• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Shaxmat federatsiyasining yana suvdan quruq chiqishga harakat qilgani afsuslanarli hol”. Javohir Sindorov federatsiyasining bayonotiga munosabat bildirdi

    Xalqaro grossmeyster Javohir Sindorovning “Daryo”da e’lon qilingan intervyusidan keyin shaxmat federatsiyasi tomonidan munosabat bildirilgandi. Yosh shaxmatchi federatsiya vakilining ushbu video murojaatiga o‘z munosabatini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, federatsiya vakillari uning ko‘p so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilgan va videodagi qator boshqa masalalarni ochiq qoldirgan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Men nima o‘yda-yu, federatsiya nima dardda?

    “Daryo.uz”dagi chiqishimdan keyin masalaning bu qadar shov-shuv bo‘lishini xohlamagandim. Chiqish qilishimdan maqsad “men haq, sen haq” deb qandaydir mablag‘lar, pullar haqida gapirish emas, aksincha, O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish, shaxmat musobaqalarini ko‘paytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning boshqa federatsiyalarga o‘tib ketishining oldini olish haqida o‘z takliflarimni bildirgandim.

    Afsuski, federatsiya rahbariyati meni noto‘g‘ri tushunibdi. O‘z rasmiy javobida meni o‘zimni ayblashga, har xil qog‘ozlar ko‘rsatib, meni obro‘sizlantirishga harakat qilibdi. Ularni mening shu ketishda federatsiyani tark etishim mumkinligi haqidagi gaplarim zarracha tashvishlantirmaganligi ham meni ajablantirdi.

    https://www.facebook.com/1945874138959416/videos/2921339631483001/

    Shaxmat jamoatchiligi, odamlarda noto‘g‘ri taassurot tug‘ilmasligi uchun men yana bir bor chiqish qilib, masalaga chuqurroq yondashishga majbur bo‘ldim:

    Federatsiya rasmiy bayonotida uyalmay, netmay, Respublika shaxmat maktabi tomonidan men 18 marta xalqaro turnirlarga yuborilganligim da’vo qilindi. Kechirasiz, shaxmat maktabi — davlat tashkiloti, unda birovni musobaqaga yuborish uchun mablag‘ bo‘lmaydi.

    Aslida bu mablag‘lar men uchun ikki yil davomida homiylarim ajratgan pullar. 9 yoshimda ikki marta Jahon chempioni bo‘lganimdan so‘ng ota-onamning sa’y-harakati bilan xomiy (bu xomiy, oilamiz uchun yaqin bo‘lgan inson) topildi. Mening hisob raqamim bo‘lmaganligi sababli ota-onam pulni shaxmat maktabi (hozirda Akademiya) hisob raqamiga tushirishni, bu mablag‘dan men qatori boshqa shaxmatchilar ham bahramand bo‘lishini lozim topdi. Anchagina yosh shaxmatchilarimiz, shu mablag‘lar hisobiga stipendiya olib keldi. Lekin ular bu mablag‘larning, xomiy tomonidan berilganini balki bilishmas? Shu mablag‘dan barcha Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionlariga stipendiya to‘lab borildi. Bir qism mablag‘ chempionlarning xorijiy musobaqalarda ishtiroki uchun (chiptalar, mehmonxona xarajatlari) to‘lab turildi. Men ham shular qatorida homiyimiz mablag‘idan bir necha bor foydalanganman. Ammo bu mablag‘larning na shaxmat maktabiga, na federatsiyaga zarracha aloqasi bor.

    Foto: Javohir Sindorov arxivi

    Foto: Javohir Sindorov arxivi

    Ma’lumot uchun, Bolalar va o‘smirlar shaxmat maktabi (Xalqaro shaxmat akademiyasi) 2018-yilga qadar federatsiya tasarrufida bo‘lmagan. 2018-yilgi Prezident qaroridan keyin bu tashkilot federatsiya tasarrufiga o‘tgan. (batafsil)

    Men keyingi 10 yil davomida Jahon, Osiyo chempionatlari, Olimpiadalar, Open musobaqalarida yuzlab marta g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston shanini himoya qildim. Hatto ayrim rasmiy chempionatlarga xomiylar va ota-onamning mablag‘i hisobidan borib keldim. Federatsiya esa ikki Olimpiadada g‘olib bo‘lganimda bergan 16 milllion so‘mini ro‘kach qilmoqda. Men buni rad etmayman. Bu pul men keyingi musobaqaga ketgazgan xarajatning yarmini qoplagandir.

