• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Erkin so‘z jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak” — Alisher Qodirov

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga, shuningdek, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartirishlar borasidagi fikri bilan bo‘lishdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Avvalroq “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faol bo‘ysunmaslik, ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatishga da’vatlar uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish borasidagi qonun loyihasi tashabbusi bilan chiqqan edi.

    Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasiga qo‘shimcha kiritilmoqda. Unda fuqarolarni O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmog‘idan, shuningdek, matnni nashr etish yoki boshqa shaklda ko‘paytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy da’vat qilish kabi huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 15-fevral kuni qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi. Parlament quyi palatasining ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda veb-sayt yoki veb-sayt egalari, shu jumladan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning axborot olish va uni tarqatish madaniyati to‘liq shakllanmagani sababli, boshqa shaxslarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga zarar yetkazish holatlari kuzatilmoqda.

    “Qolaversa, bunday shaxslarning axborot tarqatish sohasidagi huquqiy madaniyati shakllanmaganligi kelajakda ular tomonidan qonun talablari buzilishiga, mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizm, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish sababchi bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

    Alisher Qodirovning aytishicha, erkin so‘z qanchalar erkin bo‘lmasin jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak. “Tartibsizliklarga chaqirish, xalqning ko‘p qismi ishonch bildirgan hokimiyatga e’tirozini qonunga zid shaklda bildirish butun dunyoda jazolanadi”, — deydi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “xabarsiz va norozi ozchilikni siyosiy bosim quroliga aylantirishni o‘rganib olgan raqib odatdagidek ‘so‘z erkinligiga tahdid’ bilan yurish qilmoqda”.

    Deputatning hisoblashicha, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari tomonidan tashabbus qilingan qonun loyihasi O‘zbekistonda tinch-xotirjam, emin-erkin va demokratik rivojlanishga xizmat qiladi.

    “Boshqariladigan beboshlikni maqsad qilgan, xalq xotirjamligi, manfaatlari va erkin so‘zning qadriga tupurib, ularni g‘arazli o‘yinlarida o‘yinchoq qilib olgan buzg‘unchilarning qo‘lini bog‘laydi. Hech kim tanqidga, to‘g‘ri so‘zga, erkin fikrni baralla aytishga qarshi emas. Erkin so‘z aql, farosat va jur’at talab qiladi. Haq so‘zni gapirayotgan odam nomini yashirmaydi, birovning ortiga berkinib baqirmaydi”, — deydi Alisher Qodirov.

    Qonunchilik palatasi vitse-spikerining hisoblashicha, erkin so‘zdan eng katta foyda — jamiyat zarariga ishlayotgan xatolarni ko‘rsatib, uni bartaraf etish yo‘lini taklif qilish.

    “Xalq ishonchi bilan vakolatga ega bo‘lgan hokimiyatga qarshi kurashishga chaqiradigan so‘z qachon va qanday hokimiyatga qarshi bo‘lishidan qat’i nazar, huquqbuzarlik sifatida baholanishi va jazolanishi zarur”, — deydi u.

    Legalmax yuridik firmasining boshqaruv sherigi Muhammadali Mahmudov 19-fevral kuni qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish birinchi navbatda blogerlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarning faoliyatini tartibga solishga yo‘naltirilganini ma’lum qilgan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunchilikda blogerlar tushunchasi yo‘qligiga aniqlik kiritib olish muhim, bunga qonun chiqaruvchilar e’tibor berishi kerak. Ular haqida faqatgina “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunda tilga olingan — “bloger veb-sayt va veb-sahifaga egalik qiluvchi shaxsdir”.

    “Ammo hozirgi vaziyat umuman boshqacha. Telegram, ‘jonli jurnal’ yoki boshqa internet-maydonchalari orqali yangiliklarni tarqatish axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadigan sohadan ancha chiqib ketgan. Shu sababli kiritilishi rejalashtirilayotgan yaxshilab o‘ylanmagan o‘zgartirishlar hali qabul qilinmasidan eskirgan hisoblanadi. Buning ustiga eskirgan o‘zgartirishlar eskirgan qonunga kiritilmoqda”, — deydi u.

    Mavzuga doir:

    • “Biz O‘zbekistonda mashina sotib oladigan 300 ming odamni o‘ylab, mamlakat iqtisodiyotini xavfga qo‘ya olmaymiz”. Alisher Qodirov UzAuto Motors atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi
    • Deputat Alisher Qodirov aholining kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini kamaytirish yo‘lini taklif qildi

    22.02.2021, 14:46   Izoh (0)   20568
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida 3 ta ko‘p qavatli uy, savdo majmuasi va bojxona terminali noqonuniy ravishda qurilayotgani aniqlandi

    22.02.2021, 14:22

    Toshkentda tez tibbiy yordam xodimlari kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    22.02.2021, 14:10

    Toshkent viloyatida hokim qarorini soxtalashtirib, aslida yo‘q bo‘lgan uylarni 100 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

    22.02.2021, 13:21

    O‘zbekistonda 23-fevral kuni shamol tezligi kuchayib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarda qor yog‘adi

    22.02.2021, 13:09

    Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi nutqi 22-fevral kuni jonli efirda namoyish etiladi

    22.02.2021, 12:13

    O‘zbekistondagi mahallalar jinoyatchilik holatiga qarab “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratiladi

    22.02.2021, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.