Oppo kompaniyasi Marvel kinoolami ishqibozlari uchun mo‘ljallangan smartfon — Reno5 Marvel Edition’ni taqdim etdi, deb xabar beradi “Rozetked”. Smartfon Oppo Reno5 4G bazasida yaratilgan.
Marvel Edition qurilmasi orqa tomonida Avengers logotipi tushirilgan, maxsus ko‘rinishga ega qurilma o‘z ishqibozlari uchun alohida jamlanmaga ega bo‘lgan. Foydalanuvchi qutida telefon bilan birga garnitura, quvvatlantirgich, Marvel dizaynidagi g‘ilof, SIM-karta uchun skrepka va quvvatlantirish kabelini ham qo‘lga kiritadi.
Qolgan jihatlari bilan smartfon xuddi Reno5 4G’dagi kabi Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan va 90 gertsli yangilanish chastotasiga ega oddiy 6,4 dyuymli AMOLED-displey bilan jihozlangan.
Qurilma ichiga Adreno 618 grafikasiga ega Snapdragon 720G protsessori, 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Old tomonidan qirqimdan 44 megapikselli frontal kamera o‘rin olgan. Asosiy kamera to‘rtta sensordan iborat: 64+8+2+2 Mp. Akkumulyator sig‘imi 4310 mA/soat bo‘lib, 50 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.
Oppo Reno5 Marvel Edition’ni 395 dollarga xarid qilish mumkin. Hozirda model faqat Indoneziya bozori uchun cheklangan miqdorda chiqarilgan.
Mavzuga doir: Oppo’ning inson ko‘zi ilg‘ay olmaydigan detallarni suratga olishga qodir mikroskop-kamerasi qanday ishlaydi?
Izoh (0)