Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 20-turida “Liverpul” 28-yanvar, payshanba kuni “Tottenhem” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning mehmonlarning faolligi ostida boshlandi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Roberto Firmino qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Trent Aleksander-Arnold posbondan qaytgan to‘pni kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmay Emil Hyoybyerg uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifiga aylandi.
“Liverpul” ochkolarini 37 taga yetkazib olgan holda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Tottenhem” (33) 6-pog‘onada qoldi.
“Tottenhem” — “Liverpul” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — videosharh.
APL
20-tur bahsi
28-yanvar, payshanba
“Tottenhem” — “Liverpul” 1:3
Gollar: 0:1 – 45 Firmino, 0:2 – 47 Aleksander-Arnold, 1:2 – 49 Hyoybyerg, 1:3 – 65 Mane.“Tottenhem”: Lyoris, Orye (Uinks, 46), Doerti, Rodon, Dayer, Bergveyn (Beyl, 81), Ndombele, Son Hyon Min, Hyoybyerg, Devis, Keyn (Lamela, 46).
“Liverpul”: Alisson, Robertson, Matip (Fillips, 46), Aleksander-Arnold, Henderson, Tiago Alkantara (Jons, 78), Milner, Saloh, Veynaldum, Mane, Firmino (Origi, 87).
Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (24), Bergveyn (30), Fillips (50).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)