• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jo Bayden AQShning Suriyadagi aviazarbasi sababini ma’lum qildi

    Suriyada eronparast ko‘ngillilar qo‘shinlari AQSh harbiylariga yangi hujumlarni rejalashtirgan. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”. Davlat rahbari 27-fevral kuni Kongressni amerikaliklar tomonidan Suriya sharqida berilgan aviazarba haqida xabardor qildi. Vakillar palatasi va Senatga yo‘llangan xat matni Oq uy saytida e’lon qilindi.

    “Mening buyrug‘im bilan 2021-yil 25-fevral kuni AQSh Qurolli Kuchlari sharqiy Suriyada Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi nodavlat ko‘ngillilar qo‘shinlari foydalangan infratuzilmaga zarba berdi”, — deyiladi unda.

    Ushbu guruhlar yaqinda Iroqda AQSh va koalitsiya harbiy xizmatchilariga uyushtirilgan hujumlarga aloqador bo‘lgan, ulardan biri 2021-yil 15-fevral kuni amalga oshirilgan, oqibatda bir necha kishi yaralangan edi, dedi Amerika yetakchisi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    Suriyada amalga oshirilgan zarbadan keyin Pentagonda ma’lum qilishlaricha, harbiylar Iroq razvedka ma’lumotlariga tayangan. U yerdagi hujumni ko‘ngillilar qo‘shinlarining xatti-harakatlariga munosib javob deb atashdi.

    Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, aviahujum ikkita F-15 qiruvchi samolyotlari yordamida Iroq bilan chegarada joylashgan Abu-Kamol shahri yaqinidagi ko‘ngillilar qo‘shini obyektlariga uyushtirilgan. Natijada to‘qqizta obyekt yo‘q qilingan, yana ikkitasi kuchli zarar ko‘rgan. Shuningdek, Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘ngillilar qo‘shinlari talafot ko‘rgan, ammo raqamlar keltirilmadi.

    Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vashington Moskvani Suriyaga uyushtiriladigan hujum haqida bor-yo‘g‘i besh daqiqa avval ogohlantirganini ma’lum qildi. Rossiya TIV ushbu hujumni qoraladi.

    AQSh Harbiy-havo kuchlari zarbasidan keyin Bayden Eronni uning xatti-harakatlari jazosiz qolmasligi haqida ogohlantirdi.

    Eslatib o‘tamiz, 26-fevralga o‘tar kechasi AQSh Suriyada Damashqni qo‘llab-quvvatlovchi eronparast ko‘ngillilar qo‘shini bilan bog‘liq binoga aviazarba berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba mudofaa xususiyatiga ega bo‘lgan va fevral oyida ko‘ngillilar qo‘shini tomonidan Amerika harbiylariga uyushtirilgan uchta hujumga javob bo‘lgan.

    Shundan keyin Eron AQShning Yaqin Sharqdagi harakatlari mintaqadagi zo‘ravonlikni kuchaytirishi mumkinligidan xavotir bildirdi. AQShning Suriyadagi Eronga aloqador obyektlarga havo zarbasini berishi mintaqadagi zo‘ravonliklarni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin, dedi Eron prezident apparati huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi xalqaro loyihasining direktori Diako Husayniy.

    28.02.2021, 11:11   Izoh (0)   46153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shveysariyada 16 kishi koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng vafot etdi

    28.02.2021, 10:10

    Muzeyga kelgan pingvinlar, bir g‘ildirakli motosikl, baliqchi qushni og‘zidagi yegulik bilan boqayotgan sayyoh. Hafta suratlari

    27.02.2021, 23:59

    Fransiya iqtisodiyoti 2020-yilda 8,2 foizga pasaygan

    27.02.2021, 23:11

    Oq uy AQShning Eron bilan diplomatik aloqalarga ochiqligi, ammo sanksiyalarni yumshatmasligini ma’lum qildi

    27.02.2021, 21:28

    Buyuk Britaniyada 15 yoshida IShIDga qo‘shilib ketgan ayolning uyga qaytishiga ruxsat berilmadi

    27.02.2021, 20:27

    Nigeriyada jinoyatchilar maktabga hujum uyushtirib 300 nafardan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi

    27.02.2021, 20:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.