• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Elchilik qilgan ulamolar. Din ulamolarining o‘zbek xonliklari diplomatiyasidagi ishtiroki tarixidan

    Islom dini ulamolari, tasavvuf vakillari azaldan davlat va jamiyatning diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelganlar. Musulmon mamlakatlari ta’lim tizimi, diniy-mafkura ishlaridan tashqari davlat boshqaruvi va hatto, tashqi diplomatik munosabatlarida ham ular katta o‘rin tutgan. Hukmdorlar ulardan din ishlaridan tashqari, davlat boshqaruvi masalalarida ham tayanch sifatida foydalanganlar. Ayniqsa, Markaziy Osiyo xonliklari hukmdorlari yirik tasavvuf vakillari, Islom dini peshvolaridan mumkin qadar davlatning yaxlitligini saqlash, o‘zaro ichki nizolarga barham berish va boshqa musulmon mamlakatlari bilan olib boriladigan diplomatik aloqalarda muhim “dastak” sifatida foydalanganlar. “Daryo” kolumnisti Ikromov Ismoiljon din ulamolarining xonliklar davrida tutgan o‘rni haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Avvalo, so‘nggi temuriy hukmdorlar hududida yangi davlat barpo etayotgan shayboniylarga katta nufuzga ega mahalliy din ulamolari, tariqat ilmi yirik vakillarining qo‘llab-quvvatlashi juda ham muhim omil sanalgan. Shuning uchun ham ularga hukmdor tomonidan katta imtiyoz va mol-mulklar berilib, o‘zlarining mintaqadagi tayanchiga aylantirish uchun harakat qilingan. Shayboniy hukmdorlar davlat boshqaruvida yirik din vakillari bilan o‘zaro hamsuhbatlik, maslahat yuritgan hollari ham uchrab turadi. Xususan, manbalarda Muhammad Shayboniyxon va uning ukasi Mahmud Sultonlar Shayx Mansur va Jo‘yboriy xojalardan Mavlono Umarga ixlosi baland bo‘lib, ular bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Yana bir yirik shayboniy hukmdor Ubaydullaxonga Mir Arab nomi bilan mashhur Shamsiddin Abdulloh al-Arabiy al-Yamaniy xonning eng yaqin maslahatchisi va ma’naviy ustoziga aylanadi. XVI asr o‘rtalaridan din ulamolarining (ayniqsa Jo‘yboriy Xoja Islomning) mamlakatdagi ta’siri yana ham oshib ketadi. Movarounnahr  viloyatlarini  udel  tariqasida boshqarayotgan  shayboniyzodalar  o‘rtasidagi  nizolar  kundan-kunga  avj olayotgan  edi. Mavjud  vaziyat sultonlarni shariat qonunlari va din ahkomlari vositasida murosaga keltirish, ularga ma’naviy ta’sir qilish, yo‘l-yo‘riq  ko‘rsatishni  taqozo  etardi. Agar Xoja Ahror o‘z davrida temuriyzodalarni murosaga keltirishni o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, XVI asr o‘rtalarida bu vazifa Xoja  Islom zimmasiga tushdi. 1556-yil uning qo‘llab-quvvatlashi va ma’naviy ko‘magi bilan yosh Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon II markazlashgan davlat tuzishda Xoja Islom va boshqa yirik din vakillaridan o‘zaro taxt talashayotgan shayboniyzodalarni murosaga keltirish, jipslashtirish yo‘lida diplomatik “qurol” sifatida ham foydalanadi. Xususan, 1569-yil karmanalik Hazrat Qosim Shayx Azizonning elchiligi, ikki o‘rtada vositachiligi tufayli Abdullaxon bilan Turkiston va Samarqand hukmdorlari (Bobo Sulton va Sayyid Sulton) o‘rtasida yarash bitimi tuzilib, o‘zaro kelishuvga erishiladi. Shuningdek, Abdullaxon II Xoja Islomning bevosita ko‘magi bilan bir necha yillardan buyon bo‘ysunmay kelayotgan Chorjo‘yni ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ladi. Dastlab Sayyid Xoja Haydar, keyinchalik Poyanda Muhammad sultonlar yosh hukmdorga bo‘ysunmay, shaharni mustaqil boshqarar edilar. Shahar qal’asini bir necha bor qamal qilishlar ish bermaydi. Shunda Xoja Islomning o‘zi Abdullaxonga yordam beradi. Shahar hukmdori Poyanda Muhammad sultonga maktub yuborib, Chorjo‘yni Abdullaxonga topshirishni talab qiladi. Poyanda Muhammad sulton Xoja Islomning sodiq muxlislaridan bo‘lganligi tufayli noiloj bo‘ysunib, Chorjo‘yning jang va talafotsiz Buxoroga tobeligi ta’minlanadi.

