik o‘quvchilariga ma’lum gap, albatta. “Domlaning bu “habba”si nima ma’noda qo‘llanilar, o‘zidan boshqa hech kim bilmaganidek, undan bu to‘g‘rida izoh ham so‘ramag‘an edilar. Har holda “habba – habali” yoki “ha, barakalla” bo‘lsa kerak. Chunki ul bir narsadan xursand va rozi bo‘lg‘anda aksar “habba” deb yuboradir”. Har qanday vaziyatda ham shu bitta “habba” so‘zining assosiatsiyasidan o‘quvchi tasavvurida Solih maxdumning  qiyofasi aniq gavdalanadi.

    Badiiy ijodda topilgan va o‘rnida ishlatilgan bitta noyob so‘zning quvvati ham yozuvchi mahoratidan darak beradi.

    Adib yozadi: “Materialni o‘rganish mahalida eng mayda narsalarga (detallarga) ham ahamiyat beraman. Masalan, men haligi o‘rganmoqchi bo‘lgan yerda qancha daraxt borligi, ularning qanchasi eski va qanchasi yangiligi, men borgan mahalda o‘sha daraxtlarda qanday qushlar qaysi holda qo‘nib turganligi va shunga o‘xshash juda mayda narsalargacha. Birinchi qaraganda, u mayda narsalar hech ahamiyatga molik bo‘lmaydigandek ko‘rinsa ham, keyinroq foydasi tegib qolishi juda mumkin” .

    Tasvirning ishonchliligi uchun o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bunday manzaralar yozuvchiga yordam beradi. “O‘tkan kunlar”ni yozishdan avval adib voqealar kechadigan joylarni ko‘radi, turli ko‘chalardan yuradi, qabristonda tunaydi va xon o‘rdalarini sinchiklab o‘rganadi. Masalan, Qo‘qon o‘rdasining qopisini shunday beradi: “Ayniqsa, darbozaning ikki biqinidag‘i “o‘girmagul” tarzi bilan ishlangan guldastalar, darboza ravoqidag‘i ganchdan qabartirilib yasalg‘an bo‘rtma naqshlar, gullar hali o‘zlarining nafosatlarini unchalik yo‘qotmag‘an edilar”. Juda nafis so‘zlar bilan berilgan bunday tasvirlar adibning sinchkovligini anglatadi. Aniq tasavvur qilingan  manzaralar tiniq tasvirlanadi; o‘z o‘rniga tushgan yorqin so‘z yolqini tafakkur puchmoqlarini yoritadi.

    Ba’zan Abdulla Qodiriy o‘z asarlarida mumtoz nasrga xos saj’ san’atidan ham foydalanadi. Deylik, o‘rdalik bir samovarchi devonani so‘zlatib: “...choyxonada sakkiz yigit, o‘rtasida bitta chigit; kakir-kukir etar chilim, katta-kichik unga yelim! Bu na balo, bu na qazo?...” desa, boshqa bir o‘rinda - “Salomnoma”da boylarga qarata: “Maskov borib kelibon, minglab foyda qilibon, haftada gap yeyibon, tomga karnay qo‘yibon; xalq qayg‘usin yemayin, maktab ochay demayin; ellik-oltmish qo‘y bergan, sakkiz kunlab to‘y bergan – Turkiston savdogarlariga salo-o-om!..”, deb yozadi. Bunda savdogarlar xarakteri o‘zaro zidlashib yig‘ilgan so‘zlar  vositasida ochiladi...

    O‘zbek adabiyotshunoslaridan tashqari xorijlik olimlar ham, deylik amerikalik tadqiqotchi Xristofor Maykl Murfi “O‘tkan kunlar”dagi konflikt masalalariga, obrazlar uchun tanlangan ismlar va ularning talqiniga, romanida aks etgan tarixiy voqealarga, xarakter va personajlarga, “Mehrobdan chayon” romani sujeti hamda qahramonlariga e’tibor beradi. Adib romanlarining tilini yangi va, ayni chog‘da, o‘zbek adabiyoti tarixida mavjud hikoya qilish an’analariga yaqin turadi, deydi. Fikr isboti uchun “Mahbubul qulub” va “Boburnoma” qiyoslanadi. Xalqning so‘zlashuv tiliga yaqinligi, ba’zan xalq dostonlari tiliga xos xususiyatlar mavjudligini, bunda adib o‘quvchilar ommasini ko‘proq o‘ylaganini yozadi [The Relationship of Abdulla Qodiriys Historical Nowels to the Earlier Uzbek Literary Traditions. University of Washington].

