Sarxil sitrus mevaning yengil ifori, krem-pishloqning nozik ta’mi, pechenyening mayin qirsillashi — mazkur shirinlikda uyg‘unlashadi.
Kerakli mahsulotlar:
- shirin kreker yoki pechenye — 100 g;
- limon — 1 ta;
- krem-pishloq — 360 g;
- shakar kukuni — 130 g;
- qaymoq — 120 ml;
- tuz— bir chimdim.
- limon — 3-4 bo‘lak;
- yalpiz yaprog‘i — 1-2 dona.
- Krekerlarni maydalab, 2 osh qoshig‘ini olib qo‘ying. Qolganini stakanga soling.
- Limon sharbatini siqib oling. Krem-pishloqni mikser yordamida ko‘pirtiring. Unga shakar kukuni, limon sharbati, tuz solib, silliq massa hosil bo‘lguncha mikserlashda davom eting.
- Muzlatkichdagi qaymoqni ham mikserda ko‘pirtirib, ehtiyotkorlik bilan pishloqli massaga qo‘shing.
- Tayyor mussni pechenye solingan stakanlarga quying. Shirinlikni 1 soatga muzlatkichga qo‘ying.
- Olib qo‘yilgan 2 osh qoshiq pechenyeni muss ustiga seping. Shuningdek, limon bo‘laklari va yalpiz yaprog‘i bilan bezang.
Izoh (0)