    Buxoro hukmdorlari Jo‘yboriy xojalarning nufuzidan nafaqat ichki siyosatda, balki tashqi diplomatik aloqalarda ham faol foydalanib kelishgan. Xususan, ashtarxoniy Imomqulixon (1611-1642) Xoja Islomning nevarasi Abdurahim xojadan Hindistondagi Boburiylar saltanatida o‘z mavqeyini oshirish, mamlakat ichki ishlariga ta’sir o‘tkazish maqsadida ham foydalanishga harakat qiladi. Ushbu davrda Boburiy Jahongir (1605-1627) va o‘g‘li Shohjahon (1927-1658) o‘rtasida boshlangan nizolar Imomqulixonning o‘z maqsadiga yetishishi uchun qulay fursat edi. Shuning uchun ham tez fursatda Abdurahim Xoja boshchiligida Hindistonga elchilik missiyasini yuboradi. Elchilar Hindistonda o‘z mavqeyiga yarasha tantanali ravishda kutib olinib, ularga taxt yaqinidan maxsus joy ajratiladi. Qabul marosimida qimmatbaho sovg‘alar bilan bir qatorda shaxsan Shohjahonning o‘zi tomonidan 50 ming rupiya, malika Nurjahonbegimdan esa 10 ming rupiya hadya ulashiladi. Garchi, Abdurahim Xoja o‘ziga yuklatilgan vazifalarni to‘laligicha tugatolmagan bo‘lsa-da (Abdurahim Xoja 1628 Kashmirda vafot etadi), Buxoro xonligi va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarning muayyan muddatda barqarorlashuviga sabab bo‘ladi.

    Hukmdorlarning tashqi siyosiy faoliyatda nufuzli din ulamolaridan foydalanishlari Qo‘qon xonligi tarixida ham ko‘p bora kuzatiladi. XIX asr boshlarida xonlikning tashqi siyosatiga e’tibor bersak, avvalo, mintaqada ustun mavqega erishish, xalqaro ahvolini yaxshilash masalalari asosiy o‘rinda turgan bo‘lsa, keyinchalik Sharqiy Turkiston masalasida Xitoy, qozoq dashtlarida Rossiya va Xo‘jand, O‘ratepa singari hududlar uchun Buxoro bilan azaliy raqobat asosiy o‘ringa chiqadi. Bunday murakkab jarayonlarda Qo‘qon hukmdorlari Rossiya bilan muvozanatlarni barqaror holatda olib borish, Usmonli turk va Hindiston bilan mamlakatning harbiy-siyosiy qudratini oshirish maqsadlarini ko‘zlab siyosat yurgizganlar. Ushbu aloqalarda diniy ulamo vakillari Qo‘qon xonlariga o‘z maqsadlarini amalga oshirishlarida har tomonlama yordam berganlar. Ulardan biri Hoji Mir Qurbondir. Umarxon tarafidan 1820-yilda Usmoniylar davlatiga yuborilgan dastlabki elchilik boshchisi sifatida uning nomi tilga olinadi. Qo‘qon xonligi tarixiga oid mahalliy manbalarda elchilik haqida qisqa to‘xtalib, elchi haqida to‘liq ma’lumot berilmaydi. Ammo, Turkiyadagi Boshboqonlik davlat arxivlari va bir necha boshqa manbalarni o‘rganish Hoji Mir Qurbon faoliyati va elchilikdan ko‘zlangan boshqa maqsadlar haqida birqancha ma’lumotlar beradi. Hoji Mir Qurbonning diniy soha vakili ekanligi bir necha hujjatlarda qayd etib o‘tiladi. Bu yerda uning ismiga “hoji” nisbatining qo‘shib aytilishi o‘z-o‘zidan tushunarli holat. Ammo uning aynan qanday mansabda faoliyat yuritganligi boshqa bir maktubdan ma’lum bo‘ladi. Muhammad Alixonning 1831-yilda Peterburgga yuborgan xatida ushbu maktubni olib boruvchi Hoji Mir Qurbon sudur Muhammad Qosim o‘g‘li nomi qayd etib o‘tiladi. Bu yerda Mir Qurbon nomi bilan yonma-yon keladigan sudur diniy unvonini uning vaqf mulklarining daromadlari va hisob kitobiga javobgar shaxs ekanligidan dalolat berib turibdi

