Britaniyalik shifokorlar qonda tromblarning rivojlanishiga sabab bo‘ladigan asosiy alomatlarni ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, tromboz mavzusi, ayniqsa, AstraZeneca vaksinasining nojo‘ya ta’siri haqidiga xabarlardan keyin dolzarb bo‘lib qoldi. Mutaxassislar tromblarni ko‘pincha qo‘l va oyoqda, asosan pastki qismda paydo bo‘lishidan ogohlantirdi.
Oyoq tomirlari trombozining belgilari:
- odatda boldir yoki bo‘ksada tortishib yoki pulsatsiyalanuvchi og‘riq;
- shish;
- og‘riqli hudud atrofida issiqlik hissi;
- og‘riqli hududning qizarishi yoki qorayishi;
- tomirlarning qattiqlashuvi va og‘rig‘i.
Izoh (0)