    Abdulla Qodiriy fikr ifodasining qisqa va aniqligini, kam so‘z bilan ko‘p ma’no berish yo‘sinini qadrlab, yozishda ortiqcha so‘z va jumlalarni qisqartirishdan saboq beradi; yozganini odamning yolg‘iz o‘zigina tushunib, boshqaning anglay olmasligi adibga aslo ma’qul kelmaydi. Shu bois: “So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak, yozg‘uvchining o‘zigina tushunib boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozg‘uvchiliq, aytmakchi bo‘lg‘an fikrni hammaga barobar onglata bilishda, orag‘a onglashilmovchiliq solmasliqdadir”, deb ta’kidlaydi. Asar mantidagi har bir so‘zga diqqat berib, undan “biron so‘zni chiqarib tashlash yoki biron so‘zni qo‘shish”  masalasini ham muhokama qiladi. Ijod ahlining o‘z ona tili va qo‘shni millatlar tilini bilish xususida: “Yozuvchi o‘z xalqining tilini, folklorini kamol o‘rganishi shart va bir necha tillarni, ayniqsa, yaqin qo‘shni tillarni bilishi fazilat. Shundagina tili boyiydi, asari jonlanadi”, deb yozadi...

    Xulosa qilib aytganda, o‘zbeklar turmushini, tarixini, tilini, urf-odatlarini yaxshi bilgan Abdulla Qodiriy ulardan o‘z asarlarida juda unumli va o‘rinli foydalandi. Adibdan qolgan muhtasham adabiy merosda o‘zbek adabiy tilining go‘zalligi, nafosati, tasvir va  ifoda imkoniyatlari aynan amaliyotda o‘z aksini topdi. Shu bilan birga  Abdulla Qodiriy ba’zan filolog olimlarga xos qimmatli adabiy-nazariy qarashlari bilan ham o‘zbek adabiy tilining takomiliga xizmat qildi. Bu benazir adabiy-ilmiy xizmatlarni  o‘zbek olimlari bilan birga xorijlik mutaxassislar ham e’tirof etdi.

    Bahodir Karim,Filologiya fanlari doktori, professor

    10.04.2021, 15:10   Izoh (0)   71029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “havo sharlari” sotuvchilari o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida bir kishi pichoqlandi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan

    10.04.2021, 14:59

    Saida Mirziyoyeva termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasiga munosabat bildirdi

    10.04.2021, 14:22

    Toshkentda metro poyezdi yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yib ochiq eshik bilan harakatlandi. Metropoliten holat bo‘yicha xizmat tekshiruvini boshladi

    10.04.2021, 13:12

    Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosarining o‘g‘liga ikki baho qo‘ygan ingliz tili o‘qituvchisi kaltaklandi

    10.04.2021, 12:38

    “Chiptalar oldindan sotib olingani to‘g‘risidagi xabarlar asossiz”. Transport vazirligi Rossiyaga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar sotuvda qolmagani...

    10.04.2021, 12:13

    IIV Termizda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs ishini “tinchitib” yuborgan IIB faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda

    10.04.2021, 11:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchalarni qutqarib, halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovning oila aʼzolariga “Jasorat” medali topshirildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 18:35

    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda

    Reklama | 3 iyun, 18:00

    Murodjon Azimov Paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga uy sovg‘a qilgandi. Tadbirkor uy pulini ololmay sarson

    O‘zbekiston | 3 iyun, 18:21

    Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari Yevropa rahbarlarini Netanyaxuga qarshi chiqishga undamoqda

    Dunyo | 3 iyun, 18:16

    “Real” “PSJ” futbolchisini sotib olishni rejalashtirdi

    Sport | 3 iyun, 18:11

    Vatanini ilk marta “Dunyo go‘zali” tanlovida jahonga tanitgan sohibjamollar

    Layfstayl | 3 iyun, 17:59

    O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi (video)

    O‘zbekiston | 3 iyun, 17:49

    Suvda cho‘kishning oldini olish: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

    O‘zbekiston | 3 iyun, 17:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.