    Hoji Mir Qurbonning elchilik faoliyatini Muhammad Alixon davrida Rossiyaga jo‘natilgan elchiliklari misolida ham bilishimiz mumkin. Xususan, 1828 va 1831-yillar davomidagi missiyasida Hoji Mir Qurbon o‘z “xarakter”ini ko‘rsata oladi.

    Ushbu davrda Qo‘qon xonligining Rossiya bilan aloqalarida munosabatlarning sovuqlashish holati qayd etiladi. Chunonchi, Ma’dalixon 1828-yilda Mir Qurbon va Tursunxo‘ja elchiligi orqali qozoqlarning Qarqarali, Kent, Ku, Qizilrey joylarida ruslar tomonidan qal’alar qurilishiga izoh so‘ragan bo‘lsa, ikkinchi elchilik Qo‘qon-Xitoy munosabatlari bilan bog‘liq edi. Ma’lumki, bu davrda xonlikning Sin imperiyasi bilan aloqalari Sharqiy Turkiston tufayli keskinlashib ketadi. Ma’dalixon Xitoy bilan bo‘layotgan raqobatda Rossiya yordamiga tayanishni rejalashtirgan edi. Ammo ushbu davrda Xitoy bilan do‘stona aloqalarini yomonlashishini xohlamagan rus hukumati elchilarni Tobolsk shahrida ushlab qoladilar. Poytaxtda vabo kasali tarqalganligi va uning xonlik elchilariga ham yuqishini bahonasi bilan ularni shu yerning o‘zidayoq qaytarishga harakat qiladilar. Hoji Mir Qurbon esa bu gaplarni qabul qilmaydi. Xon tomonidan imperatorga sovg‘a tariqasida olib ketilayotgan ikkita fil va xatni rus ma’murlariga topshirishdan bosh tortadi. U poytaxtdagi vabo kasalini tugashini Tobolskda ikki yil bo‘lsa ham kutishini, asosiysi xon tomonidan unga yuklatilgan vazifalarni bajarishi shart ekanligini ta’kidlaydi. Ammo, Mir Qurbonning bu qat’iyati ham hukumatning Qo‘qonga nisbatan pozitsiyasiga ta’sir eta olmaydi.

    Qo‘qondan Turkiyaga yuborilgan islom diniy ulamolari vakillaridan yana biri Hoji Muhammad Zohid xo‘jadir. Tadqiqotchi Sh.Mahmudovning ta’kidlashicha, Turkiya arxividagi Xatti Humoyun fondida 657/ 32100 D raqami ostida ushbu elchilikka oid hujjat ham saqlanadi. Unda Jo‘yboriy shayxlari vakili bo‘lmish Muhammad Zohid xo‘janing sultonga olib borgan hadyalari ro‘yxati ham keltirilgan bo‘lib, ro‘yxatda 1 dona Mus’hafi sharif, 8 shol, 7 to‘p shoyi, 5 to‘p Xitoyda ishlangan qora silon mato, 7 ta ot kabilar qayd etiladi. Ushbu elchilikdan maqsad ham asosan Qo‘qon xonligining harbiy-siyosiy ahvoli xususida edi. Shuningdek, turk sultoni Muhammad Zohid xo‘jadan xonlikning qaysi davlatlar bilan do‘stona aloqalar olib borishligi haqida ham ma’lumotlar so‘ragan. Hujjatlarda qayd etilishicha sulton Muhammad Zohid xo‘jaga Qo‘qonning Hindiston bilan va u orqali Britaniya bilan munosabatlarini mustahkamlashni ham taklif etgan.

