Energetika vaziri raisligida 27-yanvar kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda Farhod Abdurahmonov “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Farhod Abdurahmonov o‘z faoliyatini 2004-yilda “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatida boshlagan, u ushbu korxonada turli lavozimlarda ishlagan, 2015-yildan buyon aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda boshqaruv raisi lavozimida 2019-yildan buyon Ruslan Mubarakshin ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Abduhamid Jo‘rayev “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Abduhamid Jo‘rayev bunga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)