• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida ishtirok etdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart, chorshanba kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev raislik qilgan tadbirda Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi, Turkiy kengashning faxriy raisi Nursulton Nazarboyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreyev qatnashdi.

    Tadbirda tashkilot doirasida iqtisodiyot, savdo, transport sohalaridagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni hamda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda barcha turkiy xalqlarning ma’naviy yuksalishiga katta hissa qo‘shgan buyuk shoir va mutafakkir Xoja Ahmad Yassaviy merosiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbari diniy-axloqiy qarashlari bilan mintaqada ulkan e’tibor qozongan hazrat Yassaviyga Sohibqiron Amir Temur ixlos qo‘ygani hamda uning xotirasiga atab Turkiston shahrida muhtasham maqbara bunyod etganini qayd etdi.

    Bugungi kunda Ahmad Yassaviy maqbarasi barcha qardosh xalqlar uchun tabarruk qadamjo hisoblanadi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mustahkam tarixiy rishtalar, mushtarak til, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar asosida shakllangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmiga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari koronavirus pandemiya ta’sirida davom etayotgan global inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yo‘lida kengashning yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, savdo, investitsiya, sanoat, transport aloqalarini tez fursatda tiklash va yangi sharoitlarda rivojlantirish, elektron tijorat hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ishbilarmon doiralar va hududlararo hamkorlik imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalanish zarurligiga e’tibor qaratdi.

    Turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi, Turkiy kengash doirasida Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish va ishga tushirish bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kilandi.

    O‘zbekiston Prezidenti mintaqaning ulkan strategik ahamiyatga ega transport va tranzit salohiyatidan yanada unumli foydalanishga, Osiyodagi global bozorlarga chiqish imkoniyatini kengaytirish maqsadida Markaziy Osiyo hududida transport yo‘laklarini, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya orqali Yevropa bozorlariga eltuvchi yo‘nalishlarni rivojlantirish, logistika infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirishga chaqirdi.

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashga a’zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish, shu maqsadda Ziyorat turizmini rivojlantirish dasturini qabul qilish tashabbusini bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning turkiy dunyo ma’naviy-ma’rifiy hayotiga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, davlat rahbari fan, ta’lim, adabiyot, san’at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish maqsadida Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilishni taklif etdi.

    O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari sammit ishtirokchilari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

    Oliy darajadagi uchrashuv yakunida Turkiston deklaratsiyasi qabul qilinib, unda norasmiy sammitda erishilgan asosiy kelishuvlar aks etdi.

    Turkiy kengashning sakkizinchi sammitini 2021-yilning kuzida Turkiyada o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiyani Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olish marosimi — suratlarda
    • “Yaxshi qiz bo‘l, dedilar” — Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng oilasiga qaytgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi
    • Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripovni qabul qildi

    31.03.2021, 22:08   Izoh (0)   11331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinatsiya jarayonlari o‘tkaziladigan manzillar jadvalini e’lon qildi

    31.03.2021, 21:34

    O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln doza “Sputnik V” vaksinasini sotib olishi kutilmoqda

    31.03.2021, 21:10

    “Tuman hokimlarining oyligi 5-6 mln atrofida” — Sergeli hokimi Elbek Shukurov

    31.03.2021, 20:25

    Toshkentdagi Amir Temur maydonida LGBT vakillari deb o‘ylab, bir erkak va bir ayolni kaltaklagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

    31.03.2021, 20:11

    AOKA LGBT mojarolari hamda shu bilan bog‘liq voqealar yuzasidan bloger va ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat qildi

    31.03.2021, 19:59

    Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablarda ta’lim 1-apreldan an’anaviy tarzda davom etadi

    31.03.2021, 19:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.