20-martdan O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari belgilandi. Hujjat Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 16-martdagi qarori bilan tasdiqlangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

1 litr mahsulotning yangi minimal narxlari (ulgurji-sotish va chakana narxlari):

  • vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 11 200 / 13 200 so‘m (oldin 9400 / 11 200 so‘m edi);
  • konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 41 000 va 49 400 so‘m (oldin 33 000 va 39 000 so‘m edi);
  • aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 28 600 / 34 400 so‘m (oldin 24 000 / 28 500 so‘m edi).

Minimal narxlarning o‘sishi pivo ichimligiga ta‘sir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar mamlakatda alkogol mahsulotlarining minimal narxi 2020-yil oktabrda oshgan edi.