Pirogning nafaqat ko‘rinishi, balki mazasi ham o‘zgacha.
Kerakli mahsulotlar:
- sariyog‘ − 150 gramm;
- jigarrang shakar − 50 gramm;
- konservalangan ananas;
- un − 100 gramm;
- shakar upasi − 100 gramm;
- qabartma (razrixlitel) − 1 choy qoshiq;
- tuxum − 2 dona;
- vanil − 1 choy qoshiq;
- ananas siropi − 2 osh qoshiq;
- konservalangan gilos.
- 50 gramm sariyog‘ va shakar krem holiga kelguncha aralashtiriladi.
- Qolipning to‘rtdan bir qismiga suriladi. So‘ngra ananas halqalari va uning o‘rtasiga gilos donachalari teriladi.
- Alohida idishda sariyog‘, un, shakar upasi, qabartma, tuxum, vanil va ananas siropi yaxshilab aralashtiriladi.
- Tayyor bo‘lgan massa ananas ustidan bir tekisda quyiladi.
- Pirog 180 darajada taxminan 35 daqiqa davomida pishiriladi.
- Tayyor bo‘lgan pirog 5-10 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra ananaslar yuzada bo‘lishi uchun qolipni to‘nkarib, pirog ajratib olinadi.
Izoh (0)