    XIX asr birinchi yarmida Rossiya bilan olib borilgan munosabatlarning asosini dastlab faol savdo aloqalarini o‘rnatish, karvon qatnovlarining muntazamligini ta’minlash ularning xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalar turgan bo‘lsa, keyinchalik chegara masalasi, har ikki tarafning ham qozoq yerlariga o‘z ta’sirini o‘tkazish, rus hukumatining xonlik chegaralarida harbiy istehkomlar qurishga kirishishi kabi masalalar asosiy voqelikka aylanadi. Qo‘qon xonlari bu jarayonlarda diplomatik yo‘l bilan munosabatlarni barqarorlashtirishga harakat qilgan bo‘lsalar, Rossiya tomonidan mensimaslik, Markaziy Osiyo xonliklariga past nazar bilan qarash, keyinchalik bosim o‘tkazish hollari namoyon bo‘la boshlaydi. Ayniqsa, Qo‘qon-Xitoy munosabatlari keskinlashgan XIX asrning 30-yillarida xonlik uchun Rossiya bilan aloqalar har qachongidan muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yuqorida ko‘rib o‘tilganidek Rossiya Xitoy bilan o‘rnatilgan do‘stlik aloqalarini yo‘qotmaslik uchun ham Qo‘qon elchilariga bir necha bor sovuq munosabatda bo‘ladi (1828, 1831-yillar). Qolaversa, qozoq yerlarida rus qal’alarining qurilishi vaziyatni yana-da keskinlashtirib yuboradi. Ana shunday vaziyatda Ma’dalixon tarafidan munosabatlarni barqarorlashtirish uchun 1841-yilda Muhammad Xalil Sohibzoda boshchiligidagi elchilik missiyasi jo‘natiladi.

