“Barselona” La Liga 27-turi doirasida 15-mart kungi “Ueska”ga qarshi kechgan o‘yinda (4:1) g‘alaba qozondi.
Katalonlar sardori Lionel Messi bu o‘yinda dubl muallifiga aylanib, Primera mavsumidagi gollari sonini 21 taga yetkazib oldi.
Argentinalik futbolchi Yevropa top-5 ligalari doirasida ketma-ket 13 mavsumda 20+ gol urgan tarixdagi ilk futbolchi bo‘ldi.
Shuningdek, Messi “Barselona”dagi 767-o‘yinini o‘tkazib, klub tarixida eng ko‘p maydonga tushgan Xavining rekordini takrorladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)