• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Myanma hokimiyati tepasiga kelgan harbiylar norozilik namoyishlari tufayli ko‘chalarga zirhli texnikalarni joylashtirmoqda

    Myanma harbiylari ko‘chalarga qo‘shimcha kuchlar, shu jumladan, zirhli mashinalarni joylashtirmoqda, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

    Foto: RTV

    Foto: RTV

    Ta’kidlanishicha, mamlakatning yirik shaharlarida davlat to‘ntarishiga qarshi davom etayotgan norozilik namoyishlari sababli internetga ulanish vaqtincha cheklangan.

    Myanma Transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi 14-fevral, yakshanba kuni uyali aloqa operatorlariga internetga kirishni taqiqlashni buyurdi. Natijada, 15-fevral kuni ertalab sakkiz soat davomida tarmoqqa kirish imkonsizligicha qoldi. Ammo keyinchalik internet aloqasi tiklandi.

    Shuningdek, harbiylar mamlakatning eng yirik shahri Yangon ko‘chalariga zirhli mashinalarni kiritdi. Mamlakat Markaziy banki yonida askarlar, zirhli transportyorlar, tartibsizlikni nazorat qilish bo‘linmalari va suv purkagichlari bo‘lgan yuk mashinalari paydo bo‘ldi. Shunga qaramay, shaharning ushbu hududida 1000 dan ortiq namoyishchilar to‘plandi.

    Davlat to‘ntarilishiga qarshi minglab muxolifatchilar Neypyido, Mandalay va janubdagi Tavoy shahrida ham norozilik namoyishi uyushtirmoqda.

    Shuningdek, ta’kidlanishicha, Myanmaning sobiq davlat maslahatchisi va prezidenti 17-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan sudga videoaloqa orqali ishtirok etadi.

    Mavzuga doir: Myanmada harbiy hukumat o‘ziga yangi vakolatlar taqdim etdi. Mamlakatda norozilik namoyishlari davom etmoqda

    “TASS”ning ma’lum qilishicha, mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng harbiylar tomonidan hibsga olingan Myanmaning davlat maslahatchisi, tashqi ishlar vaziri Aun San Su Chji 17-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan sud majlisiga qadar hibsda qoladi.

    “Menga tuman prokurori tomonidan sud majlisi chorshanba kuniga qoldirilganligi to‘g‘risida xabar berildi. Prokurorning ta’kidlashicha, videoaloqa orqali o‘tkaziladigan sud vaqtida Aun San Su Chjidan advokat sudda uning vakili bo‘lishini xohlaydimi yoki yo‘qmi, so‘raladi”, — dedi Aun San Su Chji va prezident Vin Myinning manfaatlarini himoya qilish uchun Milliy demokratiya ligasi tomonidan tayinlangan advokat Kin Maun Zo.

    Advokat shu paytgacha sud uning Myanma davlat maslahatchisi va prezidentining manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini rad etganini ma’lum qildi. Keyinchalik u prezident Vin Myin sudda videoaloqa orqali ham paydo bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

    Ma’lumot uchun, 3-fevral kuni davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va Vin Myinga uch yillik qamoq jazosi olib kelishi mumkin bo‘lgan turli ayblovlar qo‘yildi. Davlat maslahatchisi import va eksport to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda. Chunki uning uyida o‘tkazilgan tintuvlar davomida mamlakatga noqonuniy olib kirilgan radioelektron vositalar topilgan.

    Prezident esa politsiya hisobotida aytilishicha, koronavirus epidemiyasi paytida rafiqasi bilan mamlakatning ko‘plab hududlariga tashrif buyurgan, bu tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qonunni buzish hisoblanadi. Bundan tashqari, 19-fevralda sud oldida javob beradigan Demokratiya uchun milliy liga partiyasida Aun San Su Chjining o‘rinbosari Vin Txeyn isyon qo‘zg‘aganlikda ayblanmoqda.

    Shu bilan birga, harbiylar Jinoyat kodeksining bir necha bo‘limlariga Demokratiya uchun milliy liga partiyasi a’zolari, namoyishchilar va fuqarolar itoatsizligi harakatini targ‘ib qilayotganlarga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida e’lon qildi. Keng sharhga ega bo‘lgan va faollarni hibsga olish uchun muntazam ravishda foydalanib borilgan ushbu qonunlar endi qattiqroq jazolarni ko‘zda tutadi.

    Xavfsizlik xizmatlari va huquqni muhofaza qilish idoralarining muvaffaqiyatli faoliyatiga xalaqit beradigan harakatlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘lishi mumkin va davlat xizmatchilarining ishiga aralashish yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bundan avval Myanmada harbiylar 23 mingdan ortiq mahbusni afv etgani hamda Myanma bosh qo‘mondoni nima sababdan davlat to‘ntarilishi sodir bo‘lganini tushuntirgani haqida xabar berilgandi.

    16.02.2021, 07:36   Izoh (0)   10410
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya ham AstraZeneca vaksinasi bilan keksalarni emlamaslikka qaror qildi

    16.02.2021, 07:07

    Olimlar COVID-19’ning “britancha” shtammida o‘limning ehtimoli ko‘proq ekanini aniqladi

    16.02.2021, 06:52

    Yaponiya kompaniyalarining yarmidan ko‘pi 2021-yilgi Olimpiada o‘yinlariga qarshi ekanini bildirdi

    16.02.2021, 06:20

    Muzda cho‘milayotgan odamlar, yonib ketgan 500 ta mashina, yumshatilayotgan karantin. 15-fevral suratlari

    15.02.2021, 23:42

    Rossiya va Turkmaniston koinotga qurol joylashtirmaslik to‘g‘risida kelishuv imzoladi

    15.02.2021, 20:11

    Jo Bayden AQSh Kongressiga qurol sotishga oid shartlarni murakkablashtirishni taklif qildi

    15.02.2021, 18:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.