    Aslida o‘z chiqishimda federatsiya menga mashina yoki pul bermadi, deb emas, Olimpiadachilarni taqdirlash marosimiga mening va jamoadoshim Sitora Saparovaning chaqirilmaganligi haqida bayonot bergandim. Federatsiya meni o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin ko‘rsatmaganlikda aybladi. Men o‘sha paytda 12 yoshda edim, jamoaning eng yosh a’zosi sifatida 16 yoshgacha bo‘lgan tengdoshlarim bilan teng dona surdim. Jamoa uchun qo‘limdan kelganini qildim. Qolaversa, jamoaviy o‘yinda yutuq hammaga tegishli bo‘lmaydimi?

    Yana bir bor aytaman, men shaxmat federatsiyasining ishidagi kamchiliklar, xususan, Respublikamizda nufuzli shaxmat musobaqalari tashkillashtirilmayotgani, iqtidorli yoshlarga e’tibor sustligi, murabbiylar bazasining yo‘qligi, xalqaro grossmeysterlarning quvg‘in ostiga olinayotgani va natijada ularning boshqa davlatlarga o‘tib ketayotgani haqida ochiq gapirmoqchi bo‘lgandim. Shaxmat federatsiyasi hamma aybni menga to‘nkab, yana suvdan quruq chiqishga harakat qilgani afsuslanarli hol!

    Musobaqalar — shaxmatchining mahoratini oshiruvchi asosiy maydon. U qancha ko‘p o‘ynasa, shuncha o‘sadi, toblanadi. Bizda muntazam ravishda, bir yilda faqat bitta — Georgiy A’zamov xotira turniri o‘tkaziladi. Qolgan 11 oy biz xorijga borishga majburmiz.Mening ota-onam, homiylarim bor, mablag‘ toparmiz. Tohirjonovalarning otasi bor, amallar. Boshqa iqtidor egalari nima qiladi? Besh-oltita musobaqaga borib kelish uchun mablag‘ni qayerdan topadi? Ular bir yilda bitta musobaqada o‘ynab, umrini o‘tkazadimi? Ulardan qanday chempion chiqsin? Nega, aytaylik, Gruziya federatsiyasi oyiga 70 talab, Qozog‘iston federatsiyasi 50 talab, hatto Qirg‘iziston federatsiyasi 30 talab turnir tashkil etadi-yu, bizda ularning o‘ndan biri ham o‘tkazilmaydi?

    Shu sabab ko‘plab iqtidorli shaxmatchilar shaxmatni tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda. Uzoqqa bormay, ukam Islombek 6 yoshida uch karra Osiyo chempioni, 7 yoshida 2 karra Jahon chempioni bo‘lgandi. Natijalari menikidan ham o‘tardi. Afsus, ota-onam unga mablag‘ topolmadi. Borini menga sarflashdi. Natijada Islombek shaxmatni tashlashga majbur bo‘ldi. Agar O‘zbekistonda nufuzli shaxmat musobaqalari o‘tkazilib turilganda u shaxmatni tashlamagan bo‘lardi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shaxmat federatsiyasi, mayli, musobaqa tashkillashtirmasin, faqat, ularni o‘tkazishga xalaqit qilmasa bas.Bir odamning ruxsatisiz O‘zbekistonda birorta rasmiy yoki Open musobaqa o‘tkazilmaydi. Agar federatsiya xalaqit qilmasa, taqiq qo‘ymasa klublar o‘zlari musobaqa tashkil qilishni biladi. 2019-yili yozda Bo‘stonliqning so‘lim joyida xomiylar yordamida mukofot jamg‘armasi 50 million so‘m bo‘lgan “Grossmeyster Javohir Sindorov Kubogi”ni tashkil etdik. Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlardan shaxmatchilar ishtirok etdi. Ammo klubimiz shaxmatchilaridan (chunki boshqa Federatsiyadan qo‘rqmaganlar ham bor edi) tashqari birorta kuchli o‘zbekistonlik shaxmatchi unda ishtirok etmadi.Federatsiya ochiqdan ochiq boykot e’lon qildi. Federatsiya rahbariyati “kimki Javohir Sindorov Kubogida qatnashsa, shaxmat maktabidan hamda federatsiyadan chetlashtiriladi” deb hammani ogohlantiribdi. Buni barcha shaxmatchilar biladi. Bizda buni tasdiqlovchi dalillar yetarlicha.

