Futbol bo‘yicha Tailand Premyer Ligasining 21-turida “Muangtong Yunayted” 20-fevral, shanba kuni “Ratchaburi” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Sardor Mirzayev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay maydon egalari penaltidan urilgan gol orqali muvozanatni tikladi.
25-daqiqada Mirzayev uchrashuvdagi ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 66-daqiqada het-trik qayd etgan holda “Muangtong”ning g‘alabasini ta’minladi.
Asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi 83-daqiqada zaxiraga olindi.
“Muangtong” mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 34 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Tailand Premyer Ligasi
21-tur bahsi
20-fevral, shanba
“Ratchaburi” — “Muangtong Yunayted” 1:3
Gollar: 0:1 – 6 Mirzayev, 1:1 – 11, penalti Roller, 1:2 – 25 Mirzayev, 1:3 – 66 Mirzayev.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)