• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Forbes’ning dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatidan olti nafar qozog‘istonlik o‘rin egalladi

    Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari yillik reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga birinchi marta “Kaspi.kz” (Qozog‘istondagi onlayn to‘lovlar platformasi) asoschilari Vyacheslav Kim va Mixail Lomtadze, shuningdek, Freedom Finance (Rossiya investitsiya kompaniyasi) vakili Timur Turlov kiritildi, deb xabar berdi Tengrinews.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Ro‘yxatdan olti nafar qozog‘istonlik milliarder o‘rin oldi. Bu haqda Amerikaning Forbes moliyaviy jurnali va nashr tomonidan yuritiladigan Forbes Real-Time reytingi ma’lumot berdi.

    Vladimir Kim

    Tadbirkor, KAZ Minerals va “Kazaxmis Xolding” kompaniyalarining prezidenti va yirik aksiyadori Vladimir Kim qozog‘istonlik milliarderlar orasida birinchi o‘rinni band qildi. Uning boyligi 4,6 milliard dollarga baholandi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 900 million dollarga ko‘proq. Shunday qilib, u xalqaro ro‘yxatda 622-o‘rinni egalladi.

    Tadbirkor 1982-yilda Olmaota arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Sobiq sovet davrida Olmaota tuman partiya qo‘mitasining instruktori, keyinchalik tuman ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan so‘ng Germaniya, Shveysariya, Janubiy Koreya davlatlarida malaka oshirgan. Texnika fanlari nomzodi. 1998-yili AQShda biznes va ma’muriy boshqaruv yo‘nalishida falsafa doktori darajasini olgan.

    Foto: Kazakhmys

    Foto: Kazakhmys
    Bulat Utemuratov

    Qozog‘iston Tennis federatsiyasining prezidenti, ITF (International Tennis Federation — Xalqaro tennis federatsiyasi) vitse-prezidenti va direktorlar kengashi a’zosi Bulat Utemuratov 3,4 milliard dollar kapital bilan qozog‘istonlik milliarderlar orasida ikkinchi va jahon reytingida 891-o‘rinni egalladi. Uning boyligi o‘tgan yildan buyon 700 million dollarga ko‘paydi.

    Bulat Utemuratov ForteBank AJning 87,27 foiz ulushiga egalik qiladi. Qozog‘iston Milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, ForteBank mamlakatning 26 ta banki orasida aktivlarining yirikligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.

    Foto: Kazakhmys

    Foto: Kazakhmys

    Vyacheslav Kim

    “Kaspi.kz”ning asoschilaridan biri, aksiyadori va direktorlar kengashi raisi, iqtisodchi Vyacheslav Kim 3,3 milliard dollar boyligi bilan qozog‘istonlik milliarderlar orasida uchinchi o‘rinni band qildi. Shuningdek, xalqaro reytingda 925-o‘rinni egallab, birinchi marta milliarderlar ro‘yxatiga kirdi.

    Vyacheslav Kim mobil dastur ko‘rinishidagi Payments, Marketplace va Fintech platformalarini boshqaruvchi “Kaspi.kz” AJning direktorlar kengashi raisi hisoblanadi va uning 25 foiz ulushiga egalik qiladi (IPO chiqarilguncha 36,69 foiz edi). Shuningdek, bu guruhning tarkibiga Kaspi Bank ham kiradi.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Mixail Lomtadze

    Texnologiyalar sohasidagi tadbirkor, “Kaspi.kz”ning asoschilaridan biri, aksiyadori va boshqaruv raisi Mixail Lomatdze 3,2 milliard dollar bilan qozog‘istonlik milliarderlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

    Lomtadze Gruziya fuqarosi, lekin uning kapitali Qozog‘istonda bo‘lgani uchun jahon reytingida qozog‘istonlik tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritildi. U 2007-yildan buyon Qozog‘istonda yashaydi va “Kaspi.kz”ning 23 foiz oddiy aksiyalariga egalik qiladi. Avvalroq u Qozog‘istondagi eng yaxshi rahbar sifatida e’tirof etilgan edi.

    Foto: Kazakhmys

    Foto: Kazakhmys

    Timur va Dinara Kulibayevalar

    Qozog‘istonlik milliarderlar orasida beshinchi va xalqaro ro‘yxatda 1111-o‘rinni band qilgan Timur va Dinara Kulibayevalarning kapitali har ikkisida ham 2,8 milliard dollarga baholandi. Dinara Kulibayeva va uning turmush o‘rtog‘i “Xalq Banki” AJga tegishli oddiy aksiyalarning 64,5 foiziga egalik qiladi.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Timur Turlov

    Tadbirkor 2,2 milliard dollar kapital bilan birinchi marta Forbes reytingiga kiritildi va qozog‘istonliklar orasida oltinchi, jahon reytingida 1517-pog‘onani egalladi. Timur Turlov Rossiya fuqarosi, lekin oilasi bilan Olmaotada yashaydi. U 14 yildan ortiq vaqt mobaynida xalqaro investitsiyalar sohasida faoliyat yuritib keladi va AQSh fond birjalari bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Uning faoliyati aktivlar majmuasini boshqarish va cheklangan tavakkalchilik bilan samarali strategiyalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan, dolzarb investitsion g‘oyalar bo‘yicha mualliflik seminarlari o‘tkazadi. Freedom Finance kompaniyasiga asos solishidan avval u “Yutreyd”, “Nettreyder” kompaniyalarida xalqaro bozorlar bo‘limini boshqargan.

    Foto: Kazakhmys

    Foto: Kazakhmys

    Ma’lumot uchun, Forbes reytingida Amazon asoschisi Jeff Bezos hamda SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask yetakchilik qilmoqda.

    08.04.2021, 07:31   Izoh (0)   29416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreya rahbari mamlakatdagi vaziyatni “eng yomon” deb atadi

    08.04.2021, 07:07

    JSST hozircha “vaksina pasportlari”ni joriy etishni tavsiya qilmaydi

    08.04.2021, 06:06

    Markaziy Osiyoda maishiy zo‘ravonlik avj oldi, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi tengsizlik kuchaydi, inson huquqlari buzilishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Koro...

    07.04.2021, 23:34

    AQSh Pekinda o‘tkaziladigan 2022-yilgi qishki Olimpiadani boykot qilishi mumkin

    07.04.2021, 23:22

    Ever Given kemasining Suvaysh kanaliga tiqilib qolishining ehtimoliy sababi ma’lum qilindi

    07.04.2021, 22:33

    Janubiy Koreyada AstraZeneca vaksinasi bilan 60 yoshgacha bo‘lganlarni emlash to‘xtatildi

    07.04.2021, 22:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.