Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Floridada Chak Kuk ismli 90 yoshli nafaqaxo‘r o‘zining yubileyi munosabati bilan qizil Chevrolet Corvette Stingray sotib oldi. AQSh Harbiy havo kuchlarining sobiq harbiy xizmatchisi so‘zlariga ko‘ra, uning kolleksiyasida hozirda bir nechta Amerika superkarlari mavjud, deb xabar beradi Motor.

Foto: Facebook / Cecil Clark Chevrolet

Foto: Facebook / Cecil Clark Chevrolet

Yangi Chevrolet Corvette C8 AQSh Harbiy havo kuchlari faxriysining kolleksiyasidan o‘rin olgan to‘rtinchi sportkarga aylandi. Chak Kuk o‘zining birinchi Corvette’sini 1981-yilda sotib olgan. O‘shandan buyon erkak faqatgina GM konserni avtomobillaridan foydalanib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak kundalik yumushlarida Chevrolet Equinox krossoveridan foydalanadi.

Yangi Corvette’ni yetkazib berishdan tashqari, dilerlik markazi vakillari 90 yoshli xaridor sharafiga haqiqiy bayram uyushtirib bergan. Nafaqaxo‘r uchun sport kupesi bilan birga Corvette C8 surati tushirilgan tort tayyorlangan. Mashinaning yangi egasining ta’kidlashicha, u o‘zining yangi Corvette’sini sinab ko‘rish uchun COVID-19 pandemiyasi tugashini intizorlik bilan kutmoqda.

Foto: Facebook / Cecil Clark Chevrolet

Foto: Facebook / Cecil Clark Chevrolet

Chevrolet Corvette C8 Stingray modeliga 520 ot kuchiga ega (537 Nm) 6,2 litrli V8 motori o‘rnatilgan. Agregat sakkiz pog‘onali “robot” uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. O‘rta motorli kupe soatiga 100 kilometr tezlikka uch soniyada erishadi. Maksimal tezligi — 300 km/soat.

Avvalroq Norvegiyada Genri Harrfeldt ismli erkak 78 yoshga to‘lishi munosabati bilan 2018-yilgi McLaren 720S Spider rodsterini xarid qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi