• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Priyanka Choprani yaqindan bilishga turtki bo‘luvchi u haqdagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot

    Bollivud go‘zali, iste’dodli aktrisa Priyanka Chopra tomonidan yozilgan va 2021-yilning 9-fevral kuni ilk marta nashrdan chiqqan “Tugallanmagan” deb nomlangan memuar kitobda aktrisa o‘zi haqida hammaga ham ayon bo‘lmagan voqea va hodisalar haqida to‘xtalib o‘tgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Uni internat maktabga yuborgani uchun ota-onasidan qattiq xafa

    Uyda bo‘lgan tortishuvdan keyin ota-onasi tomonidan internat maktabga yuborilgan aktrisa, u yerdagi birinchi hafta darhaqiqat qiyin kechganini ta’kidlagan. Onasi kelganida qanchalik xursand bo‘lsa, ketayotganida shunchalik kuyingan. Priyanka ayriliq sabab ko‘z yoshlarini yashira olmagan, onasi ham o‘zini bazo‘r tiyib turgan. Shunga qaramay u bora-bora maktabini yaxshi ko‘rib qolgan, tartibga o‘rgangan va ko‘plab do‘st orttirishga muvaffaq bo‘lgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Otasi hayotini saqlab qolgan askar hikoyasi

    Kitobda uning otasi Ashok Chopra bilan bog‘liq xotira va voqealarni ko‘plab uchratish mumkin. Unda yozilishicha, Ashok xavfli harbiy hududda yaralangan va jarohatlangan bemorlarga yordam berish uchun Lexga yuboriladi. Boshidan o‘q bilan yaralangan, yarimjon askar undan oilasiga vatan uchun o‘lishga rozi ekani hamda u o‘z vazifasini bajarganini aytishni iltimos qiladi. Bunga javoban Ashok o‘zing aytasan, deb javob beradi. Shifokor harbiy yigit hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. Aktrisa otasining o‘limidan yigirma yil o‘tganidan keyin o‘sha askar ularnikiga kelgani va bir vaqtlar boshidan olib tashlangan o‘qni shuncha yil davomida saqlab yurganini qo‘shimcha qiladi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Priyanka “Yulduzli tun” suratiga teggani uchun Zamonaviy san’at muzeyidan quvib chiqarilgan

    Priyanka o‘smir paytida Nyu-Yorkdagi Zamonaviy san’at muzeyiga oila a’zolari bilan birga borgan. “Yulduzli tun” nomli suratga shunchalik maftun bo‘lganidan unga qo‘li bilan tegib ko‘rgan, shundan keyin muzey xodimlari tomonidan chiqarib yuborilgan.

    Birinchi sevgisi va yuragi parchalangani haqida

    Aktrisa ilk ko‘ngil qo‘ygan insoni Bob bilan bo‘lgan munosabatlariga ham to‘xtalib o‘tgan. Indiana shtatidan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tganidan keyin ham Bob bilan munosabatlarini davom ettirmoqchi bo‘lgan. Elektron pochta orqali maktub yozib turgan Chopra Bob u ketganidan keyin eng yaqin dugonasi bilan uchrashishni boshlagani haqida bilib qolgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Massachusets, Nyutonda uning ustidan kulishgan

    Nyutondagi maktabda o‘qib yurgan vaqti boshqalarga o‘xshamagani sabab uni o‘smir qiz va yigitlar ta’qib qilib, “o‘z olami”, vataniga qaytishni so‘ragan. O‘ziga bo‘lgan ishonchi so‘ngan Priyanka 16 yil avval Hindistonga qaytgan.