    Qo‘qon xonligining diplomatik aloqalarida naqshbandiya-mujaddidiya oqimining boshchisi bo‘lgan Imom Rabboniy Ahmad al-Sirhindiy avlodlaridan Muhammad Xalil Sohibzodaning ushbu faoliyati alohida o‘rin tutadi. Qo‘qon xonligi tarixiga doir manbalarda Sohibzoda Hazrat, Hazrati Sohib, Hazrati eshon Sohibzoda, Miyon Xalil Sohibzoda kabi nomlar bilan qayd etiladi. Ammo arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha bu zotning to‘liq ismi Muhammad Xalil Sohibzoda bo‘lib ko‘proq aholi Miyon Xalil Sohibzoda yoki bu kishini avlodlarini Miyonlar deb atashgan.  Xon tarafidan aynan Xalil Sohibzodaning tanlanishiga to‘xtalsak shuni ta’kidlash lozimki, uning Qo‘qonga kelishiga qadar ham boshqa nufuzli diniy ulamolar va tasavvuf yetakchilari ham mavjud bo‘lib, Xoja Ahror va Mahdumi A’zam avlodlari xonlik boshqaruvi tizimida faoliyat yuritganlar. Sh.Mahmudovning fikricha, Qo‘qon xonlari Mahdumi A’zam sulolasiga mansub bo‘lgan Ortiqxo‘ja nabiralari orqali Sharqiy Turkistonda Xitoy bilan o‘zaro munosabatlarda bo‘lganlar. Aynan Qo‘qon-Xitoy munosabatlariga ta’sir o‘tkazmaslik uchun ham ularning Sharqiy Turkistondagi faoliyatlari bilan cheklanganlar. Muhammad Alixonning bu zotga ixlosi baland bo‘lgan. Qolaversa, bu davrda nafaqat Qo‘qon xonligida, balki O‘rta Osiyo xonliklari hamda Rossiya imperiyasi hududida yashagan aholining musulmon qatlami va Usmonli turk davlatida ham naqshbandiya-mujaddidiya yetakchisi Imom Rabboniy Ahmad Sirhindiy yaxshi ma’lum bo‘lgan. Qo‘qon elchilarining Peterburgdagi qabuli fikrlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Manbalarda qayd etilishicha Eron, Xiva va boshqa davlatlardan kelgan elchilarga nisbatan Qo‘qon elchilariga alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Shuningdek, Muhammad Xalil Sohibzoda Peterburgda e’tiborga loyiq bo‘lgan joylar bilan tanishtiriladi. Xususan, texnologiya instituti, zarbxona, kutubxona, botanika bog‘i, chinni va oyna zavodi, Osiyo muzeyi va boshqa joylar. Albatta bu Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi bilan bo‘lgan diplomatik aloqalarida bunga qadar ham, bundan keyingi elchiliklarda ham bu kabi munosabat bo‘lmagan. Elchilikdan ko‘zlangan maqsad esa o‘zaro savdo aloqalarini qayta faollashtirish, Makkaga ibodat uchun borayotgan xonlik fuqarolariga Rossiya orqali o‘tishga ruxsat olish, Sibir yo‘li bo‘ylab harakatlanuvchi savdogarlarga homiylik qilish va hatto Qo‘qonga kon muhandisligi bo‘yicha mutaxassislarni yuborish kabilar qayd etiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, elchilarning barcha iltimoslariga Rossiya hukumati tomonidan ijobiy javob qaytariladi. Ammo bu elchilik davomida erishilgan natijalarning amalga oshishiga Buxoro amiri Nasrulloxonning 1842-yilgi yurishi to‘sqinlik qiladi. Qo‘qondagi isyonlar, o‘zaro kurashlar elchilarning uzoq vaqt davomida Semipalatinsk shahrida qolib ketishi, eng muhimi missiya davomida erishilgan yutuqlarning besamar ketishiga olib keladi.

    Umuman olganda, O‘rta Osiyo xonliklari tomonidan yaqin va uzoq musulmon davlatlari, bundan tashqari Rossiya imperiyasi bilan olib borgan aloqalarida din ulamolari, musulmonlar orasida nufuzi baland bo‘lgan tasavvuf vakillari xizmatidan foydalanish tez-tez uchrab turadi. Ayniqsa, mamlakatlar o‘rtasida eng muhim masalalarni hal etish, ilk bora diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish (Qo‘qon-Turkiya) kabi masalalarda ularga hukmdorlarning eng ishonchli vakili sifatida katta vazifalar ishonib topshirilgan. Bundan tashqari, mamlakat ichkarisidagi masalalarda ham ko‘p bora hukmdorlarning siyosiy tayanchi ham hisoblangan. O‘zaro taxt uchun kurashlar, siyosiy beqaror vaziyatlarda ularga har tomonlama ko‘makchi bo‘lganlar.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    22.03.2021, 13:32   Izoh (0)   38957
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 23-mart kuni havo harorati 23 darajagacha iliq bo‘ladi

    22.03.2021, 13:08

    “Aholiga xavotirlanishga o‘rin yo‘q, deya olmaymiz” — Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

    22.03.2021, 12:44

    Shavkat Mirziyoyev 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    22.03.2021, 12:33

    Urganchda IIB yarimyalang‘och holda sumalak pishirgan ayol-qizlarga bog‘liq holatni o‘rganishni boshladi

    22.03.2021, 12:17

    Chirchiqlik 7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi surati topshirildi

    22.03.2021, 12:02

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 107 kishida koronavirus aniqlandi

    22.03.2021, 11:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.