20-yanvar kuni Ginnesning rekordlar kitobining YouTube’dagi kanalida Lego konstruksiyasi yordamida yaratilgan eng katta inshoot videosi paydo bo‘ldi. U Xitoydagi Shenchjen shahrida joylashgan Smaerd Land bolalar muzeyi tomonidan bunyod etilgan.

Kadr: YouTube

Video ostidagi izohga ko‘ra, installyatsiyasi Jon Tolkinning “Uzuklar hukmdori” romani va u asosida ishlangan fimlarga asoslangan. Installyatsiyada O‘rtayerdagi muhim joylar (Mordor, Gondor, Shir va Roxan) hamda Uzuk jangchilarining urushi tasvirlangan.

Rolikda ta’kidlanishicha, o‘lchami 191 kvadrat metrga teng installyatsiyani yaratish uchun 50 nafar dizayner va quruvchidan iborat jamoa 3 yil davomida mehnat qilgan va ular 150 million kubikdan foydalangan.

Avvalroq Lego “Arvoh ovchilari” filmidagi mashhur Cadillac konstruktorini yaratgani, shuningdek, ishlaydigan “podveska”ga ega Jeep Wrangler modeli jamlanmasini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.