AQSh Kongressining Vakillar palatasi amaldagi prezident Donald Trampga nisbatan impichment e’lon qildi. Bundan avvalroq esa kongressmenlarni qo‘riqlash uchun Kapitoliyga Milliy gvardiya askarlari kelgan edi. AQSh OAVlari xabar berishicha, askarlar tunni Kapitoliy binosi polida o‘tkazgan.
Kapitoliyga hujum takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun askarlar binoni o‘rab oldi, shuningdek, bino ichida ham o‘z pozitsiyalarini egalladi. Suratlarda Kapitoliyning turli qismlarida, shu jumladan, qonun chiqaruvchilar tomonidan Trampni hokimiyatdan chetlatish masalasi hal qilinayotgan majlislar zali yonida yerda uxlab yotgan jangchilarni ko‘rish mumkin.
6-yanvar kuni prezident tarafdorlari Kapitoliyni shiddatli hujum bilan qo‘lga olgan, shu tariqa, Tramp mag‘lub bo‘lgan saylov natijalari rasman tasdiqlanadigan majlisga xalaqit bermoqchi bo‘lgan edi. To‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Shu hujumdan keyin Kapitoliyni qo‘riqlashga Milliy gvardiya kuchlari jalb qilindi.
Izoh (0)