Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqin-yaqingacha robotlar inson uchun xayoliy kashfiyot bo‘lib tuyular va ularni faqatgina filmlarda tomosha qilish mumkin edi. Ammo texnologiyalar taraqqiyoti tufayli kelajak yaqinlashib kelayotganini anglash mumkin.

Foto: Hello!

Foto: Hello!

Robot-tozalovchi

Foto: Hello!

Foto: Hello!

Pol, deraza va chang bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarni tozalashni o‘z zimmasiga oladi hamda uy egasiga bir qancha yengilliklar yaratadi. Ularning aksariyati katta sarmoyalarni talab qilmaydi, shuningdek, katta joy egallamaydi. Bundan tashqari, ularni boshqarish qiyin emas, mobil dastur orqali tozalash uchun vaqt va joyni tanlash mumkin. Ba’zi modellarda esa taymer funksiyasi mavjud bo‘lib, ulardan har kuni tozalashni so‘rash mumkin.

Robot-enaga

Foto: Hello!

Foto: Hello!

Robot-enagalar bolalar bilan astoydil shug‘ullanadi, masalan, ularga ertak aytadi, savollarga javob beradi, ota-onaning iltimosini yetkazadi va hattoki bolaning videolavhasini mobil telefonga uzatadi. Ushbu kichkina enagalarning kattalar uchun mo‘ljallangan versiyalari ham mavjud. Ular qo‘ng‘iroq qiladi, ishlar ro‘yxatini tuzadi, kichik ishlarni bajaradi yoki shunchaki suhbatlashadi. Uyda yurgan robotlar savollarga javob beradigan va musiqa qo‘yadigan “aqlli” karnayni taklif etishi mumkin.

Uy hayvonlari uchun robot-sherik

Foto: Hello!

Foto: Hello!

Endi mushuk va kuchuk boquvchilar ularni uyda yolg‘iz qoldirishi mumkin. Maxsus ishlab chiqarilgan robot uy hayvonlari bilan birgalikda o‘ynaydi. Robotlar hayvonning harakatini taxmin qilgan holda ajoyib tovushlar bilan ularni o‘ziga qiziqtiradi. Uy egalari esa mobil dastur orqali robotni masofadan turib boshqarishi mumkin.

Foto: Hello!

Foto: Hello!

Mushuklar uchun robot-quti

Foto: Hello!

Foto: Hello!

Agar mushuk boquvchi xonadonlar ushbu qutidan foydalansa, uning ayrim injiqliklarini qutining o‘z hal etadi. Ushbu quti yoqimsiz hidni bartaraf etadi, chiqindilarni tozalaydi va axlat qutisini ham o‘zi bo‘shatadi.

Robot-tashuvchi

Foto: Hello!

Foto: Hello!

Yetkazib berish xizmati juda ommalashgan bir vaqtda uni endi robotlarga topshirish mumkin. Oziq-ovqat do‘konidan biror narsa xarid qilinsa, robot-tashuvchi yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yadi. Kichik kuryerlar o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lib, piyodalar kabi to‘siqlardan qochadi. Garchi ushbu qurilma mazkur sohada odamlarning o‘rnini to‘liq bosmasa-da, yetkazib berish narxini pasaytirishga yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi