Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxatini tasdiqladi.

Foto: O‘zA

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalari bilan to‘liq quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimi nostrifikatsiya uchun 6,5 ming dollar pora olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.