Twitter’ning samarqandlik foydalanuvchilaridan biri @marhob2112 ajoyib hamshaharlaridan biri bilan g‘aroyib tanishuv haqida shunday tvit qoldirdi: “Kunduzi taksiga chiqsam, amakining hobbisi o‘yinchoq mashina yig‘ish ekan. ‘Uyimga borsang, og‘zing ochilib qoladi’, dedilar. Og‘zim ochilib turgandi shundoq ham”. Foydalanuvchi xabarga ilova qilgan suratda Spark salonining old (torpedka) qismi avtomobillarning kichik masshtabli modellariga to‘la ekanini ko‘rish mumkin — ular orasida sovet davrida ishlab chiqarilgan namunalar ham, zamonaviy modellar ham bor. Kolleksioner haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot yo‘q.Foto: Twitter / @Marhob2112
Tailandda metallolom va chiqindilardan yasalgan Bugatti Chiron 30 ming dollarga sotilmoqda (video) 24.02.2021, 19:34
Izoh (0)