Shanxay merining sobiq o‘rinbosari va shahar jamoat xavfsizligi byurosi direktori Gun Daoan Xitoy Kommunistik partiyasidan (XKP) chiqarildi va egallab turgan barcha lavozimlaridan chetlashtirildi, deb xabar bermoqda “Sinhua”.
Bu bayonotni XKP intizomni tekshirish bo‘yicha Markaziy komissiyasi va Milliy nazorat komissiyasi mer o‘rinbosari ishi bo‘yicha tergov tugagandan so‘ng ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Gun Daoan partiya ichida siyosiy muhitga yomon ta’sir ko‘rsatadigan jinoyatchilar jamoasini yaratishga uringan. Sobiq mansabdor shaxs o‘z lavozimiga tayinlanganda o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgani va uchinchi shaxslarning manfaatlari uchun lobbistlik qilgani, shuningdek, korrupsiyaviy faoliyat yuritgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, amaldorning barcha noqonuniy jamg‘armalari hamda daromadlari musodara qilinadi va uning ishi jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun prokuraturaga yuboriladi.
Bundan avval Xitoyda korrupsiya va qo‘shxotinlikda ayblangan amaldor qatl etilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)