    Nega federatsiya bu masalaga fikr bildirmadi? Men shaxmat federatsiyasi a’zosiman. Federatsiyaning vazifasi bizning himoya qilish emasmi?

    Mening niyatlarim katta. Jahon shaxmat tojini vatanimizga qaytarish. Ammo bilmadim bunaqa federatsiya bilan niyatlarimga yetishim qiyinga o‘xshaydi...

    Javohir Sindorov, xalqaro grossmeyster

    “Daryo” ikkinchi tomon shaxmat federatsiyasining bu boradagi fikrlarini bilish uchun tashkilot bosh kotibi Sunnatullo Bozorboyev bilan bog‘landi. U Sindorovning navbatdagi murojaatiga quyidagicha munosabat bildirdi:

    Homiylik mablag‘i bo‘lsa, homiylik shartnomalarini ko‘rsatsin. Biz o‘zimizning tekshiruvlarimiz orqali 18 ta (bu hali bizga ma’lum bo‘lgani) turnirlarga shaxmat maktabi tomonidan moliyalashtirilganligini aniqladik, xolos. Xohlagan vakolati bor tashkilot kelib audit qilsin hammasi ayon bo‘ladi, biz bunaqa tekshiruvlarga tayyormiz.

    Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni “Daryo”da Javohir Sindorov bilan intervyu tashkil etildi.

    Unda grossmeyster qator muammolar, tushunmovchiliklar va federatsiyaning sustligi haqida so‘z yuritdi. Bunga shaxmat federatsiyasi o‘z munosabatini bildirdi va shaxmatchining qator sharhlariga raddiya berdi. O‘z navbatida Sindorovning video murojaatidagi ayrim masalalar ochiq qoldirildi.

    Javohir Sindorov — 2005-yilning 8-dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Javohir uch karra O‘zbekiston chempioni, olti karra Osiyo chempioni va besh karra Jahon chempioni. U 2018-yilda uchta grossmeysterlik shartlarini bajarib, jahon tarixidagi ikkinchi eng yosh (12 yosh 10 oylik 8 kunlik) shaxmatchiga aylangan. Keyinchalik Javohirning rekordini hindistonlik Gukesh Dommaraju (12 yosh 7 oylik 17 kunlik) yangiladi. Ayni damda Sindorov dunyo shaxmati tarixidagi uchinchi raqamli eng yosh xalqaro grossmeyster bo‘lib turibdi.

    Mavzuga doir:

    • Ravshan Ermatov Gulruhbegim Tohirjonova ishi haqida: “Vazirlikda bu masalani muhokama qilyapmiz”
    • Aziz Abduhakimov: “Shaxmat federatsiyasi faoliyati chuqur o‘rganilmoqda, u yerda tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi”
    Avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSh nomidan qatnashishi ma’lum bo‘lgandi. Keyinchalik bloger Aziza Umarova shaxmatchilar oilasi va federatsiya o‘rtasidagi sovuq munosabat haqida maqola e’lon qildi. Bunga javoban federatsiya raddiya bildirdi. Federatsiya ushbu xabarlar fonida OAVda e’lon qilingan maqolalarni bir yoqlama deb baholagan. Shuningdek, terma jamoadan chiqib ketish fikri sportchining o‘ziga tegishli ekani va bunda boshqalarni aybdor qilish mumkin emasligi ta’kidlangan. Keyinroq opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova va Xulkar Tohirjonova Shaxmat federatsiyasining raddiyasiga munosabat bildirib, “Shaxmat federatsiyasi ustimizdan mag‘zava ag‘dardi” degandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    14.01.2021, 16:28   Izoh (0)   38525
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jenoa” A Seriyada xavfli zonadan chiqib oldi. Jamoa muvaffaqiyatlari siri nimada?

    14.01.2021, 15:29

    Buffondan Ronaldogacha. Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqa olmagan yulduzlar

    14.01.2021, 13:55

    Libertadores Kubogida brazilcha final bo‘ladi. “River Pleyt” va “Boka Xuniors” musobaqani tark etdi

    14.01.2021, 10:00

    PSJ Fransiya Superkubogida “Marsel”ni taslim etib, Pochettino qo‘l ostidagi ilk sovringa ega chiqdi

    14.01.2021, 07:01

    “Bavariya” quyi divizion jamoasiga yutqazib qo‘ydi va Germaniya Kubogini tark etdi

    14.01.2021, 06:30

    “Barselona” penaltilar seriyasigacha borgan o‘yinda g‘alaba qozondi va Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi

    14.01.2021, 03:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.