    Hindiston go‘zali tanloviga uni akasi va onasi yozdirib kelgan

    Akasi Siddxart “Hindiston go‘zali” tanlovi e’lon qilingani haqidagi reklamani ko‘rib, singlisini ushbu tanlovda ishtirok etishi kerak, deb hisoblagan. Sidd va onasi uning nomidan anketa to‘ldirgan, keyinchalik aktrisa akasi buning barini xonasini qaytarib olish uchun qilganini bilib qolganini ta’kidlagan. Priyanka pasportga suratga tushayotganida fotosuratchi unga modellarnikiga o‘xshash qo‘shimcha kadrlar olishni taklif qilgan. Tanlovga topshirilgan va unga omad olib kelingan ushbu surat bugungi kunda Bareylidagi “Suri” fotostudiyasining devorini bezab turadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Mashhur rejissor unga shilqimlik qilgan

    Go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lganidan keyin aktrisa menejeri bilan birga mashhur prodyuserning yoniga borgan. Unga plastik operatsiya qildirishi kerakligini aytgan va yomon ko‘z bilan qaraganini sezgan Priyankaning jahli chiqqan hamda hafsalasi pir bo‘lib qaytgan.

    Muvaffaqiyatsiz operatsiyasidan keyin filmlardan taklif kelmagan

    Go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan keyin shifokorlar Priyankaning burnida jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash kerak bo‘lgan polip borligini aniqlaydi. Tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilgan mazkur muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin bir necha marta operatsiya qildirishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin matbuotda “plastik Chopra” deb atala boshlagani yetmagandek, rejissorlar suratga tushish bilan bog‘liq shartnomalarni bekor qila boshlagan, taklif esa bo‘lmagan.

    Oqartiradigan krem reklamasida suratga tushgani uchun afsuslanadi

    Ortga nazar tashlab, bu karyerasidagi eng katta xatolardan biri ekanini va inson terisining rangidan qat’i nazar, teng bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan aktrisa bunday reklama uchun barchadan kechirim so‘raydi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Ritik Roshan aktrisaning otasining davolanishiga yordam bergan

    Priyanka otasining davolanishiga bergan yordami uchun “Krish” filmidagi hamkasbi Ritik va uning otasi Rakeshgaminnatdorchiligini izhor qiladi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Sevimli iti Diana Chopra Jonasni qayerda uchratgani haqida

    Buzzfeed nashriga intervyu berayotgan vaqti Priyankadan itlar bilan o‘ynash jarayonida savollarga javob berish so‘ralgan. Mitti yoqimtoy it Burberry tuflisini tishlamoqchi bo‘lganida aktrisa uning didi chakki emasligiga amin bo‘lgan va itni yoqtirib qolgan.

    Mavzuga doir:

    • Priyanka Chopra muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida memuar kitob yozdi
    • Priyanka Chopra Nik Jonas bilan kutilmagan unashtiruvi, masofadagi munosabatlar va maxsus tatuirovkalari haqida so‘zlab berdi
    • Dipika Padukone, Priyanka Chopra: Bollivudning eng badavlat 10 aktrisasi (foto)

    28.02.2021, 16:58   Izoh (0)   40113
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyaga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    28.02.2021, 10:52

    Instagram: “Dizayn” vakili do‘kondagi janjalga izoh berdi, Shiringa atalgan qo‘shiq, Yulduz Usmonovaning konsertiga tayyorgarlik jarayoni

    27.02.2021, 22:26

    Instagram: Janjalkash “Dizayn”chilar, yangi surati bilan tanqidga uchragan Lola, kelinlik ko‘ylagini kiygan Sitora

    26.02.2021, 22:41

    Mashhur hind aktrisalarining hayoti ular turmushga chiqqanidan so‘ng qanchalik o‘zgaradi? (foto)

    26.02.2021, 19:59

    Maxfiy to‘y: Turmush qurganini hammadan sir tutgan yulduzli juftliklar (foto)

    26.02.2021, 15:56

    “Al-vakil”, “Setora”, “Ummon”: o‘z davrida shuhrat qozonib, so‘ng tarqalib ketgan guruhlar (foto va video)

    26.02.2021, 13:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev 2–4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:55

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ozarbayjonning AZAL reysini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bergani ma’lum bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 1 iyul, 19:46

    Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:40

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 19:30

    “O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:20

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    Kino | 1 iyul, 19:10

    Palov pishirish qanchaga tushadi? O‘zbekistondagi eng arzon va qimmat hududlar

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:47

    Falastin tinchlikka erishish uchun AQSH va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilmoqda

    Dunyo | 1 iyul, 18:35

    Buxorodagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni ayovsiz kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.