Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugungi kunda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar investitsiya muhitiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Koronavirus pandemiyasi xalqaro sheriklar bilan to‘laqonli aloqa qilish imkoniyatini cheklagan va karantin talablariga moslashish zaruriyatini talab etayotganiga qaramay, chet ellik hamkorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi pasayganicha yo‘q. “Agrobank” va Turk Eksimbanki bilan o‘zaro moliyaviy hamkorlik kelishuvi bunga yaqqol misoldir.

Mazkur onlayn marosimda “Agrobank” umumiy qiymati 25 million AQSH dollariga teng kredit shartnomasini imzoladi.

Shuni ta’kidlash joizki, bank uchun bu tarixiy voqea hisoblanadi, chunki bu shunday nufuzli moliya muassasasi —  Turk Eksimbanki bilan tuzilgan ilk bitim. Turkiya texnologiyalari bizning bozorda o‘zining afzal jihatlarini namoyon etgani va narx, sifat talablariga javob berishini hisobga olib, ularga bo‘lgan talab oshmoqda. Demak, bu ularni moliyalashtirish manbalariga bo‘lgan talabni paydo qilmoqda.

Bugun har ikki bank tomonidan qo‘yilgan poydevor bank sohasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.

Ushbu kredit mablag‘larini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish ko‘plab investitsiya loyihalarini amalga oshirish va respublikaning ish o‘rinlariga muhtoj hududlarida qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilishga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi