Eron hukumati Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi, deya xabar bermoqda Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifga tayanib “Kommersant”.
“Yaqin kelajakda biz uni sotib olamiz va birgalikda ishlab chiqarishni boshlaymiz, degan umiddamiz”, – dedi Eron tashqi ishlar vaziri rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.
Vazir Eron hukumati vaksinani qachon va qancha dozada sotib olishi haqida aniq ma’lumot bermagan.
Mavzuga doir: “Sputnik V” vaksinasi yo‘riqnomasida saratonga chalinganlarni emlashga qarshi ko‘rsatmalar paydo bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, Tehron koronavirusga qarshi Amerika va Britaniyaning vaksinalarini olib kirishni taqiqlagan edi.
Izoh (0)